O'zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi uchrashuvlar uchun qaydnomasi elon qilindi
26 may 12:44
Yangiliklar
O'zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi uchrashuvlar uchun qaydnomasi elon qilindi
Jamoa 29 maydan yig'inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.
Vakillarimiz JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 5 iyun kuni BAAga qarshi safarda o'yin o'tkazsa, 10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida Qatarni qabul qiladi.
Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar: O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi").
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin" Rossiya), Abdulla Abdullaev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Manchester Siti"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Islom To'xtaxo'jaev (OKMK), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Farruh Sayfiev ("Neftchi").
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Bunyodkor"), Abbos Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Otabek Shukurov ("Al Fayha", Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeev ("Paxtakor").

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar