So’nggi yangiliklar

15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  9 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  6 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5

O'zbekiston-Qozog'iston. O'zaro kechgan 6ta uchrashuv haqida Yangiliklar

O'zbekiston-Qozog'iston. O'zaro kechgan 6ta uchrashuv haqida

O'zbekiston terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Qozog'iston terma jamoasi bilan to'qnash keladi.

 Umuman olganda bu o'yin ikki qo'shni mamlakat uchun birinchisi hisoblanmaydi. Katta yoshli futbol muxlislari ular bilan kechgan avvalgi bahslarni juda yaxshi eslashlari turgan gap. Keling, bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin o'zaro kechgan bellashuvlarni yana bir yodga olamiz. 


Markaziy Osiyo mamlakatlari 1992 yil shu nomda kichik musobaqa tashkil qilishdi. Markaziy Osiyo kubogining uchinchi turida vakillarimiz Almatada Qozog'iston mehmoni bo'lgan. Murosasiz kechgan uchrashuvda 25-daqiqada Ruslan Duzmambetovning urgan yagona goli mezbonlarga g'alaba keltirgan. Toshkentdagi javob o'yini ham qiziqarli kechganini aytish mumkin. Dastlab yana Ruslan Duzmambetov 16-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 27-daqiqada Azamat Abduraimov muvozanatni tiklaydi. Hujumchimiz 73-daqiqada hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi. Biroq u raqib darvozasi tomon belgilangan penaltini amalga oshirishda xatoga yo'l qo'yadi.

Markaziy Osiyo kubogi.

Qozog'iston - O'zbekiston 1:0

1992.07.16. Almata, "Markaziy Stadion". 1000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Valeriy Urunov (Tojikiston)

Gol: Ruslan Duzmambetov


O'zbekiston - Qozog'iston 1:1

1992.10.14. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 35 000 tomoshabin.

Bosh hakam: Abdugani Rajapov (Qirg'iz Respublikasi)

Gollaro: Ruslane Duzmambetov 16, Azamat Abduraimov 27

Noaniq amalga oshirilgan penalti: Azamat Abduraimov 7


Keyingi to'qnashuv oradan 2 yil o'tib yuz bergan. 1994 yilning aprel oyida yana o'sha qo'shnilarimiz bilan "Mustaqillik Kubogi"da ko'rishdik. Bu safar hamyurtlarimiz revansh olishni uddasidan chiqishdi. 77-daqiqada Aleksandr Tixonov 11 metrlik nuqtadan to'pni darvozaga yo'llashda adashgani yo'q. Amalda bu g'alaba goli sifatida qayd etildi. 

"Mustaqillik kubogi" 

O'zbekiston - Qozog'iston 1:0

13.04.1994. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 45 000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Abduraim Boboev (Tojikiston)

Gol: Aleksandr Tixonov 77 (penalti)



Qozog'iston bilan endilikda Jahon chempionati saralash bosqichida yo'llarimiz kesishdi. Final raundigacha katta qiyinchilikka uchramagan terma jamoamiz mundial yo'llanmasi uchun Osiyoda o'sha paytda ham gigant hisoblangan Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA va qo'shni Qozog'iston qarshiligini engish kerak edi. Ammo oxirgi ikki turga kelib imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborgan terma jamoamizda bosh murabbiy o'zgaradi. Birinchi o'yinda Rustam Mirsodiqov boshchiligida mehmonda durang qayd etgan bo'lsak, javob bellashuvida Veyga Da Silva murabbiyligida 4:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. 


JCH-1998 saralash bosqichi. Final raundi. 

Qozog'iston - O'zbekiston 1:1

20.09.1997. Almata, "Markaziy Stadion" 12 000 tomoshabin 

Bosh hakam: Ahmad Nabil (Livan)

Gollar: Ruslan Baltiev 85 (penalti), Oleg SHackix 86


JCH-1998 saralash bosqichi. Final raundi.

O'zbekiston - Qozog'iston 4:0

25.10.1997. Toshkent, "Paxtakor" stadioni 25 tomoshabin 

Bosh hakam: Hasan Al Agmiy (Ummon)

Gollar: Igor SHkvirin 16,32, Andrey Fyodorov 43 (penalti), Mirjalol Qosimov 72



Oradan 10 yil o'tib jamoalar Qozog'istonda tashkil qilingan, o'ziga yarasha shov-shuvlarni keltirib chiqargan Alma-TV o'rtoqlik turnirida maydonga chiqishdi. Bu musobaqa haqida uzoq gapirish mumkin. Yaxshisi buni quyidagi havolaga kirib batafsil tanishing. Unda barchasi aniq keltirilgan. 

Qirg'izistonlik hakamdan ozarbayjonlik yaxshi yoxud Alma-TV Kubogi nega ananaviy musobaqaga aylanmadi?


Statistikaga ko'ra, ikki mamlakat bosh jamoalari o'zaro 6 marotaba o'yin o'tkazishgan. Bugun ettinchi bahs kimning foydasiga hal bo'ladi, buni vaqt ko'rsatadi. Barchaga yoqimli tomosha tilaymiz,

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика