So’nggi yangiliklar

17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:34Про лига. "Олимпик" – "Олимпик-MobiUz". Таркиблар маълум  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  0 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  53 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12

O'zbekiston Kubogi oldidan Bahrom Hakimov qanday fikrda? Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi oldidan Bahrom Hakimov qanday fikrda?

Malumki bugun O'zbekiston Kubogining yarim finalining javob uchrashuvlari o'tkaziladi.
 Mamlakatimizning eng kuchli to'rtta klubi final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun astoydil kurashadi. Xo'sh, bu borada ko'proq kimning imkoniyati yuqori? Bo'lajak o'yinlar oldidan taniqli mutaxassis Bahrom Hakimovning fikrlarini bilishga urindik.

“Nasaf” – “Bunyodkor”

Ochig'ini aytganda, bugun “Bunyodkor”ga safarda oson bo'lmaydi. CHunki “Nasaf” ham final yo'llanmasini qo'lga kiritish maqsadida bor kuchini sarflashi aniq.  Bu jamoalarning Toshkentda kechgan dastlabki uchrashuvida “qaldirg'ochlar” bir qator vaziyatlardan unumli foydalana bilmagandi. Bu narsa ularga bugungi o'yinda qimmatga tushishi mumkin. Uchrashuv kech soat 20:00da boshlanishi esa futbolchilarga engillik tug'dirishi turgan gap. Bugungi o'yinda agarda birinchi bo'lib mehmonlar hisobni ochsa, g'alabani ilib ketishi mumkin. Lekin “Nasaf” birinchi bo'lib to'p kiritsa, keyin ularni to'xtatib qolish mushkul kechadi. Bundan tashqari Qarshida muxlislarning daldasi ham mezbonlarga qo'l kelishi aniq. SHaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, imkoniyatlar 60x40.

“Paxtakor” – “Lokomotiv”

Toshkentda kechadigan bu o'yinda qaysidir jamoani favorit sifatida ko'rsatish qiyin. Sababi bu klublarning har birida finalga yo'l olish uchun imkoniyat bir xil. To'g'ri birinchi uchrashuvda “Lokomotiv” kichik hisobda g'alaba qozongan. Lekin bu ularning imkoniyatini oshirgani yo'q. Kubok uchrashuvlarida har qanday natija yuz berishi mumkin. Umid qilamizki bugun qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'ladi. Imkoniyatlarni 50x50 baholayman.

Qolganini o'yindan so'ng bilib olamiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика