So’nggi yangiliklar

10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  0 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  1 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11

O'zbekiston U-12 mi yoki "Toshkent U-12"mi? Yangiliklar

O'zbekiston U-12 mi yoki "Toshkent U-12"mi?

2002 yildan keyin tug'ilgan bolalardan iborat O'zbekiston U-12 terma jamoasi 5 dekabr kuni Malayziyada start oladigan Supermokh-2014 xalqaro turnirda ishtirok etadi.
Bu haqda O'zbekiston futbol federaciyasi rasmiy sayti malum qilmoqda.

Xabardan malum bo'lishicha ushbu bolalar terma jamoasi guruhida Aziz Mirzaahmedov bosh murabbiy ekan. Bu haqda deyarli barcha bugun malumotga ega bo'ldi.

"O'zbekiston U-12 terma jamoasi futbol akademiyalari va maktablari jamoalari orasidan tanlab olingan 15 nafar futbolchi bilan mazkur turnirda ishtirok etadi", - deyiladi xabarda.

Agar yangi tuzilgan bu jamoa tarkibiga nazar tashlasak tarkib to'laligicha "Paxtakor", "Bunyodkor" va Toshkentning ikkinchi liga vakili "Spartak" akademiyalari bolalaridan iboratdir.  Xabarda malum qilingan O'zbekiston U-12 terma jamoasi futbol maktablari va akademiyalari orasidan tanlab olingan emas, Toshkent shahridan tanlab olingan bolalardan iboratdir.

Tarkibga kiritilgan 15 nafar futbolchining 6 nafari "Paxtakor", 5 nafari "Bunyodkor", 4 nafari "Spartak"  azolaridir. Bu klub akademiyalari va futbol maktblariga hech kimda etiroz yo'q. Albatta ular bunga munosibdirlar!

Bizni boshqa masala o'ylantirmoqda. O'zbekiston bolalar terma jamoasi deb elon qilingandan so'ng viloyatda faoliyat olib borayotgan bolalar maktablari ham xabardaor bo'lishi kerak va o'z nomzodlarini ko'rsatishi kerak. Negaki O'zbekistonda yashayotgan har bir yosh futbolchi bunday jamoaga kirishga intiladi. Albatta bu O'zbekiston bolalar terma jamoasi bo'lgandan so'ng tabiiy jarayondir.

Ushbu terma jamoaning bosh murabbiyi Aziz Mirzaahmedov bu bolalarni qanday salohiyatiga qarab tanlagani bizga qorong'u. SHu narsa aniqki, viloyatdagi hech bir futbol akademiyasi va murabbiylari bundan xabardor ham emas. Qanday qilib Mirzaahmedov O'zbekiston bolalar terma jamoasini tuzayotgan vaqtda "Mashal", "Nasaf", "Neftchi" akademiyalaridagi mana shu guruh murabbiylarini xabardor qilmadi? Yoki bironta futbolchini ko'rmay turib qanday qilib undan past saviyadagi bolani turnirga olib ketish mumkin? Albatta bu jamoa  boshqacha nom bilan turnirda ishtirok etganida hech qanday etiroz bo'lmas edi lekin aynan O'zbekiston bolalar terma jamoasiga kirishga barcha o'zbekistonlik yosh futbolchilar huquqlidir.

O'zbekiston nomi bilan tashkil etiladigan har qanday terma jamoaga vodiy, voha klublaridan ham futbolchilar kirishga haqli.


Humoyun Davurov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика