So’nggi yangiliklar

23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  0 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  9

"O'zbekiston - Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. SHri-Lanka termasi futbolchilari bilan inqiroz, mamlakatdagi futbol darajasi va O'zbekiston termasiga qarshi o'yin haqida Yangiliklar

"O'zbekiston - Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. SHri-Lanka termasi futbolchilari bilan inqiroz, mamlakatdagi futbol darajasi va O'zbekiston termasiga qarshi o'yin haqida

Ulardan biri Ryudiger bilan o'ynagan va SHomurodov futbolkasini so'radi.

O'zbekiston termasi ertaga Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi o'yinlarini boshlaydi. Terma jamoamiz saralash guruhidan Tailand, SHri-Lanka va Maldiv orollari joy olgan — ochig'ini aytganda, raqiblar unchalik mashhur emas. SHu sababli, "Championat.Asia" O'zbekiston termasi raqiblari haqida qator materiallar tayyorladi.

Ishni ekzotik mamlakat hisoblangan SHri-Lankadan boshlashga qaror qildik. Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev "Championat.Asia" uchun maxsus SHri-Lankaning ikki futbolchisi Sujan Perera va Vasim Razik bilan suhbatlashdi.

— O'zingiz haqingizda biroz gapirib bersangiz. Qaerda va qaysi poziciyada o'ynaysiz?
Sujan Perera: Men mahalliy "TS Sports" klubi darvozaboni va SHri-Lanka termasi darvozaboni hamda sardoriman.
Vasim Razik: Men Germaniyada tug'ilganman. Ayni damda Hindistonning "Gokulam" klubi sharafini himoya qilyapman. Poziciyam markaziy hujumchi bo'lsa-da, hujum qanotida ham o'ynay olaman.


Sujan Perera



— Mamlakatingizda futbol qay darajada rivojlangan?
Sujan:
Biz shakllanishning eng boshidamiz va futbol mamlakatiga aylanishga harakat qilyapmiz.
Vasim: Vatanimizda futbol unchalik ham mashhur emas, lekin yildan-yilga qiziqish ortib bormoqda.

— Mahalliy aholi chempionat o'yinlarini tomosha qilishga boradimi?
Sujan:
SHri-Lankada futbol havaskorlari ko'p. Ayni damda infratuzilma yaxshi rivojlanmagan, biroq chempionat bahslarini ko'rish uchun etarlicha odam keladi.
Vasim: SHri-Lankada futbol chempionati tashkil topganiga ko'p bo'lmadi. Deyarli har klubning o'z muxlislari bor. SHri-Lanka Superligasi paydo bo'lgani tufayli endi yaxshi futbolchilar etishib chiqadi deb umid qilaman.





— Terma jamoa o'yinlarini ham kuzatishadimi?
Sujan:
Ha, doim katta ajiotaj bo'ladi.
Vasim: SHri-Lanka aholisining aynan termaga bo'lgan qiziqishi juda katta. Oxirgi, Seyshel orollariga qarshi uchrashuvga 10 mingdan ortiq muxlis kelgan — bu biz uchun juda ko'p. Aytgancha, o'sha bahsga FIFA prezidenti Janni Infantino ham kelgandi.

— Sizda futboldan ham mashhurroq sport turi bormi?
Sujan:
Kriket futboldan ko'ra mashhur, lekin biz vatanimizda yaxshi futbol madaniyatini shakllantirishga harakat qilyapmiz.
Vasim: Albatta, SHri-Lankada asosiy sport turi kriket hisoblanadi. Bizning jamoalarimiz xalqaro miqyosda yaxshi natijalarga erishmoqda. Kriket muxlislari ko'proq, o'yinchilarning maoshi ham yuqori.



Sujan Perera




— Maydon va mashg'ulot bazasining ahvoli qanday?
Sujan:
Futbol obektlari unchalik yaxshi darajada emas. Bu borada hali ancha rivojlanishimiz lozim.
Vasim: FIFA prezidenti va bizning federaciyamiz prezidenti mamlakatimizda tez orada yangi futbol maydonlari hamda terma o'ynashi uchun zamonaviy stadion bo'lishini vada qilmoqda.

— Professional futbolchilar qancha? Futbolni doimiy ishi bilan birlashtirganlar ham bormi?
Sujan:
Professional darajada o'ynaydiganlar juda kam. Deyarli hammasining boshqa ishi, daromad manbai bor. Biroq buning asosiy sababi — futbol bo'yicha SHri-Lanka chempionati yaqinda tashkil topganidir. Futbolchilar yaxshi maosh olishi uchun Superliga hali etarli darajada yaxshi emas.
Vasim: Men ham professional darajada futbol o'ynaydiganlar qatoridaman deb faxrlanib ayta olaman. Berlinda tug'ilganman va o'sha erda futbol bo'yicha talim olganman. 16 yoshgacha Antonio Ryudiger bilan bir jamoada to'p tepganman — keyin u Dortmund "Borussiya"si akademiyasiga o'tib ketgan.

— Mamlakatingiz pandemiya davrini qanday o'tkazdi? CHempionat formati va bugungi kundagi ahvol?
Sujan: Juda qiyin kechdi — mamlakatni kovidning uch to'lqini qamrab oldi. Hamma joy yopildi, biz deyarli o'ynamadik va shug'ullanmadik. Hozir vaziyat ancha yaxshi. Menimcha, aholining 90%i emlandi. Ayni damda SHri-Lankada pandemiya qo'rquvi yo'q.
Vasim: SHri-Lanka futbol termasi mamlakatda o'ynashi va mashg'ulot o'tkazishi mumkin bo'lgan yagona jamoa edi. Bizga maxsus ruxsatnoma berildi, bu uchun futbol federaciyasi prezidentiga katta rahmat.




— SHri-Lankada O'zbekiston haqida bilishadimi? Balki bazi o'yinchilar va jamoalarni bilarsiz?
Sujan:
Ha, bilishadi. Biz O'zbekiston termasining ko'plab o'yinlarini tomosha qilganmiz.
Vasim: SHaxsan men ko'plab futbolchilarni taniyman. 2011 yil 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ularning o'yinini ko'rganman — o'shanda Germaniya termasi safida edim. SHuningdek, Eldor SHomurodov va "Roma"ning ashaddiy muxlisiman. U Italiyada ancha o'sdi. Eldor bu intervyuni o'qiydi va menga "Roma" futbolkasini sovg'a qiladi deb umid qilaman. Yana Odil Ahmedovni taniyman — u ancha yillar Xitoyda to'p tepdi va yaxshi o'yin namoyish etdi.

— SHri-Lanka futboli haqida nimani bilish lozim?
Sujan:
Biz doim futbol va mamlakatimiz kelajagi uchun kurashamiz.
Vasim: 10 may kuni SHri-Lanka termasi murabbiyi etib Endi Morrison ("Manchester Siti" sobiq sardori) tayinlangani elon qilindi. Jamoa tarkibi yangi, xalqaro arenada bizga tajriba etishmaydi. Ammo yaxshi natija ko'rsata olishimizga ishonamiz.

— SHri-Lankada O'zbekistonga nisbatan munosabat qanday? O'zaro uchrashuvlarda favorit deb hisoblaysizmi?
Sujan: O'zbekiston termasi kuchli va Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Har qanday vaziyatda ham ular favorit. Lekin futbol kutilmagan voqealarga boy va biz o'zbek o'yinchilariga qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz.
Vasim: O'zbekiston Osiyoning eng kuchli termalaridan biri deb o'ylayman. Albatta, bu saralash bosqichida biz uchun eng qiyin raqib.


Sujan Perera



— Hozir SHri-Lankada notinchlik hukm surmoqda. Nimalar bo'layotgani haqida qisqacha so'zlab bera olasizmi?
Sujan: Koronavirusdan keyin mamlakatda inqiroz yuz berdi. Qattiq azob chekayotgan bo'lsak-da, odatdagi stabil hayotga qaytishga harakat qilyapmiz. Bu butun SHri-Lanka uchun qiyin kechmoqda.
Vasim: Hukumatda korrupciya kuchaygan. Odamlar bir necha oydan beri elektr va yoqilg'isiz yashashmoqda. Mamlakat rahbariyati oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxini oshirishdan boshqa hech narsa qilmadi. SHuning uchun, xalq SHri-Lanka bosh vaziri Maxind Rajapaksa va uning oilasiga qarshi norozilik namoyishlarini boshladi. Insonlar yaxshi sharoitda yashash huquqiga ega. Ayni damda ayolim SHri-Lankada va har kuni nimalar bo'layotgani haqida xabar berib turibdi.

— SHri-Lanka termasi O'zbekistonga qarshi o'ynay olmasligi ham mumkinmi?
Sujan: Mamlakatda nima bo'lishidan qati nazar, SHri-Lanka aholisining yaxshi kelajagi uchun ham o'ynaymiz!
Vasim: Futbol federaciyasi bunga yo'l qo'ymaydi deb o'ylayman. FIFA va OFK beradigan mablag' tufayli moliyaviy ahvolimiz yaxshi. Termaning vice-sardori sifatida shunday deya olaman: vatanim va jamoadoshlarim uchun kurashishga tayyorman! 


Nikolay Egorichev suhbatlashdi 

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi


"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi, Ryudigerning do'sti, SHomurodovning muxlisi. Osiyo Kubogi saralashida O'zbekiston bilan kim to'qnash keladi?        

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика