So’nggi yangiliklar

11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1

O'zbekiston kubogi. Vodiy derbisida "Navbahor" g'alaba qozondi (Batafsil sharh) Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Vodiy derbisida "Navbahor" g'alaba qozondi (Batafsil sharh)

Teglar :  Navbahor Neftchi
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Navbahor" o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining faol hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning 5-daqiqasidayoq Azizbek Turg'unboev hisobni ochishi mumkin edi, uning chamasi 20 metrlar uzoqlikdan yo'llagan zarbasi bir oz noaniq bo'ldi. 12-daqiqada "Neftchi" vakillarida qulay vaziyat yuzaga keldi. Mehmonlarning 77-raqamli futbolchisi Islombek Karimovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Oradan bir oz o'tib, maydon egalarida gol kiritish uchun imkoniyat yuzaga keldi.Birinchi 17-daqiqasida "Navbahor" legioneri Aleksandr Kasyanning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar safida majburiy o'zgarish yuzaga keldi. Aleksandr Kasyan jarohat olib maydonni tark etdi va uning o'rniga SHerzod Hakimov maydonga tushirildi.

31-daqiqaga kelib uchrashuvda hisob ochildi. Mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi Azizbek Turg'unboevning 25 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan jarima zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'ridan joy oldi - 1:0.

38-daqiqaga kelib mezbonlar "Neftchi" darvozasiga ikkinchi golni ham kiritishdi. Bu vaziyatda chap qanotdan etkazib berilgan to'pni Ivan Solovyov darvozaga aniq yo'llab, gol kiritdi- 2:0.

44-daqiqada yana o'sha Ivan Solovyov mehmonlar darvozasini ishg'ol etdi - 3:0

Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim mezbon futbolchilarning hujumkor o'yinlari bilan boshlandi. 52-daqiqaga kelib mezbonlarning xavfli hujumini "Neftchi" vakillari qiyinchilik bilan qaytarib qolishdi. 69-daqiqada mezbonlar futbolchisi Azimjon Ahmedovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi bir oz noaniq ko'rinish hosil qildi. Uchrashuvning 78-daqiqasida zahiradan o'yinga qo'shilgan Aziz Ibragimovning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Nihoyat uchrashuvning 89-daqiqasiga kelib "Neftchi" vakillari "Navbahor" darvozasiga gol kiritishning uddasidan chiqdilar. Yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan mehmonlarning yosh hujumchisi Jamshidbek To'raqulov mezbonlar darvozasini aniq nishonga olib, hisobni qisqartirdi - 3:1.

Uchrashuv shu tariqa "Navbahor" jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.





O'zbekiston Kubogi-2019.
Nimchorak final.
Navbahor” – “Neftchi” 3:1 (3:0)
Gollar:
Azizbek Turg'unboev, 32 (1:0), Ivan Solovev, 38 (2:0), Ivan Solovev 44 (3:0), Jamshidbek To'raqulov, 89 (3:1)
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Temur To'xtasinov.
Nazoratchi: Arslon Hatamov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 8. SHahzod SHaymanov, 9.Ivan Solovyov (4.Aziz Ibragimov, 75), 10.Azizbek Turg'unboev (34.Komiljon Tojiddinov, 71), 11. Aleksandr Kasyan (91.SHerzod Xakimov, 21), 15.Obid Jo'raboev,19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 66.Ilhomjon Alijonov, 99.Amirbek Jo'raboev.
Zaxiradagilar: 23.Dilshod Hamroev, 55.G'iyosjon Komilov, 70.Abbosjon G'ulomov, 77.Ayubxon Nomanov, 95.Nodir Mavlonov, 96.Ilhomjon Aliboev.

“Neftchi”: 35.SHerzodbek Abdurayimov, 4.SHodiyor Hojimatov, 7.Islomjon Toshpo'latov, 13. Jamshid Qobulov, 15.Mirjamol Nematov, 20.Dilyorbek Ermatov (32.Nodirbek Yo'ldoshev, 65), 28.Javohirbek Rasulov (24.Ilxomjon Ibragimov, 74) 77.Islombek Karimov, 88.Jafar Ismoilov (19.Alisher Abduvoxidov, 46), 98.Jamshidbek To'raqulov, 99.Ibrohim No'monov.
Zaxiradagilar: 16. Xurshidbek Muhammadov, 21.Farrux Turdaliev, 17.Ilhomjon Vahobov, 26. Bobirjon Isroilov, 38.Ibodjon Abelfazov, 70.Dostonbek Bobojonov.

Ogoxlantirish: Igor Golban, 22

Bekzod Tolibov Namangandan maxsus


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика