So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  5 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  345 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  3 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha maxsus qaror qabul qildi Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha maxsus qaror qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi;
  • 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi.

SHuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo'ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslarni identifikaciyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro'yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. 2024-yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o'yinlariga chiptalari mavjud bo'lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo'l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslar hamda o'yin kunlari chiptalari mavjud bo'lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика