So’nggi yangiliklar

07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  0 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  22 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  7 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  20 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  58 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17

O'zbekiston kubogi-2020. "Paxtakor" finalda AGMKni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi-2020. "Paxtakor" finalda AGMKni yirik hisobda mag'lub etdi

2020 yilgi O'zbekiston kubogi finali doirasidagi AGMK - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 



O'zbekiston Coca Cola kubogi-2020. Final
AGMK – PAXTAKOR - 0:3
20 dekabr 2020 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 15:00
Hakamlar
: Zokir Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov, SHavkat Nasibullaev.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR hakamlari: Aziz Asimov, Timur Gaynulin
VAR Nazoratchisi: Farhod Abdullaev

Gollar: Dragan CHeran 28, - 0:1 (Dostonbek Hamdamov). Dragan CHeran 46, - 0:2 (Jaloliddin Masharipov). Jaloliddin Masharipov 59 penalti, - 0:3.

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Dilshod Jo'raev (4.Mirjamol Qosimov, 74), 7.Elguja Grigalashvili (77.Arslonmirat Amanov, 62), 11.Murod Toshmatov (31.Saydullo Rahmatov, 46), 18.Bahrom Abdurahimov (30.Jasur Umarov, 74), 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 62), 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo'ldoshev, 94.Husniddin G'ofurov.
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 10.SHahzod Nurmatov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 88.Igor Zonich.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akramjon Komilov (29.Vladimir Kozak, 89), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran (99.Javohir Sidiqov, 83), 15.Egor Krimec, 17.Dostonbek Hamdamov (18.Hojimat Erkinov, 72), 20.Odiljon Hamrobekov, 21.Abrorbek Ismoilov (27.Sardor Sobirxo'jaev, 72), 77.Eren Derdiyok,
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 7.Sadriddin Abdullaev, 8.Asadbek Sobirjonov, 23.SHerzod Azamov, 28.Diyor Xolmatov.


OKMK

O'zbekiston kubogi. 4-tur

20/12/2020, 15:00

3
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 28', Dragan CHeran - 46', Jaloliddin Masharipov - 59'

45'
90'
46'  Murodjon Toshmatov (Saidullo Rahmatov)
62'  Mate Vatsadze (Zafar Polvonov)
62'  Elguzha Grigalashvili (Arslanmirat Amanov)
74'  Dilshod Jo’rayev (Mirjamol Qosimov)
74'  Bahrom Abdurahimov (Jasur Umarov)
28'  Dragan CHeran
28'  Dostonbek Hamdamov
46'  Dragan CHeran
46'  Jaloliddin Masharipov
59'  Jaloliddin Masharipov
72'  Dostonbek Hamdamov (Xojimat Erkinov)
72'  Abror Ismoilov (Sardor Sobirxo’jayev)
83'  Dragan CHeran (Javohir Sidiqov)
89'  Akrom Komilov (Vladimir Kozak)


YANGILASH



90+5. Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" 13 karra O'zbekiston kubogi sohibi! 

90+4. ZARBA! Eren Derdiyok kuchli zarba berdi, Rahimov to'pni ushlab oldi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

89. O'zgarish. "Paxtakor". Komilov o'rniga Kozak tushdi

83. O'zgarish. "Paxtakor". CHeran o'rniga Sidiqov tushdi

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Zafar Polvonov o'yindan tashqari holatda gol urdi, hakamlar golni inobatga olishmadi

78. Akmal SHorahmedov oyog'ida kuchli og'riqni his qildi va maydonni tark etdi, AGMK barcha o'zgarishlardan foydalanib bo'lgani uchun 10 kishi bo'lib o'ynamoqda

74. O'zgarishlar. AGMK. Jo'raev o'rniga Qosimov, Abdurahimov o'rniga Umarov tushdi



72. O'zgarish. "Paxtakor". Hamdamov o'rniga Erkinov, Abror Ismoilov o'rniga Sobirxo'jaev tushirildi

62. O'zgarishlar. AGMK. Vatsadze o'rniga Polvonov, Grigalashvili o'rniga Amanov maydonga tushdi.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JALOLIDDIN MASHARIPOV - 0:3. Jaloliddin penaltini Panenka uslubida, to'pni markazga ohista zarba bilan yo'llab, aniq amalga oshirdi




58. PENALTI! AGMK darvozasiga!

56. VAR yana ishga tushdi, Qodirov vaziyatni o'zi tomosha qildi va to'p Rahmonovning qo'liga tegdi deb topdi

46. GOOOOOOOOOOOOOL. DRAGAN CHERAN. Masharipovning ajoyib uzatmasini CHeran boshi bilan golga aylantirdi, 0:2.




46. O'zgarish. AGMK, Murodjon Toshmatov o'rniga Saydullo Rahmatov maydonga tushdi.

45. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:1

45. Birinchi taymga  bir daqiqa qo'shildi

40. ZARBA! Elguja Grigalashvilining zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

32. "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov o'z jarima maydonchasidan tashqariga chiqib, AGMK hujumini bartaraf etgan holda, to'pni qaytardi.


28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DRAGAN CHERAN 0:1. Hamdamov raqibni aldab o'tib, CHeranga to'pni uzatdi. Dragan esa jarima maydoni markazidan kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. 





21. "Paxtakor"ning hujumi, Masharipov uzatgan to'pni Abror Ismoilovning zarbasi noaniq chiqdi

19. UXXX! "Paxtakor" burchak to'piga ega bo'ldi, Derdiyokni Rahmonov ushlab qolgandi, Zokir Qodirov VAR hakamlari bilan gaplashdi va bu vaziyatda penali yo'q deb topildi

11. ZARBAAAA! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Dostonbek Hamdamov darvozaga yo'lladi, to'pni Rahimov qaytardi! 

8. AGMK ikkinchi burchak to'piga ega bo'ldi, G'ofurov uzatgan to'pni himoyachilar qaytarishdi

7. ZARBAAA! "Paxtakor" jarima to'piga ega bo'ldi, Masharipovning kuchli zarbasidan keyin Rahimov to'pni qaytardi! 

5. Uchrashuvni AGMK hujumlar bilan boshladi

4. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Elguja oldinga o'tdi va zarba berdi, kuchsiz zarbadan keyin Quvvatov to'pni ushlab oldi

1. Bahrom Abdurahimov uchrashuvdagi birinchi burchak to'pini ishlab oldi. Biroq burchakdan uzatilgan to'p qaytarib yuborildi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Final soat 15:00da boshlanadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика