So’nggi yangiliklar

07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  0 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  22 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  7 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  20 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  58 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17

O'zbekiston futbol associaciyasining Oston O'runov bo'yicha bayonoti Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasining Oston O'runov bo'yicha bayonoti

“SKA-Xabarovsk” futbol klubi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Yuranning “Match Premer” telekanaliga bergan intervyusida O'zbekiston milliy terma jamoa azosi Oston O'runov haqida fikrlari muhokamalarga sabab bo'ldi.

O'z navbatida uning O'runovning yoshi 4-5 yilga katta ekanligi haqidagi so'zlari O'zbekiston futbol associaciyasi hamda butun o'zbek futboli jamoatchiligini hayron qoldirdi.

Oston O'runov O'zbekistonning o'smirlar, yoshlar, olimpiya va Milliy terma jamoalari safida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda maydonga tushib kelmoqda. Qitada yosh kichraytirish bilan bog'liq muammolarni oldini olish uchun Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan qo'yilgan talabga muvofiq O'runov bir necha bor Magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) o'tkazilgan. Tahlil xulosasiga ko'ra futbolchining OFK tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan.

Sergey Nikolaevich, shubhasiz, haqiqatdan bexabar va o'zbek futbolidagi hozirgi vaziyat to'g'risida umuman tasavvurga ega emas. Nafaqat O'zbekiston futbol associaciyasi, balki O'zbekiston hukumati ham futbolchilarning yosh kichraytirish bilan bog'liq muammolarga qarshi kurashishda barcha say-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Istisnosiz barcha futbolchilarning hujjatlari, ularning yoshligidan boshlab, shu jumladan Respublikaning vakolatli organlari tomonidan o'rganiladi va tekshirib boriladi.

Oston O'runov nafaqat mamlakatimiz, balki butun Osiyodagi iqtidorli va istiqbolli futbolchilardan bir hisoblanadi. Futbolchiga nafaqat Rossiyaning, balki Evropaning boshqa mamlakatlaridagi qiziqish katta. Ishonchimiz komilki, agar O'runovning yoshi kichik qilib ko'rsatilgan yoki Sergey Yuran fikr bildirganidek “hamma bu haqda bilgan” bo'lsa, chet elda mazkur futbolchiga bunday faol qiziqish bo'lmagan bo'lar edi.

Yuranning o'ylamay aytgan so'zlari Oston O'runovning obro'siga putur etkazadi hamda butun O'zbekiston va Osiyodagi futbolchilarni tayyorlash tizimiga soya soladi. Sobiq futbolchi Sergey Yuran uning so'zlari tufayli futbolchiga qanday manaviy zararni etkazib qo'yganini anglolmasa ham kerak. Ko'rinishidan odob-axloq, to'g'riso'zlik va o'zi kabi futbolchilar bilan birdamlik tushunchalari Yuran uchun begonaga o'xshaydi.

Biz Sergey Yuranning bayonotini asossiz va masuliyacizlik deb hisoblaymiz hamda Oston O'runovning yoshi bo'yicha aytgan ayblovlari uchun darhol aniq dalil-isbot keltirishini talab qilamiz. Bundan tashqari ushbu mutaxassis Oston O'runov, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda butun o'zbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr so'rashini talab qilamiz.

SHuningdek, Rossiya futbol ittifoqi (RFS) Etika qo'mitasini ushbu holatni sinchkovlik bilan o'rganishga hamda O'zbekiston terma jamoasi azosi Oston O'runovga, o'z navbatida O'zbekiston futbol associaciyasi obro'siga putur etkazadigan ayblov bilan chiqish qilgan Sergey Yuranga chora ko'rishga chaqiramiz.

Reyting: +147   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика