So’nggi yangiliklar

17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 17:15Про лига. "Олимпик" - "Локомотив" (онлайн натижа)  0 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  0 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  1 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  2 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  0 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  37 14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  1 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  1 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0

O'zbekiston - KXDR: Prevyu Yangiliklar

O'zbekiston - KXDR: Prevyu

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun Osiyo Kubogi guruh bosqichi 1-turida KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Sidney shahrida bo'lib o'tadigan mazkur bahs har ikkala terma jamoa uchun hisob bo'yicha o'zaro 6-o'yin bo'ladi. SHu vaqtgacha o'tkazilgan 5ta uchrashuvning 3tasida O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, yana ikki uchrashuv durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati esa 8:2 - O'zbekiston terma jamoasi foydasiga.

Qayd etish lozim, Osiyo Kubogi bahslaridan oldin KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yun CHon Su va terma jamoa hujumchisi Kim Yong Il OFK Tartib-intizom Qo'mitasi tomonidan 1 yilga chetlatilgan edilar. SHunday bo'lsa ham, ayni damda KXDR terma jamoasiga murabbiylik qilayotgan CHo Tong Sob o'yindan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoa Avstraliyaga g'alaba uchun kelganini taikdladi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov esa kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida raqibni mag'lubiyatga uchratish uchun shogirdlarining tajribasi etarli ekanini aytib o'tgan edi.

Osiyo Kubogi bahslaridagi ishtiroklari borasida ham O'zbekiston terma jamoasida ko'rsatkich yaxshiroq. O'zbekiston terma jamoasi uchun Avstraliyadagi musobaqa hisob bo'yicha oltinchisi bo'lsa, KXDR terma jamoa uchun Osiyo Kuboklaridagi to'rtinchi ishtiroki bo'ladi. Har ikala terma jamoaning ham Osiyo Kuboklaridagi eng yaxshi natijasi 4-o'rin hisoblanadi. O'zbekiston terma jamoasi 2011 yili Qatarda o'tkazilgan musobaqada shunday natija qayd etgan bo'lsa, KXDR terma jamoasi 1980 yilgi musobaqda kuchli to'rtlikka kirgan edi.

Bugun Sidneydagi "Avstraliya" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика