O'zbekiston 11 yil deganda Eronga yutqazmadi
21 noy 2023 21:21
Yangiliklar
O'zbekiston 11 yil deganda Eronga yutqazmadi
Uchrashuvning birinchi bo'limida mag'lub bo'layotgan O'zbekiston termasi ikkinchi bo'limda o'ziga kelib oldi va hisobni tenglashtirishni uddaladi. SHu orqali o'yin durang bilan yakunlandi. Qayd etish kerak, O'zbekiston termasi 11 yil deganda Eronga mag'lub bo'lmadi.

O'zbekiston termasi Eronga yutqazmagan so'nggi o'yini 2012 yilning 14 noyabr kuni bo'lgan va o'shanda "Ozodi"da Ulug'bek Baqoev tomonidan kiritilgan gol vatandoshlarimizga g'alaba keltirgandi. SHundan keyin bo'lgan 7 o'yinda eronliklarning qo'li baland kelgan. Undan tashqari, O'zbekiston termasi ilk marta bir o'yinda Eron darvozasiga ikki bora yo'l topdi.
SHuningdek, bugungi kunga qadar bo'lgan yagona durang 2009 yilda qayd etilgan va Toshkentdagi bahsda hisob ochilmagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar