So’nggi yangiliklar

17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 17:15Про лига. "Олимпик" - "Локомотив" (онлайн натижа)  0 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  0 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  1 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  2 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  0 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  37 14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  1 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  1 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0

O'zbekiston - KXDR 1:0. O'yin sharhi Yangiliklar

O'zbekiston - KXDR 1:0. O'yin sharhi

Bir necha daqiqa avval O'zbekiston milliy terma jamoasi KXDR ga qarshi bahsni yakunladi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari OK-2015 ni g'alaba bilan boshlashdi.

Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat to'rtinchi daqiqada vakillarimiz tomonidan tashkil etildi. Odil Ahmedovning 25 metrlardan bergan kuchli zarbasi darvoza ustuning yonginasidan o'tib ketdi. 18-daqiqada Tursunovning pasidan keyin Kapadze boshi bilan gol urishga urindi, bu safar darvoza ustini raqiblarimiz joniga oro kirdi. Odil birinchi bo'limda bir necha bor zarba berdi, Tursunovda ham 32-daqiqada gol urishi mumkin edi, uning zarbasini darvozabon qaytarib yubordi. Bu o'yinda har ikki qanotdagi futbolchilarimiz ancha faol bo'lishdi.

Ikkinchi bo'lim boshlarida avvaliga Il Gvan, keyin esa Vitaliy Denisov kuchli va aniq zarba bergan edi. Har ikki vaziyatda ham darvozabonlar o'zlarini ko'rsatishdi.

Bellashuvning o'rtasida yog'gan kuchli yomg'ir o'yinning borishiga tasir ko'rsatdi, bir necha hollarda to'p harakati keskin o'zgarib ketdi. Uchrashuvning 62-daqiqasiga kelib Igor Sergeev hisobni ochdi. Bu vaziyatda Server Jeparov chap tomondan chiroyli to'p uzatishni amalga oshirdi, Sergeev esa bosh bilan to'pni Ri Myong Guk qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Terma jamoamiz hisobni ochgach biroz erkinroq harakat qila boshlashdi. Zahiradan maydonga tushirilgan Sardor Rashidov o'zining yaxshi taraflarini namoyish eta oldi, u bir necha vaziyatlarni yaratdi. SHuningdek, Sergeevda 78 va 80-daqiqalarda to'p kiritish uchun imkoniyat bo'ldi.

Ammo, har ikki safar ham to'p darvozaga borib tushmadi. 85-daqiqada Sarjar Tursunov bellashuvga muddatidan avval nuqta qo'yishi mumkin edi, lekin uning yaqin masofadan bergan zarbasini Guk qaytarib yubordi.

O'yinning so'nggi soniyalarida esa o'zbekistonlik futbol muxlislari o'rinlaridan sakrab ketishdi, go'yoki yuraklar bir lahzaga to'xtab qolgandek bo'ldi. Koreyalik futbolchi burchakdan so'ng bosh bilan zarba berdi, to'p to'g'ri darvozaga kirib ketayotgan bir vaziyatda Ignatiy Nesterov to'pni urib yubordi va milliy terma jamoamizni goldan qutqarib qolish bilan birga g'alabani ham taqdim etdi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. SHu tariqa O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladi.

Butun o'yin davomida stadiondan turib terma jamoamizni qo'llab turgan muxlislarni ham alohida takidlab o'tish joiz, ular kuchli yomg'irda ham futbolchilarimizni olqishlab turishdi. Barchangizga g'alaba muborak, bunday yutuqlar bardavom bo'lsin deb qolamiz.


O'zbekiston - KXDR 1:0
10 yanvar 2015. Sidney. "Avstraliya" stadioni

Bosh hakam: Navaf Abdulla G'oyat SHukrilla (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Yosif Halil Ibrohim Tulefat, Ibrohtim Muborak Sabt Musa (Bahrayn)
4-5 hakamlar: Amar Ali Ayudulla Jumaa Alnaibi (BAA), Azman bin Ismoil (Malayziya)
Nazoratchi: Ishiyama Noboru (Yaponiya)

Gol: Igor Sergeev 62, - 1:0.

O'zbekiston:12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov, 9.Odil Ahmedov (4.Sardor Rashidov, 71), 11.Igor Sergeev (6.Bahodir Nasimov, 87), 17.Sanjar Tursunov (10.Jamshid Iskanderov, 90+2), 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal SHorahmedov.
Zaxiradagilar: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 13.Lutfulla To'rev, 14.SHuhrat Muhammadiev, 15.Jasur Hasanov, 16.Vohid SHodiev, 21.Akbar To'raev, 22.Farruh Sayfiev.

KXDR: 1.Ri Myong Guk, 3.Jang Song Xyok, 4.Jon Kvang Ik, 8.Ryang Yong Gi, 9.Pak Song CHol, 10.Pak Kvang Ryong, 11.Jong Il Gvan, 15.Jang Kuk CHol, 16.CHa Jong Xyok, 17.So Xyon Uk (12.Om CHol Song, 64), 19.Ri Yong Jik.
Zaxiradagilar: 2.Ri CHang Xo, 5.Xan Song Xyok, 6.Ro Xak Su, 13.Sim Xyon Jin, 14.Kyo Song Xyok, 20.CHoe Von, 21.O Xyok CHol, 22.Ju Kvang Min.

Ogohlantirishlar: Ri Yong Jik 78, Akmal SHorahmedov 84
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика