So’nggi yangiliklar

23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  0 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  0 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  4 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  50 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  118 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  15 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  6 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  30 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  8 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" qiyinchilik bilan "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" qiyinchilik bilan "Andijon"ni mag'lub etdi

O'zbekiston kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



O'zbekiston Coca Cola kubogi. 1/8 final
ANDIJON - NASAF - 0:1
7 dekabr 2020 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 13:00 (SPORT TV LIVE)
Hakamlar:
Ibrohim Ismoilov, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Bekzod Aripov
Gol: G'olib G'aybullaev 114
"Andijon": 16.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov, 4.Farhod Mirahmadov, 5.Xushnudbek Avilov, 6.Baxtiyor Qosimov, 11.Siroj Meliev, 17.Abdullo Olimov, 20.Asilbek Azizov, 25.Qahramon Bahodirov, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Farhodjon Sohibjonov (33.Doniyor Abdumannopov, 58).
Zaxira: 13.Muhammadsolih Ubaydullaev, 2.Muhammadali Tursunov, 15.Rustamjon Qo'chqorov, 22.Usmonali Ismonaliev, 27.Muhammadali Yuldashev, 80.SHahboz Jumaboev, 91.Saidjon Muhammadinov, 99.Jamshid Homidov.

"Nasaf": 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Dilshod Rahmatullaev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov, 20.Islom Kenjaboev, 22.Akmal Mozgovoy, 25.Muhriddin Zoirov, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 35.Abduvohid Nematov, 6.Murodbek Xo'jamberdiev, 17.Faysal Traore, 19.Husayin Norchaev, 50.SHohmalik Komilov, 70.Abubakrizo Turdialiev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich.

Ogohlantirishlar: Qahramon Bahodirov 17,



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" chorak finalda.

119. O'zgarish. "Nasaf". Bobir Abdixoliqovning o'rniga Faysal Traore maydonga tushdi.

114. Goooooool. "Nasaf" gol urmoqdaaaaaa. G'olib G'aybullaev gol muallifi. Himoyachilarning xatosidan G'aybullaev unumli foydalandi.




112. Abdullo Olimovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

To'p nazorati "Nasaf" tomonida. O'yin tempi o'rtacha. 

Overtaymlarning ikkinchi bo'limi ham shiddatli o'tmoqda. 

105. Birinchi ekstra-taym tugadi. 

Jamoalar umumiy hisobda ayni vaqtga qadar 100 daqiqa to'p tepishdi.

98. Yana o'sha Abdixoliqovning zarba yo'lladi. To'pni Eldor Adhamov egallab oldi.

96. Bobir Abdixoliqov raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Lekin hakam o'yinni davom ettirishni buyuurdi.

94. Maydon egalarida yana bir havfli vaziyayayayatttt. 

"Andijon" tashabbusni qo'liga oldi, jarimadan amalga oshirgan zarbasi esa samarasiz.

Ekstra-taymlarning birinchi bo'limi boshlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakuniga etdi. Navbat ekstra-taymlarga. Agarda overtaymlarda ham hisob ochilmasa penaltilar seriyasini ko'ramiz.

90. Ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'zgarish. "Nasaf". Islom Kenjaboev o'rniga SHoxmalik Komilov o'yinga qo'shildi.

82. ZARBAAAAAA, Qanday vaziyayayayayat. Xushnudbek Avilovning boshi bilan bergan zarbasini mehmonlar darvozaboni chiziq ustidan to'pni qaytardi. "Andijon"da gol urish uchun ajoyib imkoniyatlar yuzaga kelyapti. 

78. UXXXXXXXXX. Muhammad Yuldashev "Andijon"ning uchrashuvdagi ilk golini urishi mumkin edi. Ammo to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi. 

77. Ogoxlantirish. Mezbonlar futbolchisi Abdullo Olimov ogoxlantirildi

74. ZARBAAA. "Nasaf" jamoasi futbolchisining jarimadan yo'llagan zarbasi havfli tus oldi.

69. O'ZGARISH. "Andijon". Siroj Meliev o'rniga SHahboz Jumaboev maydonga tushdi.

65. Eldor Adxamov to'pni qaytarish chog'ida jamoadoshi Xushnudbek Avilov bilan to'qnashib ketdi.

59. ZARBAAAA! CHap qanotdan Bahodirov to'pni uzatdi, Qosimovning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi! 

58. O'zgarish. "Andijon". Sohibjonov o'rniga Abdumannopov

48. ZARBA! Mirahmatovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Mashhurjon Muhammadjonov to'pni qaytardi va jamoasini goldan qutqardi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi



41. Xavfli vaziyat! Bahodirov autdan uzatgan to'pini sheriklari darvozaga yo'lladi, Umar Eshmurodov to'pni darvoza chizig'idan qaytarib yubordi!

37. ZARBAAA! Siroj Meliev juda qulay vaziyatda to'pni noaniq yo'lladi! 



32. "Nasaf"ning hujumi xavfli chiqdi, ammo bu maydonda to'p yaxshi dumalamayapti...

31. Toirov Kenjaboevni yiqitdi va mehmonlarda jarima to'pi 

29. ZARBA! Baxtiyor Qosimovning zarbasi noaniq ketdi

25. Tashabbus "Nasaf" tomonida, ammo hozircha gol yo'q



17. Ogohlantirish. "Andijon". Qahramon Bahodirov

15. ZARBAAAA! SHarof Muhitdinovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

8. Xavfli vaziyat! Islom Kenjaboev raqib jarima mayoni ichida to'pni sheriklariga uzata olmadi va zarba ham bera olmadi



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика