So’nggi yangiliklar

13:33Рустам Ашурматов жароҳат олди ва Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  0 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  66 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2

O'zbekiston – Qatar memorandumi, Osiyo javohiri - "Aspire" akademiyasi bilan hamkorlik Yangiliklar

O'zbekiston – Qatar memorandumi, Osiyo javohiri - "Aspire" akademiyasi bilan hamkorlik

Kecha O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov rasmiy tashrif bilan Qatarga bordi.

Ana shu tashrif chog'ida Ahmadjonov dunyoning eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri hisoblangan "Aspire"ga va sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazi "Aspetar"ga tashrif buyurdi. Umid Ahmadjonovning so'zlariga ko'ra, O'FF mamlakatda bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida ushbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalashtirgan.


Qatar va O'zbekiston o'rtasida imzolangan memorandumning bizga maqul kelgan jihati, endi O'FF bevosita Osiyoning eng kuchli strukturasiga ega bo'lgan "Aspire" akademiyasi bilan hamkorlik qiladi.

O'z navbatida, "Aspire"ni o'z ko'zi bilan ko'rgan inson sifatida akademiya haqidagi maqolani etiboringizga havola etaman.


2016 yil yanvar oyida Qatarda o'tgan U-23 Osiyo chempionatini bevosita o'sha erdan yoritgan edik. O'shanda "Aspire" akademiyasida o'tgan "Lahviya" - "Zenit" uchrashuvini bevosita kuzatib borgan edik. Ochig'i, o'shanda "Zenit"dek jamoa ishtirokidagi o'yindan ko'ra akademiya meni o'ziga ko'proq rom etgan edi. U erga kech tushib qolgan bir paytda borganimiz uchun to'liq tanishib chiqish imkoni bo'lmagan, lekin umumiy xulosalar va "Aspire" haqida tasavvurga ega bo'lish uchun qisqa tanishib chiqish etarli bo'lgan.

"Aspire" akademiyasi Qatar poytaxti Dohaning Al-Vaab tumanida joylashgan, umumiy maydoni 250 gektarni tashkil qiladi. Dunyodagi eng katta va eng boy ushbu akademiya bor yo'g'i 20 oyda qurib bitkazilgan. Qurilish jarayonida ettita qurilish kompaniyasi kuniga 24 soatdan ishlagan.


Akademiyada 14ta futbol maydoni, 40ga yaqin turli sport turlariga mo'ljallangan maydonlar mavjud. Ko'plab sport turlari bilan shug'ullanish uchun sharoitlar yaratilgan bo'lishiga qaramay akademiyaning o'zi asosan futbol, engil atletika, stol tennisi, suzish, gimnastika va qilichbozlik sport turlariga yo'naltirilgan. Akademiyada Olimpiada o'yinlari talabiga javob beradigan suv havzasi ham bor. Akademiya hududida sport laborotoriyasi ham faoliyat yuritadi.

Bu erda dunyoning turli mamlakatlaridan 100dan ortiq murabbiylar yoshlar uchun mashg'ulot o'tkazishadi. Har bir sport turiga qarab murabbiy olib kelingan. Misol uchun stol tennisi uchun Xitoy va Singapurdan, futbol uchun Gollandiyadan murabbiylar olib kelingan.


Akademiyadagi bolalarni ruhlantirish, ulardagi g'oliblikka bo'lgan intilishni oshirish maqsadida mashhur jamoalarning aynan shu erda yig'in o'tkazishiga qulay sharoitlar yaratib berilgan. "Bavariya", "Zenit", "Barselona" va yana ko'plab top klublar shu erda yig'in o'tkazishadi.

Germaniyaning "Bavariya" klubi 8 yildan beri qishki yig'inni aynan Qatardagi "Aspire" akademiyasida o'tkazadi. Myunxenliklarning Dohada o'tkazgan o'tgan yilgi yig'ini davomida klubning o'sha paytdagi sport direktori Matias Zammer "Bavariya" rasmiy saytiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: "Bavariya" ketma-ket ettinchi yil Qatarda yig'in o'tkazmoqda. Bu erda fantastik sharoitlar mavjud. Sportzallar, tiklanish uchun barcha uskunalar - barchasi ideal". Ko'rib turganingizdek, dunyoning eng katta klublaridan birining sobiq sport direktori u erdagi sharoitlar fantastik darajada ekanligini takidlagan.

Umuman olganda Doha Evropaning "yirik" jamoalari yig'in o'tkazishi uchun ideal joy. Yaxshi sharoit, qulay ob-havo, muxlislardan holi maskan.



"Aspire" akademiyasi bilan to'liq tanishib chiqish uchun bir kun sarflashga to'g'ri keladi, afsuski o'shanda bizda bunday imkoniyat bo'lmagan. Akademiyaning yaqinida mehmonxona ham bor, yig'in o'tkazish uchun kelgan jamoalar o'sha mehmonxonaga joylashadilar.

Mashg'ulot paytida ham barcha xizmatlar yo'lga qo'yilgan, hammasi alo darajada. Sportchilardan faqat shug'ullanish talab etiladi xolos.

Bu futbol javohiri bo'lgan "Aspire" akademiyasi haqida sizga ilinganlarimiz edi.



Eslatib o'tamiz, FIFA 2022 yilgi Jahon chempionati mezbonligini aynan Qatarga topshirgan. Mundial payti "Aspire" akademiyasi eng asosiy obektlardan biri bo'ladi.


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика