So’nggi yangiliklar

07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  0 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  22 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  7 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  20 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  58 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17

O'zbekiston kubogi. Final. Tarix takrorlanishiga "Paxtakor" yo'l qo'yib beradimi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Final. Tarix takrorlanishiga "Paxtakor" yo'l qo'yib beradimi?

O'zbekiston kubogi finalida ketma-ket uch yil bir xil to'qnashuv guvohiga aylanishimiz taqdir xazilimi yoki tasodif?

Odatda hayotimizda tasodiflar bir yoki ikki marotaba ro'y beradi. Undan ortig'i esa kishini o'ylantirib qo'yish barobarida turli hayollarga borishiga majbur qiladi. O'zbek futboli ixlosmandalarining uchinchi yildirki bitta qarama-qarshilikni finalda ko'rishlarini tasodifga yo'ymagan maqulroq deb bildim. Bo'lmasa, 2007, 2008, 2009 yillarda finalda "Bunyodkor" va "Paxtakor"ning uch yil to'qnash kelishlari ham kutilmaganda sodir bo'lganmi? Bunga esa javob bitta o'sha vaqtda ular O'zbekistonning eng kuchli ikki jamoasi bo'lgan va haqli ravishda finalda yo'llari kesishgan. AGMK hamda "Paxtakor" haqida ham xuddi shu fikrni ham bildirishimiz mumkin. AGMKning kuchayishi shunchaki "Bunyodkor", "Lokomotiv"ning pasayish davriga to'g'ri kelib qoldi, "Paxtakor"ga esa ortiqcha to'xtalmaymiz. Bu jamoa har qanday davrda ham o'ziga yarasha kuchini va nomdorligini yo'qotmagan. SHu va boshqa jihatlarni hisobga olib final oldidan mulohazalarimni bo'lish istagi tug'ildi. 

Raqamlar nima deydi?

AGMK va "Paxtakor" o'rtasidagi qatorasiga uchinchi final mazkur musobaqa tarixidagi ikkinchi ko'rsatkichga aylanmoqda. Qiziq tarafi, AGMK va "Paxtakor" O'zbekiston kubogi tarixida faqatgina finallarda to'qnashmoqda. Musobaqaning boshqa bosqichida hozirgacha AGMK va "Paxtakor" qarama-qarshiligi guvohiga aylanmaganmiz.

Hozirga qadar O'zbekiston kubogi doirasida ikki marta to'qnash kelgan ushbu jamoalar o'yinida bir AGMK hal qiluvchi bahsda g'olib (3:1) chiqqan bo'lsa, bir bor "Paxtakor" finalda (3:0) g'alabani tantana qilgan. AGMK va "Paxtakor" o'zaro barcha musobaqalarda 29 marotaba duch kelgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik "Paxtakor" tarafida: 21 g'alaba. AGMK esa 5 marotaba g'alaba qozongan va 3 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 21-58. AGMK uchun bu uchinchi final sanaladi, jamoaning finaldagi to'purari hozirda ham shu klubda to'p tepayotgan Yovan Jokichdir. 2018 yilgi kubok finalida u raqib darvozasiga ikki bor yo'l topgan, yana bir golga Zohir Pirimov mualliflik qilgan. Yovan Jokich uchun AGMK libosidagi ikkinchi final hisoblanadi. "Paxtakor" hozirga qadar 15 marta O'zbekiston kubogi finallarida o'ynagan, ertangi uchrashuv ular uchun 16-finaldir. "SHerlar" o'zi ishtirok etgan finallarning 12tasida g'alabani o'ziniki qilgan bo'lsa, uch bor mag'lubiyatga uchragan. Jamoa hozirga qadar 15ta finalda raqiblar darvozasini 32-bor ishg'ol qilgan va o'z darvozasidan 16ta to'p olib chiqqan. "Paxtakor"ning finallardagi to'purari Leonid Koshelev bo'lib u o'z hisobiga 4ta gol yozdirib qo'ygan. 


"Paxtakor" yaqqol favorit. Lekin...

Namangandagi finalda AGMKdan mo'jiza kutayotganlarga shunday deyishim mumkinki, olmaliqliklarning "sherlar"dan ustun kelishini mo'jiza hisoblamayman. 2018 yil Farg'onadagi finalda AGMKning "Paxtakor" ustidan g'alabasi chinakam kutilmagan natija sifatida tilga olingandi. Boisi, jamoa o'z tarixida ilk bor kubok finalida ishtirok etar, Baxtiyor Ashurmatov uchun ham bu yangi sinov edi. "Paxtakor" tarkib jihatdan o'shanda AGMKdan haqiqatdan ham ustun hisoblanardi. O'tgan yilgi finalda esa CHeranning o'zi masalani hal qildi. Lekin, bu yil olmaliqliklar tarkib jihatdan, o'yin jihatdan qaysidir manoda o'sishga erisha oldi, Mirjalol Qosimov qo'l ostida jamoa shakllanib ulgurdi. Tarkibda esa legionerlar qatori yaxshi saviyadagi mahalliy futbolchilar jamlandi. Ushbu jihatdan ular "Paxtakor"ga tenglasha olishadi. Demak, bu yilgi final avvalgilaridan nisbatan farq qilish ehtimoli bor. CHempionatdagi va kubokdagi natijalar finalda ahamiyatini yo'qotadi, chunki bu o'z nomi bilan final. Ammo, tarix ikkinchi marotaba takrorlanishiga SHota Arveladze shogirdlari bunga osonlikcha yo'l qo'yib berarmikin? Og'zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi. Gruziyalik mutaxassisning yana bir bor AGMKga mag'lub bo'lish niyati yo'q, bir marotaba bundan kuygani yodida. Boz ustiga u jamoani principial va hal qiluvchi o'yinlarga qanday tayyorlashni biladi. Uning oldiga oltin dublni rasmiylashtirish vazifasi qo'yilgan. "Paxtakor"ga Farrux Sayfiev(diskvalifikaciya), SHerzod Azamov (kichik jarohat) yordam bermaydi. Katta ehtimol bilan Akrom Komilov Sayfievning o'rnida harakat qiladi. AGMKda Sanjar Tursunov, Bobur Yo'ldoshev, Mirjamol Qosimov yo'qotish hisoblanadi. Bularning o'rni bilinishi tabiiy. Sanjar Tursunov va Bobur Yo'ldoshevda katta tajriba borligini inobatga olsak bu AGMK uchun jiddiy yo'qotish bo'ladi. Umumiy qilib aytganda "Paxtakor" yaqqol favorit, lekin AGMKda ham imkoniyat yo'q emas. "Konchilar" yarim final uchrashuvida natijani saqlab qolish uchun harakat qilishdi va buni uddalashdi. Lekin, ularning finaldagi raqibi yarimta imkoniyatdan ham gol urib ketishi mumkin. Tarkibida shunday futbolchilar bor. Balki, Qosimov Arveladzega kutilmagan biror sovg'a taqdim qilar nima dedingiz? Baxtiyor Ashurmatov o'z vaqtida buni alo darajada bajara olgan.

Ekspert fikri. 

Kamoliddin Murzoev (O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari): - O'ylaymanki qiziqarli o'yin bo'ladi. Ikki jamoa ham imkoniyatdan foydalanishga harakat qiladi deb o'ylayman. Imkoniyat darajasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam biroz bo'lsada "Paxtakor"da ustunlik bor. Lekin, bitta o'yindan iborat finalga har qanday jamoa puxta tayyorgarlik bilan chiqadi. AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovda finallarda ishtirok etish bo'yicha tajriba va amaliyot katta. U shogirdlarini munosib tayyorlay olishiga ishonaman. "Nasaf" bilan uchrashuvda ham oxirigacha kurash olib borishdi. Baribir "Paxtakor" O'zbekistonning kuchli jamoasi, SHota Arveladze oldiga har doim yuqori maqsadlarni qo'yadi. Oltin dublni rasmiylashtirishga urinib ko'rishi tabiiy. Aslida mutaxassis shunday yani yutuqlarga o'ch bo'lishi kerak. Final bo'lib o'tadigan "Navbahor" stadoni ajoyib holatda. Sifatli futbol namoyish etish mumkin. SHuningdek muxlislarning tashrifi ham finalni bezab beradi va tomoshabop shiddatli bahs kechadi. 

Ushbu final 2020 yilgi mavsumning so'nggi uchashuvidir. Mavsumni yuqori notada va chiroyli yakunlash esa ertangi final ishtirokchilarimizga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ko'p hollarda biror kitoblar va asarlarning borinki ana kinolarning boshidan ham yakuni o'quvchiga, tomoshabinga qiziq tuyuladi. Umid qilamizki, ikki jamoa o'zbek futbolining yana bir sahifasiga ajoyib yakun yasab berishadi.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика