So’nggi yangiliklar

00:14Россия ФИФА рейтингида 174-ўриндаги жамоа билан ўртоқлик ўйини ўтказди  9 23:452027 йилги ЕЧЛ финали Мадрид шаҳрида бўлади  0 23:21АПЛдаги нархи энг кўп арзонлашган футболчилар  0 22:54Тимур Кападзе Қирғиз Республикасига қарши баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  18 22:35 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан расмий машғулотини ўтказди  0 22:13Бобир Абдиҳолиқов: "Ўйинга 100% тайёрмиз. Эртага гол уришга ҳаракат қиламан"  11 21:40Алаба ва Милитао "Реал"да қолиши мумкин  3 21:20Ўзбекистон термаси асосий ўйинчиларидан бири жароҳат сабаб миллий жамоа лагерини тарк этди  40 21:04Қирғиз Республикаси термасининг "Бунёдкор" стадионидаги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  6 21:01Ламин Ямал: "Барселона"нинг ҳозирги мақсади – требл"  3 20:45Ўзбекистон - Қирғизистон. Терма жамоамизда дисквалификацияга учраган футболчи борлиги ёдингиздами?  9 20:20Қирғиз Республикаси терма жамоаси устози Максим Лисицин матбуот анжуманида нималар деди? (матбуот анжумани тўлиқ ҳолда)   19 19:44Педри: "Тўп де Йонгда бўлса, мен хотиржамман"  2 19:11Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси ўйинидан олдинги бешта асосий савол  20 18:58"Барселона" Фатидан қутулмоқчи  2

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi o'yinidan oldingi beshta asosiy savol Yangiliklar

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi o'yinidan oldingi beshta asosiy savol

Timur Kapadze rahbarligidagi terma jamoa ilk uchrashuvda qanday taktika qo'llaydi? Uning "B rejasi" mavjudmi?

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z maydonida Qirg'iz Respublikasiga qarshi bellashadi. Agar g'alaba qozonsa, jamoamiz jahon chempionati yo'llanmasi sari yana bir qadam oldinga tashlaydi.

O'yin, shubhasiz, juda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, qiziqarli ahamiyatga ega, chunki Qirg'iz Respublikasi bilan uchrashuv Timur Kapadze uchun O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk sinov bo'ladi. Championat.Asia korrespondenti Nikolay Egorichev kutilayotgan o'yindagi asosiy intrigalar haqida mulohaza yuritdi.

1. Kapadze qanday sxema qo'llaydi?

Temur Kapadzening bosh murabbiy etib tayinlanishi, aslini olganda, kutilgan holat edi. U O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'tkazgan o'yinlar soni bo'yicha peshqadamlardan biri hisoblanadi. Kapadzeni bemalol o'zbek futbolining afsonasi deb atash mumkin. Shu bilan birga, futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Temur Tohirovich "Olimpik" va O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan yutuqlarga erishgan mohir murabbiyga aylandi. Uning qo'l ostida ko'plab istedodli yosh futbolchilar etishib chiqdi, bu ham uning murabbiylik mahoratidan dalolat beradi.

Biroq Kapadzening milliy terma jamoaga kelishi katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu, avvalo, uning futbolga bo'lgan qarashi sog'lig'i tufayli O'zbekiston terma jamoasini tark etgan Srechko Katanecnikidan qanchalik farq qilishi bilan bog'liq.

Sloveniyalik mutaxassis milliy terma jamoada to'rt yilga yaqin faoliyat yuritdi. Bu vaqt mobaynida terma jamoa sezilarli darajada o'zgardi. Katanec O'zbekiston terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olgan ilk o'yiniga nisbatan, hozirgi tarkibda atigi 11 nafar futbolchi, yani tarkibning yarmi qolgan. O'zgarishlar faqatgina futbolchilar tanlovi bilangina cheklanmaydi - O'zbekiston terma jamoasi butunlay boshqacha uslubda, yangi tizimda o'ynay boshladi.

Katanec dastlab ikki markaziy himoyachidan iborat sxemalardan foydalandi (4-4-2, 4-2-3-1, 4-3-3). Biroq so'nggi ikki yil davomida O'zbekiston terma jamoasi ko'proq uch markaziy himoyachidan tashkil topgan taktikalar (3-4-3 / 5-2-3, 3-5-2, 5-4-1) asosida o'ynadi. Taqqoslash uchun, Kapadze "Olimpik" va O'zbekiston U-23 terma jamoasida bu sxemalardan deyarli foydalanmagan edi. Timur Tohirovichning eng sevimli taktikasi 4-3-3 hisoblanadi.

2. O'zbekiston terma jamoasi qanday o'yin uslubini tanlaydi?

Kimdir sxemani shunchaki "rasm-rusum" deb aytishi mumkin, hujumkor futbolni uchta markaziy himoyachi bilan ham o'ynasa bo'ladi. Qisman shunday, biroq Katanec baribir "vertikal" futbolni afzal ko'rardi – tezkorlik bilan himoyadan hujumga o'tish, o'z darvozasi oldida ishonchli o'ynashga katta etibor qaratardi.

Timur Kapadze esa hujumkor o'yinni maqul ko'radigan murabbiy. Bunday mutaxassislar haqida odatda: "Ham o'zi o'ynaydi, ham boshqalarga o'ynash imkonini beradi", deyishadi. "Olimpik" ham, O'zbekiston U-23 terma jamoasi ham Katanec boshqargan O'zbekiston terma jamoasiga qaraganda ko'proq to'pga egalik qilgan va "birinchi raqam" sifatida o'ynagan.

Katanec ancha tajribali va amaliyotga yo'naltirilgan (pragmatik) murabbiy. Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasidagi murabbiylik uslubini o'zgartiradimi? Murabbiylar jamoasida Katanecning yordamchilari qolganini hisobga olsak, bu ehtimoldan xoli emas. Ular o'yinchilarni yaxshi bilishadi va ular bilan qanday ishlashni ham tushunishadi. Katanec yordamchilarining mavjudligi katta o'zgarishlar kutilmasligini bilvosita tasdiqlaydi. Bundan tashqari, hozirgi terma jamoa azolari "oldingi talablar" asosida o'ynashni alo darajada bilishadi. Biror narsani tubdan o'zgartirish haddan tashqari xavfli hisoblanadi.

3. Kapadzening "B rejasi" bormi?

Katanec O'zbekiston terma jamoasida qanchalik pragmatik bo'lgan bo'lsa, jamoaning o'yini ham shunchalik oldindan aytib bo'ladigan darajada edi. Deyarli hech qanday yangilik yo'q edi va o'yin davomida muammolar yuzaga kelganda, Srechkoda ko'pincha "B rejasi" mavjud emasdi.

Raqiblar bundan mamnuniyat bilan foydalanishardi. O'zbekiston terma jamoasiga tayyorgarlik ko'rish oson kechgan bo'lsa kerak – avvalgi 2-3 ta o'yinni tahlil qilsangiz, jamoa qanday o'ynashi haqida aniq tasavvurga ega bo'lardingiz. Masalan, Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'tkazilgan avvalgi o'yinda (3:2 g'alaba) va Qatarga qarshi safardagi uchrashuvda (2:3 mag'lubiyat) aynan shunday hodisa ro'y bergandi.

Dohada qatarliklar O'zbekiston terma jamoasini butunlay "parchalab tashlashdi" va birinchi bo'limni shunchalik kuchli o'tkazdiki, biz uchun hech qanday imkoniyat qolmadi. Biroq Katanecga tan berish kerak – u o'zgarishlar kiritdi va o'yin strukturasini biroz o'zgartirdi, natijada jamoamiz hisobni tenglashtirishga erishdi. Afsuski, 90+12 daqiqada Mendeshning zarbasini o'tkazib yuborib, og'riqli mag'lubiyatga uchradik. Shu bilan birga, bunday "kambek" mening fikrimcha, ham murabbiy qarorlari, ham jamoa xarakterining natijasi edi.

Hatto Kapadze start hushtagi oldidan hech narsani o'zgartirmaydi deb faraz qilsak ham, unda uning "B rejasi" bormi? Balki, o'yin davomida muammolar yuzaga kelsa, u jamoani o'zi uchun odatiy bo'lgan 4-3-3 tizimiga o'tkazadimi? Yuqorida takidlaganimdek, bu sxema O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari uchun "kataneccha" 3-4-3 / 5-2-3 tizimiga qaraganda kamroq tanishdir.

4. Katanec davridagi tarkibga nisbatan boshlang'ich tarkib qanday o'zgaradi?

Katanec O'zbekiston terma jamoasida ishlagan paytda ko'pchilik sloveniyalik mutaxassisning o'zgarishlarni yoqtirmasligini takidlagan. U bunday qarorini 2026 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi tajribalar uchun mos vaqt emasligini aytib izohlagan. O'yin sxemasi va uslubini biz allaqachon muhokama qildik. O'yinchilarni tanlash va boshlang'ich tarkib-chi?

So'nggi besh o'yinda, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, O'zbekiston terma jamoasining dastlabki tarkibi deyarli har doim shunday ko'rinishda bo'lgan: Yusupov – Aliqulov, Husanov, Ashurmatov – Alijonov, Hamrobekov, Shukurov, Nasrullaev – Masharipov, Fayzullaev, Shomurodov.

Kapadze kamida bitta o'zgarish kiritishga majbur: "Rizespor" safida Husniddin Aliqulov jarohat orttirdi.

Uning o'rniga maydonga, ehtimol, Abdulla Abdullaev yoki Umar Eshmurodovdan biri chiqadi. Sherzod Nasrullaev ham Superliganing birinchi turida "Nasaf"ning "So'g'diyona"ga qarshi o'yinida shikastlandi. U ikkinchi tur "Andijon"ga qarshi o'yinda ishtirok etmadi – hatto qaydnomaga ham kiritilmadi. Ehtimol, Nasrullaev Qirg'iz Respublikasiga qarshi ham bahsda ham ishtirok etmaydi. Bunday holda chap qanotda uning o'rnini, ko'p ehtimol bilan, O'zbekiston U-23 terma jamoasida Kapadze qo'l ostida asosiy tarkib futbolchilaridan biri bo'lgan Ibrohimxalil Yo'ldoshev egallaydi.

Biroq bundan tashqari, tarkibda boshqa o'zgarishlar bo'ladimi?

5. Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi qay darajada tayyorgarlikka ega?

Raqibni ham nazardan qochirmaslik lozim. Qirg'iz Respublikasi hozircha faqat uch ochko to'plagan bo'lsa-da, yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Qirg'izlar Bishkekda terma jamoamizga va eronliklarga qarshi qizg'in kurash olib bordi (ikki uchrashuvda ham – 2:3 hisobi qayd etildi).

Bazi manbalarda Qirg'iz Respublikasi BAA terma jamoasi tomonidan "rag'batlantirilishi" mumkinligi haqida malumotlar tarqaldi. Go'yoki amirliklar qirg'izlarga O'zbekistonga qarshi o'yinda g'alaba qozonish (yoki hech bo'lmaganda durang) uchun pul taklif qilishgan emish. Bu aslida to'g'rimi-yo'qmi – buni o'yin, ayniqsa uning dastlabki daqiqalari ko'rsatadi.

Bu savollarning barchasiga ertaga javob olamiz. Terma jamoamizga omad tilaymiz. Bizga faqat g'alaba zarur.

Reyting:    

Fikrlar

+5   
19 mar 20:11:26
БЕК@
Журналистларга ҳайронман. Бизнинг +-ларимизни матбуотда очиб ташлаш бизга фойда келтирадими ё рақибга. Мураббийга ёрдам бермоқчи бўлсангиз -ларни матбуотда ошкор қилмай, мураббийнинг ўзига таҳлил қилиб беринг. Ёки бўлмаса рақиб жамоанинг +-ларини тўлиқ ўрганиб, таҳлил қилиб, мураббийга дастак қилиб беринг. Асл ёрдам ва асл журналистлик шунда эмасми.
+2   
19 mar 19:34:20
Buxoro Bexruz
Man oldin ham aytgandim hozir ham aytaman Katanesdan keyin uning yordamchisini bosh murabbiy qilib tayinlash kerak edi. Har holda yordamchilari qoldiku shunga yarasha bosh murabbiy qilish kerak edi. Mayli nima boʻlganda ham Kapadzega ishonamiz ishonmaslikdan boshqa ilojimiz ham yoʻq. Kapadzega va milliy jamoamiz oʻyinchilariga omad tilaymiz. Roʻza ramazon oylarida hammamiz duo qilaylik. Roʻza oyidagi duolar albatta ijobat boʻlgay
+1   
20 mar 00:05:09
Soccerland777
Otabek foydalanuvchining fikriga javob berish
Қандай натижа
Reytingda 58, JCH ga bir qadam, Kamerun 2:0, Meksika 3:3. Eron -2:2, 0:0, 0:0 (Eron faqat yutib kelayotgandi), Kasal boʻlmaganda oʻzi opchiqardi.
+1   
19 mar 22:16:45
Soccerland777
2 qarich maqola yozilibdi. Bizni bilganiniz Katanets natija berdi. Eng muhimi shu.
+1   
19 mar 21:03:07
Sahoyat Reise
Эртага прагматик/ёпиқроқ уйин курсак керак. Сабаби, Эрон билан уйинолди қарталар унча очилмайди ва уйинчиларимизни жисмоний томонлама зуриқтириб қуймаслик учун
+1   
19 mar 21:01:16
Sahoyat Reise
Мақоланинг ярмигача Катанец тактиасига салбий қаралган. Афсус, Узбекистоннинг шу босқичгача етиб келишида Катанец урни беқиёс. Бу осон гурух, квота купайган, Қатарниям, БААниям любойи билан мазасини қочирардик, деганларга: Қатардан вақтида 0:3 га еганмиз ва БАА уйимизга келиб, битта гол билан "сийлаб" кетган. Агар бугунги натижалар мураббийнинг омади, десангиз, омад кучлиларга боқади.
Нима булганда хам эртага ТЖмизга омад.
+1   
19 mar 20:26:14
Football Forever
Juda ko'p manbalar faqat xorij manbalari Xusanovni Qirg'izlar bilan o'yinda o'ynamaydi deb yotishibti faqat Eron bilan o'yinga tushadi diyishyabti bu qanchalik haqiqat???
+1   
19 mar 20:14:51
БЕК@
Мухлисларимиз ҳам мураббий ва футболчиларнинг кайфиятига минус таъсир қилмасдан, уларни қўллаб-қувватлаб туришимиз керак эмасми. Рақиб жамоанинг ютуқлари, камчиликлари, жисмоний ҳолати, бугунги кайфияти, режалари ҳақида интернетдан маълумотлар тўплаб, уни муҳокама қилсак, таҳлил қилсак - мураббийларимизгу, қолаверса футболчиларимизга ёрдам бўларди.
+1   
19 mar 19:32:55
Aliakbar RM
Otabek ni intryusini ko'rdim insha'Allah chqamiz Alloh nasib qilsa biz qoldan kegancha harakat qilamiz. Degan gaplar juda iymonli va odobli shu yigit
   
19 mar 21:00:37
negmat karabaev
БЕК@ foydalanuvchining fikriga javob berish
Журналистларга ҳайронман. Бизнинг +-ларимизни матбуотда очиб ташлаш бизга фойда келтирадими ё рақибга. Мураббийга ёрдам бермоқчи бўлсангиз -ларни матбуотда ошкор қилмай, мураббийнинг ўзига таҳлил қилиб беринг. Ёки бўлмаса рақиб жамоанинг +-ларини тўлиқ ўрганиб, таҳлил қилиб, мураббийга дастак қилиб беринг. Асл ёрдам ва асл журналистлик шунда эмасми.
Nothing personal, it's just business.
   
19 mar 19:32:55
Aliakbar RM
Otabek ni intryusini ko'rdim insha'Allah chqamiz Alloh nasib qilsa biz qoldan kegancha harakat qilamiz. Degan gaplar juda iymonli va odobli shu yigit
   
19 mar 19:21:34
Манчестер. Юнайтед
Термамизга омад тилаймиз хисобни фарки йук мухими галаба козониш.
Нимагадир куп нарсани Файзуллаев хал киб кетадигандек.
-1   
19 mar 23:08:50
Otabek
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
2 qarich maqola yozilibdi. Bizni bilganiniz Katanets natija berdi. Eng muhimi shu.
Қандай натижа
-1   
19 mar 22:00:06
Кодир
Катанецдвнам батар куркок тактика куламаса булгани копадзе киргизларга хурмат саклаган холда уларни муомосиз ютиш керак максад жахон чнмпионати булса баа оти камчилади эшака ем берди киб утирмасдан узини.уйинини килса булди баа баалаб колуради пулини кучолаб
-1   
19 mar 21:27:40
Odilbek Abdushukurov
БЕК@ foydalanuvchining fikriga javob berish
Журналистларга ҳайронман. Бизнинг +-ларимизни матбуотда очиб ташлаш бизга фойда келтирадими ё рақибга. Мураббийга ёрдам бермоқчи бўлсангиз -ларни матбуотда ошкор қилмай, мураббийнинг ўзига таҳлил қилиб беринг. Ёки бўлмаса рақиб жамоанинг +-ларини тўлиқ ўрганиб, таҳлил қилиб, мураббийга дастак қилиб беринг. Асл ёрдам ва асл журналистлик шунда эмасми.
Ular ochib tashlolmaydi, chunki, futbolni yaxshi tushunishmaydi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика