So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  3 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  2 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  29 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

O'zbekiston kubogi. “Qizilqum” penaltilar seriyasida “Qo'qon-1912”ni mag'lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqdi (batafsil sharh) Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. “Qizilqum” penaltilar seriyasida “Qo'qon-1912”ni mag'lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqdi (batafsil sharh)

O'zbekiston kubogi 3-bosqichida “Qo'qon-1912” o'z uyida “Qizilqum” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv har ikki jamoa vakillarining faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim dastlabki daqilaridanoq hujumga otlangan maydon egalari 8-daqiqada hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Mazkur vaziyatda Iqbol Malikjonovning zarbasini mehmonlar posboni Evgeniy CHeremisin qaytarib qoldi. SHundan so'ng “Qizilqum” jamoasi vakillari ham hujumkorlikni oshirdilar. Birinchi bo'lim 18-daqiqasiga kelib uchrashuvni boshqarib borayotgan bosh hakam SHavkat Nasibullaev mezbonlar darvozasi tomon tomon penalti belgiladi. Belgilangan penaltini “Qizilqum” jamoasining nikaragualik legioneri Smit Medina aniq amalga oshirib, uchrashuvda hisobni ochdi.
O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mezbon jamoa futbolchilari hujumkorlikni oshirishdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida mezbonlar hujumchisi SHaxboz Erkinovda hisobni tenglashtirish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Ushbu xolatda uning qanotdan etkazib berilgan to'pga bosh bilan yo'llagan zarbasi samarasiz chiqdi. Birinchi bo'lim mana shu hisob bilan yakuniga etdi.



Ikkinchi bo'limni “Qo'qon -1912” vakillari faol boshladilar va bu tezda o'z samarasini berdi. 49-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni SHaxboz Erkinov mehmonlar darvozasiga boshi bilan aniq yo'llab, hisobni tenglashtirdi. SHundan so'ng o'yin suraati bir oz tushdi. Uchrashuvning 65-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Quvondiq Ro'zievning mehmonlar darvozasi tomon yo'llagan kuchli zarbasi ximoyachiga tegib maydonni tark etdi. Ikkinchi bo'lim so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida raqiblari darvozasiga gol kiritish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. O'yinning asosiy vaqt durang natija bilan yakunlandi va qo'shimcha taymlarga navbat berildi.



Qo'shimcha bo'limlarda ham har ikki jamoa vakillari faol o'yin namoyish etdilar. Biroq 15 daqiqalik ikkita qo'shicha taymlarda ham g'olib aniqlanmadi. Mezbonlar safida zahiradan o'yinga qo'shilgan Javohir Esonqulov 112-daqiqada gol urib, hisbni 2:1 ko'rinishiga keltirgan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tib “Qizilqum”ning tajribali fubolchisi Maqsud Karimov mezbonlar darvozasiga jamoasini ikkinchi golini kiritdi. Qo'shimcha bo'limlar 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

Qo'shimcha bo'limlarda ham g'olib aniqlanmagach, navbat penaltilar seriyasiga keldi. Penaltilar bo'yicha 6:7 hisobi qayd etildi va «Qizilqum» keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



O'zbekiston kubogi. 3-bosqich
«Qo'qon-1912» - «Qizilqum» 2:2. (Penaltilar bo'yicha 6:7)
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Timur Galeev, Ravil SHoyaxmitov, Ibroxim Ismoilov.
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gollar: Medina Smit 18-pen (0:1), SHaxboz Erkinov 49 (1:1), Javohir Esonqulov 112 (2:1), Maqsud Karimov 117 (2:2)
“Qo'qon-1912”: 1. Islom Abdullaev, 7. Jamshid Hasanov, 11. Timur Hakimov, 15. Oybek Rustamov, 16. Jasur Hasanov, 19. Suhrob Berdiev, 20. Iqbol Malikjonov, 22. SHaxboz Erkinov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 25. Sarvar Karimov, 8. Muhammadanas Hasanov, 10. Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov, 14. Avazxon Mamatxo'jaev, 17. Bexruz Sadilloev, 21. Timur Usmonov, 27. Jasur Yoqubov, 99. Dilshod Baratov.
“Qizilqum”: 1. Evgeniy CHeremisin, 4. Erkin Boydullaev, 7. Murod Bobojonov, 10. Alisher Sanoev, 18. Eldor Boymatov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 23. SHerali Jo'raev, 25. Azizbek Usmonov, 44. Maqsud Karimov, 97. Suhrob Yarashev, 99. Ariganer Smit Medina
Zaxira: 22. Artyom Makosin, 8. Akmal Rustamov, 19. Mirjalol Qosimov, 28. Sardor Jahonov, 30. Elguja Grigalashvili, 36. Xurshid Olimov.

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Suratlar muallifi: Akramjon Mamadaliev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика