So’nggi yangiliklar

00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  0 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  0 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  2 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  2 23:00А Серия. "Милан" - "Болонья" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  1 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  42 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  1 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  13 20:55Виталий Левченко: "Таркибимизда йўқотишлар кўп. Ким соғлом ҳолатда бўлса, ўша ўйнаяпти"  5 20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  82 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0 19:27"Ньюкасл" "Бавария" юлдузига қизиқмоқда  0 18:56Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  0

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Goada Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Goada Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

15 sentyabrda start oladigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo'nab ketgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi Hindistonda Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

9 sentyabr tunida Hindistonga yo'l olgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Deli orqali Goa shahriga 10 sentyabrda, tushdan keyin etib bordi. Bugun, 11 sentyabr kuni esa jamoa Avstraliya o'smirlariga qarmi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi jamoadan gollarga Xumoyun Abdusattorov hamda Abubakr Mo'ydinov mualliflik qilishdi.

Abdusattorov uchashuvning 20-daqiqasida o'z hisobiga gol yozib qo'ygan bo'lsa, Mo'ydinovning goli 65-daqiqada kiritildi.

Takidlash kerakki, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichining “D” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruhda ularga SHimoliy Koreya, Tailand va Yaman jamoalari qarshilik qiladi.

O'zbekistonliklar turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi.  

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi o'yinlari taqvimi:

 17 sentyabr: O'zbekiston – Tailand (19:30)
 20 sentyabr: Yaman – O'zbekiston (15:30)
 23 sentyabr: KXDR – O'zbekiston (18:30)

 *O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Avstraliya 2:3
O'zbekiston gollari
: Xumoyun Abdusattorov (20), Abubakr Mo'ydinov (65)
O'zbekiston tarkibi: Xojiakbar Jo'raev, Islom Karimov, Muhammadali Namozov, SHoxzamon Xayrullaev, Nursulton Kuyliboev, Burxon Hasanov, G'ayrat Azizxo'jaev, Xumoyun Abdusattorov, Abdulxay Ismoilov, SHuxrat Nematov, Ibrohim G'anixonov
Zaxira: Abduvohid Nematov, Jasurbek Umrzoqov, Mardon Abdullaev, Abubakr Mo'ydinov, Ixtiyor Xoldorov, Abdug'ani Komolov, Rasul Yo'ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Oston O'runov, Baxromjon Soatov, G'ayrat Azizxo'jaev, Doniyor Abdumannopov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика