So’nggi yangiliklar

01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  0 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  1 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  12

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Teglar :  O'zbekiston U-16
SHu yilning sentyabr oyida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib borayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi navbatdagi yig'inini Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazadi.

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi terma jamoa may oyining ilk haftasida o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi. Dubay shahrida bo'ladigan ushbu yig'in doirasida o'zbekistonlik o'smirlar Birlashgan Arab Amirliklari o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishilgan.

O'rtoqlik ucharshuvlarining dastlabkisi 5 may kuni bo'lib o'tsa, ikkinchi o'yin 7 may sanasiga rejalashtirilgan. Har ikki o'yin Toshkent vaqti bilan 18:05da start oladi.

Takidlash kerakki, Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi ushbu terma jamoa qita chempionatiga tayyorlarlik doirasida Toshkentda ikki bor yig'in o'tkazib ulgurdi. Dastlab jamoa “Sport for tomorrow” turnirida ishtirok etib, Yaponiya, Eron hamda Turkmaniston terma jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkazgan bo'lsa, ikkinchi yig'in davomida Polsha o'smirlariga qarshi ikki nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Malumot uchun, 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati 2016 yilning 15 sentyabr – 2 oktyabr sanalari davomida, Hindistonda bo'lib o'tadi. Unda Osiyoning 16 mamlakati o'smirlari ishtirok etadi.

Ushbu turnir saralash bahslari davomida Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi terma jamoa Maldiv (8:0), Falastin (6:0) hamda Yaman (5:2) jamoalari ustidan g'alaba qozonib, “A” guruhi g'olibi sifatida qita birinchiligiga yo'l olgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика