O'zbekiston Superkubogi o'yiniga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi
08 apr 12:04
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi o'yiniga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi
27 may kuni O'zbekiston Superkubogi uchun o'yinda mamlakatning amaldagi chempioni "Nasaf" hamda kubok sohibi "Andijon" maydonga tushadi.
Mazkur bellashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi. Liga va stadion, shuningdek, final bellashuvi titul homiysi bo'lgan Uzcard mazkur masalada o'zaro kelishib oldi.
Reglamentdan kelib chiqib, mamlakat chempioni sifatida "Nasaf" uchrashuvning nominal mezboni bo'ladi. Superkubok o'yini bilan bog'liq qolgan detallar har ikki klub bilan o'zaro kelishib olinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar