So’nggi yangiliklar

13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  0 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  8 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4

O'zbekiston Prezidenti FIFA rahbari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'zbekiston Prezidenti FIFA rahbari bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Xalqaro futbol federaciyasi rahbari Janni Infantino bilan 5 may kuni o'tkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o'tkazish masalalari ko'rib chiqildi.

Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, istedodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va to'liq qo'llab-quvvatladi.

Janni Infantino O'zbekiston etakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida g'alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdig'i ekanini takidladi.

Uchrashuvda O'zbekiston futbol associaciyasi va FIFA o'rtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbol klasterini tashkil etish choralari ko'rilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

O'zbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Associaciyamiz salohiyatini oshirishga texnik ko'makni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni selekciya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida etibor qaratildi.


Reyting: +3   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика