So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  7 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  17 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  58 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

O'zbekiston kubogi. AGMK ketma-ket uchinchi yil finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. AGMK ketma-ket uchinchi yil finalga chiqdi

O'zbekiston Coca Cola Kubogining yarim finali doirasidagi AGMK - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

 

O'zbekiston Coca Cola kubogi. Yarim final
AGMK – NASAF 1:0 (tugadi)
16 dekabr 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 16:00 (SPORT TV LIVE)
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Alisher Fayziev 

Gol: Bahrom Abdurahimov 16, 1:0

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Elguja Grigalashvili, 11.Murod Toshmatov, 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.Mate Vatsadze, 23.Yovan Jokich, 30.Jasur Umarov, 94.Husniddin G'ofurov.
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Mirjamol Qosimov, 9.Zafar Polvonov, 10.SHahzod Nurmatov, 31.Saydullo Rahmatov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 77.Arslonmirat Amanov, 88.Igor Zonich.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov, 20.Islom Kenjaboev, 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soibov, 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Dilshod Rahmatullaev, 17.Faysal Traore, 18.Javohir Esonqulov, 19.Husayin Norchaev, 50.SHohmalik Komilov, 70.Abubakrizo Turdaliev.



OKMK

O'zbekiston kubogi. 3-tur

16/12/2020, 16:00

0
:
1
Tugadi

Nasaf

45'
90'
16'  



YANGILASH 



O'yin yakunlandi. AGMK finalda. Ikki jamoaga ham chiroyli o'yin uchun rahmat aytib qolamiz. 

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga besh daqiqa qo'shib berildi. 

89. "Nasaf"dan ketma-ket zarbalaaaar.  

84. AGMK futbolchilari "Nasaf" o'yinchilarini qo'pollik ishlatib to'xtatib qolmoqda. 

84. O'zgarish. Murod Toshmatov o'rnida Akmal SHorahmedov o'yinni davom ettiradi. 

83. Marko Stanoevich yiqitildi. 

81. Valijon Rahimooov. Seeeyvvvv. "Nasaf"ning jarimadan yo'llagan zarbasini AGMK kiperi qaytardi. 

80. AGMK hisobni oshirishi mumkin edi. 

78. Mehmonlarda gol urish uchun yana bir imkoniyayayayat. Lekin, goldan darak yo'q. 

So'nggi daqiqalar yaqinlashgan sari shiddat ortib bormoqda. 

"Nasaf"da qator vaziyatlaaaar. Faqat gol urish kerak, xolos. 

75. O'zgarish. Mate Vatsadze o'rniga Zafar Polvonov, Elguja Grigalashvilining o'rniga Saydullo Rahmatov maydonga tushdi. 

74. Zarbaaaaaa. Exxxx. "Nasaf" futbolchisida hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat yuzaga kelgan edi. 

70. Zarbaaaaaaaa. SHarof Muhitdinovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini olmaliqliklar posboni osonlikcha egallab oldi.

67. O'zgarish. AGMK, Bahrom Abdurahimov o'rniga SHahzod Nurmatov maydonga tushdi. 

64. O'zgarish. "Nasaf", G'olib G'aybullaev o'rniga Husayn Norchaev.

51. Zarbaaaaa. Stanoevichning jarim maydonchasi ichidagi zarbasini Valijon Rahimov qaytardi. 

O'yin tempi ko'tarildi. Hisobda esa o'zgarish yo'q. 

50. Havfli vaziyayayayat. "Nasaf" futbolchisi Bobir Abdixoliqov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

45. Ikkinchi bo'limga start berildi. 

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

37. Ogoxlantirish. AGMK, Husniddin G'ofurov.

Mehmonlar oxirgi daqiqalarda ancha faollashdi va nazoratni qo'liga oldi. 

32. "Nasaf"ning uyushtirgan hujumi keskin tus oldi. Mirg'iyos Sulaymonov hujumni qaytarishda faol harakat qildi. 

26. Zarbaaa. SHarooof Muhitdinooov. Qanday vaziyat yuzaga kelgandiyayaya.

24. Islom Kenjaboevni raqib jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Uchrashuv hakami qo'pollik bo'lmadi deb hisobladi

22. Mezbonlar o'yinni nazorat qilmoqda. Tashabbus to'liqligicha AGMK tomonida.

16. Goooool. Bahrom Abdurahimov Husniddin G'ofurovning chap qanotdan oshirib bergan to'pini darvozaga yo'lladi. Malumot o'rnida aytib o'tish joiz Abdurahimov o'z vaqtida "Nasaf" tarkibida to'p tepgan. 




13. O'yin maydon markazida davom etyapti. Temp o'rtacha. 

"Nasaf" ham birin ketin pazicion hujumlarni uyushtirmoqda. 

3. Maydon egalari dastlabki daqiqalardan juda faol harakat qilmoqda. 

2. Uxxxxxx. Abduvohid Nematoooov. Darvozabon jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

1. AGMKning ilk hujumini raqib himoyachilari qaytardi. 

Uchrashuv boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari. O'zbekiston kubogi yarim finalidan o'rin olgan AGMK - "Nasaf" uchrashuvidan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика