O'zbekiston olimpiya terma jamoasi posboni yig'inga jarohat bilan kelgan. Uning o'rniga boshqa futbolchi chaqirildi
05 iyu 18:56
Yangiliklar
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi posboni yig'inga jarohat bilan kelgan. Uning o'rniga boshqa futbolchi chaqirildi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Toshkentda Olimpiadaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Timur Kapadze shogirdlari 7 va 10 iyun kunlari Mali U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi.
Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, O'zbekiston U-23 terma jamoasi va "Surxon" klubi darvozaboni Dilshod Yo'ldoshev terma jamoa yig'iniga jarohat bilan kelgan.
SHu bois posbon yana "Surxon" ixtiyoriga qaytib ketgan. Uning o'rniga terma jamoaga "Paxtakor" vakili Otabek Boymurodov jalb qilingan.
Fikrlar