So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  19 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qachon qura tashlanadi? Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qachon qura tashlanadi?

PFL matbuot xizmatining malum qilishicha, musobaqa guruh bosqichiga 26 fevral kuni qura tashlanadi.

O'tgan yillarda bo'lgani kabi guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi va ular 8 ta guruhga ajratib olinadi. Har bir guruhdan 2 tadan eng yaxshi jamoa 1/8 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 

Superliga va Pro liganing jami 22 ta klubidan tashqari o'tgan mavsumni Birinchi ligada muvaffaqiyatli o'tkazgan "Cementchi" va "Zomin" jamoalari guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi. Birinchi liganing kubok guruh bosqichida ishtirok etuvchi qolgan sakkiz klubi esa saralash bosqichi orqali aniqlanadi. Qayd etish kerak, "Cementchi" o'tgan mavsum birinchilikning sharqiy mintaqasini peshqadam sifatida yakunlagan, "Zomin" esa o'z mintaqasida uchinchi bo'lgan. Undan teparoqda bo'lgan "Nasaf Farm" Kubokda ishtirok etmaydi. "Jayxun" Pro liga azosi sifatida musobaqaga qo'shiladi.

Saralashning ehtimoliy sakkiz g'olibi qura oldidan barcha guruhlarga sochib yuboriladi va ular guruh bosqichida o'zaro raqib bo'lmaydi. Yani, ularning har birida tajriba to'plash uchun kattaroq jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyati bo'ladi. Shuningdek, Birinchi liganing mazkur sakkiz klubi ikki safar uchrashuvida ishtirok etadi va faqatgina 1 ta raqibni — guruhning birinchi jamoasini o'z maydonida qabul qiladi. 

Guruh bosqichida ikki jamoaning o'zaro kelishib, uchrashuvni raqib maydoniga ko'chirishiga yo'l qo'yilmaydi. Stadioni tayyor bo'lmagan jamoaga reglament bandidan kelib chiqib, texnik mag'lubiyat yoziladi. Liga bu bilan biror kattaroq klubning Birinchi liga jamoasi maydoniga safar etishini taminlashni maqsad qilgan. Shundan kelib chiqib, har guruhning birinchi raqamli jamoasi suniy yoki sharoiti jihatidan u qadar yaxshi bo'lmagan maydonga safar uyushtirishiga to'g'ri keladi. Mazkur qadam kichik futbol o'yingohlariga jamoatchilik etiborini qaratish uchun muhimdir. 

Qolgan 24 ta klub hech qanday savatlarga ajratilmaydi. O'tgan yillarda bo'lgani kabi qura kim uchundir omadli va yana kimgadir murakkab kelishi mumkin. Bir yil avval "H" guruhi "Navbahor", "Andijon", "Dinamo" va "Nasaf" klublarini o'zida jamlagan bo'lib, keyinchalik ularning 2 tasi finalga qadar etib borgandi. Teletranslyaciyalar va jamoatchilik etiboridan kelib chiqib, aynan shu guruhdagi bellashuvlar Kubok musobaqasini ochib bergani sir emas. 

Qura marosimi 26 fevral kuni 19:00 da start oladi va u "Futbol TV" hamda Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика