O'zbekiston chempioni guruhdoshi murabbiyni ishdan bo'shatdi
26 noy 2018 15:21
Yangiliklar


O'zbekiston chempioni guruhdoshi murabbiyni ishdan bo'shatdi
OCHLda O'zbekiston chempioni bilan bitta guruhda kurash olib boradigan "Al Vahda" bosh murabbiyni istefoga chiqardi.
Malumki, Superligada "Lokomotiv" va "Paxtakor" chempionlik uchun o'zaro bahs olib bormoqda. Katta ehtimol bilan bugun bo'lib o'tadigan o'yindan so'ng chempion nomi malum bo'ladi.
Kim Superligada g'olib chiqmasin, OCHLda O'zbekiston chempioni sifatida "V" guruhiga tushadi. Mana shu guruhdagi yana bir jamoa BAAning "Al Vahda" klubida bosh murabbiy Laurentiu Regekampf ishdan bo'shatildi. 43 yoshli ruminiyalik mutaxassis "Al Jazira" bilan kechgan o'yinda 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. SHundan so'ng rahbariyat unga chiqish eshiklarini ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar
23:54
BAA Pro ligasi. "Bani Yas" mehmonda "Al Vasl"ga mag'lub bo'ldi, Mozgovoy 73 daqiqada o'ynadi 1
12:18
OCHL-2. "Andijon"ning guruhdagi raqiblari hamda murabbiy va futbolchilarning quraga munosabati 25

Fikrlar