So’nggi yangiliklar

21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  24 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  1 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  6 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  6 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  2 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  4 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  18 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  11 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  1 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2

O'zbekiston futbol associaciyasiga savollar Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasiga savollar

Hamma terma jamoaning mag'lubiyatini muhokama qilyapti. Bu dunyoda muhimroq masalalar ham bor. Keling hozir shu haqda...

Esingizdami, 28 noyabr kuni O'FA matbuot xizmati tashkilot Etika qo'mitasi tomonidan qabul qilingan 04/2020, 05/2020 – sonli qarorlarni elon qildi — Jasur Muxtorov, Asker Nadjafaliev va Temur To'xtasinov jazoga tortildi (aniqrog'i, jazolanganlar orasida faqat shularning nomi ommaga oshkor qilindi va urg'u "sotilgan" hakamlarga qaratildi). 

SHundan keyin bu mavzuga bir necha bor to'xtaldik va har gal adolat qaror topishi uchun klublarni ham jazolash kerakligini aytdik. O'shanda FA mutasaddisi javob qaytardi: bu 1-2 kunda bitadigan ish emas, kutish kerak. Mana, 1 yoki 2 emas, 72 kun kutdik. Tez orada yangi mavsum start oladi. Natija? Albatta, natija bor: yana bir necha nafar hakamlar va futbol ichidagi kishilar jazoga tortildi. Klublar masalasi esa hamon ochiqligicha qolmoqda. Bizda bu masalada bir nechta savol bor. Qaysiki, bir necha oydan beri aniq javobi aytilmayotgan.

1. Hakamlar O'FA Etika qo'mitasining qarori bilan jazolangani aytilmoqda. O'sha qo'mita o'z qarorlarini qaysi normalar asosida chiqaryapti? Qandaydir nizom bormi?

2. Nima uchun kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan futbol klublarini jazolash ishi paysalga solinmoqda?  O'zi bu rejada bormi? Unda qachon jazolanadi? Yoki 2016 yilgi voqealar yana takrorlanadimi?

Yuqoridagi savollarga javob berish tashkilotning vazifasi. Allaqachon O'FA rasmiy sayti orqali bu haqda to'liq malumot berilishi kerak edi. Mayli, futbolimiz kelajagi haqida qayg'urayotgan mutasaddilarning oldida yana bir necha kun vaqt bor. SHu muddat ichida tashkilot masullari rasmiy tarzda javob qaytarishlarini so'rab qolamiz. Aks holda, 20 fevral kuni o'tkaziladigan Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimidan keyin "championat.asia" shu mavzuda to'plagan barcha malumotlarini elon qiladi. Iltimos, o'z majburiyatlaringizni o'z vaqtida bajaring!

F. Ro'ziev

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика