So’nggi yangiliklar

00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  18 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  5 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  2 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2

O'zbekiston bilan o'ynagan Qirg'iziston terma jamoasining navbatdagi bahsi bekor qilindi Yangiliklar

O'zbekiston bilan o'ynagan Qirg'iziston terma jamoasining navbatdagi bahsi bekor qilindi

Teglar :  MyanmaQirg'iziston
Osiyo Kubogi-2019 saralash uchrashuvlari doirasida o'tkazilishi kerak bo'lgan Qirg'iziston - Myanma bahsi bekor qilindi.

Bu haqda Qirg'iziston futbol federaciyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qirg'iziston bosh-vaziri Sapar Isakovning bunday qaror qabul qilishiga Myanmadagi og'ir vaziyat, xavfsizlikni taminlash va dinlararo dushmanlik tufayli tartibsizliklar kelib chiqishini oldini olish sabab bo'lgan.

"Huquqni muhofaza qilish organlaridan tushgan malumot tufayli, bahsni bekor qildim. Vaziyat nazorat ostida" - deydi Sapar Isakov.

Qirg'iziston va Myanma terma jamoalari o'rtasidagi bahs 5 sentyabr kuni Dolon Omurzakov nomidagi stadionda, mahalliy vaqt bilan 20:00da boshlanishi kerak edi.

Qirg'iziston futbol federaciyasining malum qilishicha, futbol din, siyosat va zo'ravonlikdan tashqarida.

Oldinroq, Qirg'iziston terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edi. Bahs yopiq eshiklar ortida o'tgandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика