So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: futbol murabbiylarini tayyorlash tizimida ijobiy o'zgarishlar Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: futbol murabbiylarini tayyorlash tizimida ijobiy o'zgarishlar

Teglar :  Murabbiylar
2018 yil 3 may kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining majlislar zalida “Futbol murabbiylarini tayyorlash tizimi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminardan asosiy maqsad, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan futbol murabbiylarini tayyorlash tizimining yangi formatlari xaqida mutaxassislar va OAVga malumot berishdir.

Yangi qarorga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatildi va ushbu vakolat O'FA qoshidagi tegishli boshqarmalarga berildi. O'FA Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan yangi “O'zbekistonda futbol murabbiylarini o'qitish va tayyorlash hamda attestaciyadan o'tkazish bo'yicha Nizom” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O'FA, MOQ, Attestaciya markazi, Malaka oshirish markazi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari qatnashgan ushbu seminarda yangi qaror bo'yicha bo'ladigan o'zgarishlar hamda yangiliklar batafsil majlis ishtirokchilariga tanishtirildi.

Jumladan, murabbiylarni tayyorlash tizimi endilikda tubdan isloh qilinib, eng katta etibor o'yin paytida bo'ladigan real holatlarga qaratiladi. Yana yangi Nizomga ko'ra quyidagi o'zgarishlarlarni ko'rishimiz mumkin:

- "S" sertifikati xalqaro statusini yo'qotdi. U "S" licenziyasiga o'zgartirilib, faqat O'zbekiston Respublikasi hududida murabbiylik qilish xuquqini beradi.

- "S" licenziyasiga o'qigach murabbiylar nazorat qilishdan to'xtatilar edi. Endilikda murabbiylar uchun maxsus veb-sahifa yaratilib, har bir murabbiy uchun alohida akkaunt (account)lar ochib beriladi. "S" licenziyasi hamda "A", "V", "Pro" diplomlariga ega murabbiylar oylik, yillik amalga oshirgan ishlarini ushbu akkauntlariga joylab boradilar. O'FA mutaxassislari tomonidan ushbu rasm va video ko'rinishdagi hisobotlar orqali murabbiylar nazorat ostiga olinadi.

- Eski qoidaga ko'ra murabbiy bo'lishni istovchilar to'g'ridan to'g'ri o'qishga qo'yilardi. Endilikda ular avvaliga 4 oydan 6 oygacha murabbiylik stajirovkasini o'taydilar. Yani har bir o'quvchi o'z viloyati federaciyasiga murojaat qilganidan so'ng, biror bir murabbiyga biriktiriladi va malum vaqt davomida malakaga ega bo'lishiga imkoniyat yaratiladi. SHundan so'ng o'zi biriktirilgan instruktor tavsiya etsagina murabbiy o'qishga qabul qilinidi. Professional futbolchilar hamda 10 yildan oshiqroq murabbiylik sohasida ishlaganlarga istisno tariqasida to'g'ridan to'g'ri o'qishga ruxsat etiladi.

- "A", "V" hamda "Pro" diplomlariga tavsiya qilingan murabbiylar modulli tizimda o'qishni davom ettiradilar. O'FA tomonidan tashkillashtirilgan 4 kunlik seminarda ishtirok etib, instruktorining tavsiyasini olgan murabbiy "V" diplomi uchun Toshkent shahrida Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan tashkillashtirilgan 5+5+7 sxemali kurslarda ishtirok etadi. Bu sxemaga ko'ra, 2 marta 5 kundan o'qib, 1 oydan o'rgangan bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar. So'nggi 7 kunlik o'qish nihoyasiga etgach imtihon topshiradi.

- "A" diplomi uchun ham o'qish modulli 5+5+5+7 tizimida olib borilib, so'ngra imtihon topshirishga ruxsat etiladi.

- "Pro" diplomi uchun instruktorlar tomonidan tavsiya qilingan "A" diplomiga ega murabbiylar OFK tomonidan 11+13+20 moduli asosida o'qitiladi.

- "S" licenziyasi hamda "A" va "V" diplomlariga ega murabbiylar har uch yilda qayta sinovdan o'tib, licenziya va diplomlarini yangilab boradilar. "Pro" diplomining yangilanish muddati esa 2 yil.

SHu bilan bir qatorda licenziya va diplom egalari muntazam ravishda OFK hamda O'FA tomnidan tashkil qilinadigan malaka oshirish kurslarida o'qitib boriladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика