So’nggi yangiliklar

19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  1 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  11 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   8 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  40 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  11

"Nasaf" - O'zbekiston Superkubogi sohibi! Yangiliklar

"Nasaf" - O'zbekiston Superkubogi sohibi!

O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi matnli translyaciyasini kuzatib bordingiz.

O'zbekiston Superkubogi
"Paxtakor" – "Nasaf" 1:1
29 may. "Bunyodkor" stadioni. 14140 tomoshabin. 
Bosh hakam:
Aziz Asimov;
Qanot hakamlari: Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov;
Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov;
VAR: Ahrol Risqullaev;
AVAR: Andrey Capenko;
Nazoratchi: Timur Abdullaev;
Komissar: Zohir Akramxonov.

Gollar: Dragan CHeran (54-pen, 1:0), SHarof Muhiddinov (80, 1:1).

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov (15. Diyor Ortiqboev, 86), 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Holmatov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 22.Umar Adhamzoda, 31.Muhammadali Usmonov (99. Husayn Ergashboev, 90+2), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (6. Murodjon Rahmatov, 73), 14.SHarof Muhitdinov, 27.Islom Kenjaboev (30. Temur CHogadze, 74), 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (10. Bobir Abdixoliqov, 73), 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (20. Viktor da Silva, 73), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (9. Javohir Sidiqov, 83).

Ogohlantirish: Islom Kenjaboev (68).

Paxtakor

Dragan CHeran - 55', SHahzod Azmiddinov - 90', Umar Adhamzoda - 90', Dostonbek Hamdamov - 90'

O'zbekiston Superkubogi. 1-tur

29/05/2024, 19:00

5
:
4
Tugadi

Nasaf

Sharof Muhitdinov - 80', Javohir Sidiqov - 90', Akmal Mozgovoy - 90', Abduvohid Nematov - 90', Viktor Da Silva - 90'

45'
90'
38'  Saidumarxon Saidnurullaev
54'  Dragan CHeran
55'  Dragan CHeran
85'  Behruz Asqarov (Diyor Ortiqboev)
90'  Muhammadali Usmonov (Abbos Ergashboev)
90'  SHahzod Azmiddinov
90'  Umar Adhamzoda
90'  Dostonbek Hamdamov
68'  Islom Kenzhaboev
74'  Zafarmurod Abdurahmatov (Murodbek Rahmatov)
74'  Jambuli Jigauri (Viktor Da Silva)
74'  Islom Kenzhaboev (Temur Chogadze)
74'  Zoran Marushich (Bobir Abdixoliqov)
80'  Sharof Muhitdinov
83'  Marko Stanoevich (Javohir Sidiqov)
90'  Javohir Sidiqov
90'  Akmal Mozgovoy
90'  Abduvohid Nematov
90'  Viktor Da Silva

YANGILASH

"Nasaf" — O'zbekiston Superkubogi sohibi!


Seriya boshlandi.

Muhitdinov - noaniq!

CHeran - noaniq!

Siddiqov - gol!

Azmiddinov - gol!

Mozgovoy - gol!

Adhamzoda - gol!

Nasrullaev - noaniq!

Hamdamov - gol!

Nematov - gol!

Xolmatov - noaniq!

Da Silva - gol!

Hamraliev - noaniq!


90+11. UCHRASHUV YAKUNLAN(MA)DI! Penaltilar seriyasiga navbat berilmoqda.

90+10. "Paxtakor" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotganda Asimov hushtak chalib, "Nasaf" foydasiga jarima belgiladi.

90+7. ZARBAAAAAAAAAAA!!! CHERAAANNNN!!! Nematovdan ham super seyv!

90+4. ZARBAAAAA!!! CHeranning o'tkir burchakdan yo'llagan kuchsiz zarbasini Nematov ushlab oldi.

90+3. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! DA SILVAAAAA!! Nasrullaevning geometriya o'qituvchilariga ham dars berib yuboradigan pasini braziliyalik futbolchi darvozaga aniq yo'llay olmadi.

O'yinga 8 daqiqa qo'shib berilgan bir vaqtda maydonda bahsli vaziyat yuzaga keldi. Asimov hozircha aniq poziciyada: penalti yo'q. Va barchasi shundayligicha davom etadigan bo'ldi.

88. ZARBAAAAAAAAA!! "Nasaf" so'nggi daqiqada hisobni o'z tomoniga og'dirib qo'yishi mumkin edi. Vaziyat xavfli zarbagacha etib bormadi. Qanot hakami offsaydni qayd etdi.

87. Adhamzodaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

86. Nihoyat, SHackix 86-daqiqaga kelib, o'yinga tasir o'tkazishni boshladi. Ortiqboev maydonga tushdi.

83. Sidiqov maydonga tushdi. "Paxtakor"da esa zaxira juda tor.

82. ZARBAAAAAAAAAA!!! Diyor Xolmatovning kuchli zarbasini Nematov qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

80. GOL! SHarof Muhiddinovning "pushka"si "Paxtakor" darvozasidan o'rin oldi!

77. UXXXXXX!! Da Silva "Paxtakor" darvozaboniga gol urishning iloji yo'q bo'lgan nuqtadan zarba yo'lladi. To'p to'rning tashqi tomoniga borib tegdi.

76. ZARBAAAAAA!!! Stanoevichning zarbasini Pavlyuchenko osonlik bilan ushlab oldi.

74. "Nasaf" bir yo'la 4 o'zgarish amalga oshirdi. CHogadze, "Pele", Rahmatov va da Silva maydonga tushdi.

72. UXXXXXXXX!!! Dostonbek Hamdamov 99 foizlik imkoniyatni golga aylantira olmadi.

70. "Paxtakor" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni "Nasaf" futbolchilari qaytarib yuborishdi.

68. Islom Kenjaboev tezkorlik bilan oldinga ketayotgan Umar Adhamzodani yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

65. XAVFLI VAZIYATTTT!!! "Nasaf" futbolchilari osonlik bilan "Paxtakor" jarima maydonchasi ichiga yorib kirishdi. Muhammadali Usmonov eng, eng, eng so'nggi vaziyatda to'pni qaytarib yubordi.

63. Xo'sh, VAR ishga tushdi va zarbadan keyin to'p Hamralievning qo'liga tekkani ko'rib chiqildi. Asimov bu erda hech nima yo'qligini malum qildi.

62. "Nasaf" dahshatli bosim uyushtirmoqda. Ketma-ket uzatmalar, biroq zarbalar darvozagacha etib bormayapti.

60. Oybek Bozorov jarima maydonchasi ichiga kirib borayotganda hakamning hushtagi tomonidan to'xtatildi. Oybek hujum qilayotganda to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi.

58. UXXXXXXXX!!! Nasrullaev qanotdan "Paxtakor" darvozasi yoniga to'pni uzatdi. "Nasaf"ning biror futbolchisi darvozaga zarba bera olmadi. Uzatma xavfli bo'lgandi.

56. CHeran kreativ pasi orqali Usmonovni birga-bir vaziyatga chiqarmoqchi bo'ldi. Mozgovoy vaziyatni tozaladi.

54. GOL! CHeran penaltini aniq amalga oshirdi. Nematov to'p yo'nalishini topa olmadi.

53. CHeran to'pni nuqtaga o'rnatmoqda. CHeran va Nematov dueli.

52. PENALTIIIIII!!! ASIMOV "Paxtakor" foydasiga penalti belgiladi. Qo'shimchasiga CHeranga sariq ko'rsatildi.

51. Asimov bilan birga bir xil narsani hammamiz ko'ryapmizu, barchamizning fikrimiz har xil. Endi Asimovning qarorini kutyapmiz. 3 daqiqadan oshib ketdi.

48. Asimov VAR ko'rishga keldi. Nimalar bo'lyapti!? "Paxtakor" foydasiga penalti berilishi mumkin.

46. UXXXXX!! Ikkinchi bo'lim "Paxtakor"ning xavfli zarbasi bilan boshlandi. Zarbani Nematov ikkinchi urinishda ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Nihoyat, biz kutgandan ko'ra anchagina zerikarli o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi. Hisob ham shunga yarasha, 0:0.

45+2. CHeran chap qanotdan to'pni "Nasaf" darvozasi yoniga oshirdi. Abdumajidovning zarbasi darvoza to'rining ustiga tushdi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Umar Adhamzoda raqib jarima maydonchasi ichiga  yorib kirayotgandi. U to'pni ko'kragida to'xtatgandan keyin to'pni uzoqlashtirib yubordi va xavf yo'qqa chiqdi.

42. AZMIDDINOOOVVVVV!! Zarba anchagina noaniq.

38. ZARBAAAAAAAAAA!!! Muhammadqodir Hamralievning kuchli zarbasini Abduvohid Nematov qaytardi. Ikkinchi tempda ham yana bir zarba yo'llandi. Xolmatovning kuchli zarbasi noaniq ketdi.

37. "Paxtakor" hujumga o'tdi. Akmal Mozgovoy hozircha bexato va xotirjam o'ynamoqda.

34. Markoning "pushka"sini ko'rolmadik, balki masofa sal uzoqlik qilgandir. Zarba anchagina noaniq ketdi.

33. Standart vaziyat "Nasaf" foydasiga. Marko Stanoevichning "pushka"si uchun juda zo'r nuqta.

Dastlabki 30 daqiqalikni ko'rib, uxlab qolmaganlar bo'lsa, ko'zni oching) Final uchun bunday o'yin xos desak noto'g'ri bo'lmas.

28. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatma xavfli bo'ldi deyish ham mumkin. Hamraliev zarba berishga ulgurmadi.

26. Oybek Bozorov o'ng qanotda to'pni egallab turib, sherigiga oshirmay turdi. Natijada uning o'zidan to'p maydonni tark etdi.

24. Islom Kenjaboev chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga kirishga harakat qildi va pas oshirdi. Uzatmani Hamraliev burchakka chiqarib yubordi. Standartdan uzatilgan to'pni toshkentliklar olib ketdi.

22. SHarof Muhiddinovning standartdan yo'llagan kuchli zarbasi Adhamzodaning o'ziga tegib, xavflilik darajasini yo'qotdi.

20. Ana bu xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Adhamzoda jarima maydonchasi yonida Jabani yiqitdi.

19. XAVFLI VAZIYAT! Zafarmurod Abdirahmatov o'ng qanotdan darvoza yoniga kuchli pas berdi. Zarba yo'llaydigan biror sherigi topilmadi.

17. Ikkala jamoa vakillari ham yuqori o'yin tempini taklif qilishmayapti.

14. Balki buni zarba deyish mumkindir. Abdumajidovning zarbasi osmonga tepilgan bo'lsa-da, darvozaga uzoq bo'lmagan joydan erga tushdi.

12. "Nasaf" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Marko Stanoevich uzatishda to'pga anchagina aylantirma traektoriya berdi. Natijada Mozgovoyga bu to'pga zarba berish noqulaylik qildi.

9. Menimcha Aziz Asimovning kabutar ushlab turgan kadrini barchamiz kutamiz)

8. Markaziy himoyachi rolidagi Akmal Mozgovoy hujumdagi sherigi Jigauriga to'pni uzatdi. Jaba esa Kenjaboevni to'p bilan taminladi. Yakunda Islom to'pni yo'qotdi. 

7. O'yin tempi men kutgandek. Hozircha tomonlar bir-birini o'rganish bilan bandlar. 

4. CHeran to'pga tashlanganidan keyin jarohat oldi va maydonda yotganicha qoldi. Ikkinchi epizodda esa Islom Kenjaboevga qarshi fol ishlatildi va Asimovning hushtagi chalindi.

2. Dastlabki daqiqalar "Paxtakor" ustunligida boshlandi. Avvaliga Doston Hamdamov to'pni raqib darvozasi yoniga oshirgandi, keyinchalik zarba ham berdi. Ikki holatda ham to'p himoyachilar blokidan o'tmadi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!


18:58. Uchrashuv startiga barcha shay! Dastlabki hushtakni barchamiz kutyapmiz. 

18:56. Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

18:55. Bugun ikkala jamoa muxlislari etarlicha yig'ilgan. Ha, ko'p bo'lmasa-da, ular uchun jamoalar albatta, g'alaba uchun o'ynashadi. CHunki futbolchilar butun O'zbekiston ularni kuzatishayotganini tushunib turishibdi.

18:53. Jamoalar stadionga chiqib kelishga shay turishibdi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика