So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  25 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor"ning finalga qadar bosib o'tgan yo'li Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor"ning finalga qadar bosib o'tgan yo'li

Saytimiz orqali O'zbekiston kubogi finalchilarining bosib o'tgan yo'llarini eslab o'tishga qaror qildik.

Dastlab finalda nominal mezbon bo'lgan “Bunyodkor”ning yo'lini taqdim etamiz. Toshkentning “Bunyodkor” klubi bu yilgi O'zbekiston kubogi bahslarini 1/8 finaldan boshladi.

Bu bosqichda “qaldirg'ochlar” birinchi liga vakili bo'lgan Toshkentning “Obod” klubiga qarshi o'ynagan. “Bunyodkor” maydonida bo'lib o'tgan ilk bahsda Samir Bekrich tomonidan urilgan gol mezbonlarga g'alaba keltirgan – 1:0.

Javob bahsida ham Samir Bekrich hisobni ochgandi, oradan 2 daqiqa o'tgach “Obod” vakili Kamoliddin Tojiboev hisobni tenglashtirgandi – 1:1. Qizig'i Tojiboev “Bunyodkor”ning sobiq futbolchisi hisoblanadi.



“Bunyodkor” – “Obod” 1:0
Gol:
Samir Bekrich 3
“Bunyodkor”: Pavel Bugalo, Anvar G'ofurov, Ivan Miloshevich, Obid Jo'raboev, Akmal SHorahmedov, SHaker Zuagi, Minori Sato, Samir Bekrich (Mirzohid G'ofurov, 53), Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev, Anvar Berdiev (Temur Ayupov, 46)

“Obod” – “Bunyodkor” 1:1
Gollar:
Kamoliddin Tojiboev 86 – Samir Bekrich 84
“Bunyodkor”: Akbar To'raev, Artyom Filiposyan, Obid Jo'raboev, Otabek SHukurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Xurshid G'iyosov, Samir Bekrich, Mirzohid G'ofurov (Doston Hamdamov, 46), Sardor Sobirxo'jaev (Javlon Ibrohimov, 75), Anvar Berdiev (Vohid SHodiev, 60).



CHorak finalda Sergey Lushan shogirdlari Jizzaxning “So'g'diyona” to'sig'idan o'tishdi. Final o'yini bo'lib o'tadigan stadionda o'tgan dastlabki bahsda “qaldirg'ochlar”ga Doston Hamdamovning ikkita goli g'alaba keltirgandi. Maydon egalari hujumchisi Jasur Hakimovning goli faqat hisobni qisqartirishga xizmat qilgan – 1:2.

Toshkentdagi “Jar” stadionida kechgan javob o'yinida ham Doston Hamdamov gol urishga muvaffaq bo'lgan. Vohid SHodievning to'pi esa yakuniy natijani o'rnatgandi -2:0. Etiborlisi birinchi o'yinda “So'g'diyona” safida o'ynagan Anvar Rajabov ikkinchi uchrashuvni “Bunyodkor” safida o'tkazgan.

“So'g'diyona” – “Bunyodkor” 1:2
Gollar:
Jasur Hakimov 39 – Doston Hamdamov 2, Doston Hamdamov 48.
“Bunyodkor”: Akbar To'raev, Xayrulla Karimov, Anvar G'ofurov, Artyom Filiposyan, Akmal SHorahmedov, Otabek SHukurov (Nuriddin Hasanov, 85), Javlon Ibrohimov, Sardor Sobirxo'jaev, Doston Hamdamov, Zabihillo O'rinboev, Eldor SHomurodov (Sardor Azimov, 72)

“Bunyodkor” – “So'g'diyona” 2:0
Gollar:
Doston Hamdamov 73, Vohid SHodiev 81
“Bunyodkor”: Murod Zuhurov, Ivan Miloshevich, Akmal SHorahmedov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, SHaker Zuagi (Dilshod Jo'raev, 64), Minori Sato, Javlon Ibrohimov, Doston Hamdamov, Anvar Rajabov (Vohid SHodiev, 55), Eldor SHomurodov (Viktor Karpenko, 77)



Nihoyat yarim finalda “qaldirg'ochlar” “Paxtakor” bilan to'qnash kelishdi. Ko'p narsa dastlabki o'yinda hal bo'ldi. Doston Hamdamovning tezkor goliga “sherlar” Oraxovacning goli bilan javob berishdi. Birinchi bo'limda Zabihillo O'rinboev yana “qaldirg'ochlar”ni oldinga olib chiqqandi. Kaxi Maxaradze hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgan. Zaxiradan maydonga tushgan Akrom Komilovning goli “Bunyodkor”ga raqib maydonidan g'alaba bilan qaytishini taminlagandi – 3:2.
Javob uchrashuv taqdirini Eldor SHomurodov tomonidan urilgan gol hal qilgandi. 25-daqiqada urilgan goldan so'ng “Paxtakor” finalga chiqishi uchun 3ta gol urishi kerak edi. “Bunyodkor” bunga yo'l qo'ymadi va o'z tarixida 8-bor finalga yo'l oldi.

“Paxtakor” – “Bunyodkor” 2:3
Gollar:
Adnan Oraxovac 24, Kaxi Maxaradze 68 – Doston Hamdamov 3, Zabihillo O'rinboev 35, Akrom Komilov 75.
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Xayrulla Karimov, Ivan Miloshevich, Akmal SHorahmedov, Rustam Ashurmatov (Akrom Komilov, 72), SHaker Zuagi, Minori Sato, Dilshod Jo'raev, Doston Hamdamov, Zabihillo O'rinboev (Anvar Rajabov, 73), Eldor SHomurodov (Vohid SHodiev, 85)

“Bunyodkor” – “Paxtakor” 1:0
Gol:
Eldor SHomurodov 25
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Xayrulla Karimov, Ivan Miloshevich, Akmal SHorahmedov, Akrom Komilov, SHaker Zuagi, Minori Sato, Dilshod Jo'raev, Doston Hamdamov (Samir Bekrich, 83), Zabihillo O'rinboev (Vohid SHodiev, 79), Eldor SHomurodov (Viktor Karpenko, 71)


Birozdan so'ng Qarshining “Nasaf” klubi bosib o'tgan yo'lni taqdim etamiz. Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” va “Nasaf” o'rtasidagi final uchrashuvi 17 oktyabr kuni Jizzax shahridagi yangi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.
 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика