So’nggi yangiliklar

10:45"Манчестер Сити" ҳимоячиси қишда жамоани тарк этмоқчи  0 10:17Ямал бу мавсумдаги мақсадлари ҳақида фикр билдирди  2 09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  1 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  13 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  3 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  8 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  18 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  5 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0

"O'zbek Loran Blani": Franciyalik sharhlovchi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga transferi haqida gapirdi Yangiliklar

"O'zbek Loran Blani": Franciyalik sharhlovchi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga transferi haqida gapirdi

Franciya chempionatini taxlil qiluvchi "Setanta Sports" telekanali sharhlovchisi Givi Jashi O'zbekiston termasi himoyachisi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi haqida gapirdi.

Evropaning eng katta insayderlari ham 20 yoshli futbolchining "Siti"ga o'tayotganini tasdiqlashdi. Abduqodirning transferi 50 mln evroga baholanmoqda.

Givi Jashining aytishicha, Abduqodir Husanov Franciya chempionatida o'zini ko'rsatib bo'ldi.

"Abduqodir to'p uchun kurashda juda kuchli, kurashlarni yaxshi his qiladi, podkatlarning masofasini to'g'ri o'lchaydi. Franciya chempionatidagi o'yinlari orqali u yaxshi tajriba to'plab oldi. Liga 1 - juda intensiv chempionat, bu erda tezlik va kurash asosiy o'ringa chiqadi. Ushbu mavsumda hakamlar kurashlarga ko'proq qo'yib berishmoqda. Abduqodir shunday kurashlarda foydali va yo'qolib qolmayapti", - dedi Jashi.

"Abduqodirning "Siti"ga o'tishi borasidagi xabarlar chiqqanidan keyin muxlislar: "To'p bilan yaxshi o'ynay olmaydigan, yaxshi uzatmalar bermaydigan himoyachi Gvardiolaga nega kerak?", deyishdi. Abduqodir "Lans"dagi vazifasi bunday emasdi, buni tushunish kerak. Buning uchun "Lans"da Tomasson va Sotoka bor, ular pasni qabul qilib olish uchun orqaroqqa o'tishadi, markaziy himoyada ham to'p bilan yaxshi o'ynaydigan Danso va Frankovski ham bor.

Unga hujumni boshlash vazifasi qo'yilmagan. Balki, "Siti" ham o'zidagi Rodrini vazifasini bajaradigan futbolchi qidirayotgandir. "Manchester Siti" qarshi hujumlarni qabul qilib oladigan vaqtlarda Rodri markaziy himoyani yopib beradi, chunki u to'p uchun kurashda juda foydali. Husanov ham gavdali futbolchi, tezlik va to'p uchun kurashda yaxshi. SHuningdek, Gvardiola u orqali Gvardiolning vazifasini ham yuklashi mumkin: hujumga qo'shilib turish", - dedi Jashi.

SHarhlovchining fikricha, Husanov APLga moslashishda qiynalmaydi.

"U Franciya shimolidagi "Lans" jamoasida o'ynadi. SHahar unchalik katta emas, 20 mingcha aholi yashaydi. Lansda bo'lganimda bir narsaga ahamiyat berganman, u erlar Franciya emas, ko'proq Britaniya shahriga o'xshaydi. SHaharda qizil g'ishtdan qurilgan uylar ko'p, qo'shnilar bir-birini yaxshi tanishadi. Manchester shahri ham deyarli shunday shahar. Menimcha, u Manchesterga ko'chib borsa, hayratga tushmasa kerak, chunki Husanov Lansda bunday holatlarni ko'rgan. Abduqodir Franciya chempionatida ko'p o'yin o'tkazdi va muxlislar: "Bu futbolchi kim?", deb savol berishmaydi. Maydondagi bosiqlik, qattiqqo'llik, ehtiyotkorlik borasida Loran Blanga o'xshaydi", - dedi Jashi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика