O'zbekiston MTJning Qatar va KXDRga qarshi o'yinlar uchun tarkibi elon qilindi
06 noy 2024 10:25
Yangiliklar
O'zbekiston MTJning Qatar va KXDRga qarshi o'yinlar uchun tarkibi elon qilindi
Har ikkala uchrashuvni ham safarda o'tkazamiz. Dastlab 5-tur doirasida 14 noyabr kuni Qatar mehmoni bo'lsak, 19 noyabr kuni 6-tur doirasida KXDR bilan bellashamiz.
O'FA matbuot xizmati bosh murabbiy Srechko Katanec noyabr oyidagi yig'inga kimlarni chaqirganini elon qildi.
O'zbekiston MTJning noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun tarkibi:
Darvozabonlar: O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Nematov ("Nasaf");
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Umarbek Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans" Franciya), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), Umar Adhamzoda ("Paxtakor");
Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Abdulla Abdullaev ("Paxtakor"), Otabek SHukurov ("Al Feyha", Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor");
Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Roma" Italiya), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Xojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Abbosbek Fayzullaev (CSKA Rossiya), Oston O'runov ("Persepolis", Eron).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar