So’nggi yangiliklar

19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  0 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  7 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  2 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  4 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  3 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  19 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0

Oybek Qilichev: "Qilgan xatoimdan to'g'ri xulosa chiqardim" Yangiliklar

Oybek Qilichev: "Qilgan xatoimdan to'g'ri xulosa chiqardim"

2017 yilning 23 oktyabr kuni "Navbahor" futbolchisi Oybek Qilichev 1 yil muddatga futboldan chetlashtirilgandi.

Oybek Qilichev 2017 yilgi O'zbekiston chempionatining 25-turi doirasidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" klubiga qarshi o'yinda maydonga tushib, raqibiga nisbatan tajovuzkor hatti-harakat amalga oshirgandi. Vaziyatni o'rganib chiqqan O'FA Ijroqo'mi uni bir yilga futboldan chetlashtirish barobarida, 10 million so'm miqdorida jarima ham tayin qilgandi.

Yaqinda O'FA Ijroqo'mi yig'ilishida futboldan butunlay chetlashtirilgan futbolchilarga qaytadan imkoniyat berish masalasi ko'rib chiqildi. Futbolchining pushaymonligi va bu boradagi maktublari inobatga olinib, Qilichevni 18 iyun kuni ochilgan transfer oynasidan foydalanib, qayta ro'yxatga olish uchun ruxsat berildi.

"Futbol – extiroslarga boy o'yin. Bazan futbolchilar maydonda o'z asablarini jilovlay olmay qolishadi. Men ham o'sha "Qo'qon-1912" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda o'z xatti-harakatlarimni nazorat qila olmay qoldim. Rosti o'sha paytda qanday qilib raqibga nisbatan tajovuzkor o'ynaganimni sezmay ham qoldim", - deydi Oybek Qilichev.

"Mana o'tgan yilning kuzidan buyon katta futboldan chetda yuribman. Ushbu davr mobaynida qilgan xunuk ishimdan juda afsuslandim. Zero butun umr futbol o'ynagan kishi birdaniga "o'yindan tashqari holat"ga tushib qolsa, uning uchun bundan og'ir jazo yo'q. Men o'sha amalga oshirgan juda xunuk xatti-harakatlarimdan afsusdaman va xato qilganimni to'liq anglab etdim", - deya o'z pushaymonligini bildirdi futbolchi.

CHetlashtirishdan maqsad futbolchini shunchaki jazolash emas, unga qilgan ishi xato ekanini ongli ravishda tushuntira olishdir, deyiladi Ijroqo'm majlisida. SHunday ekan, Oybek Qilichev Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishi mumkin. Futbolchi shuni unutmasligi kerakki, u endi jiddiy nazoratda bo'ladi. Navbatdagi tajovuzkor harakati uchun u kechirilmasligi mumkin.

"Har qanday holatda ham futbol "toza" bo'lishi lozim. O'yinchilar ham maydonda o'zlarini professional tarzda tutishlari shart. Men endi raqiblarni xurmat qilgan holda, bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Birinchi navbatda o'zbekistonlik barcha futbol muxlislaridan o'zimni nomunosib tutganim uchun uzr so'rayman. Qolaversa, afsusda ekanimni inobatga olib, belgilangan muddatidan avval menga futbolga qaytishimga ruxsat bergani uchun O'FA rahbariyatidan va shaxsan Umid Ahmadjonovdan minnatdorman. Aslida kuz fasli so'nggida kechirishsa kerak, deb o'ylagan edim. Lekin O'FA Ijroqo'mi mening o'z aybimni anglab etganimni inobatga olib, maydonga qaytishimga ruxsat berdi. Endi ularning bildirgan ishonchini oqlash uchun ham o'zimni hamisha professional tarzda tutishga vada beraman", - dedi Oybek Qilichev.

Takidlash joizki, Qilichevni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan jamoaga futbolchining shartnomasiga bu borada alohida band kiritish tavsiya etiladi. Yani, futbolchi endi raqiblariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlar amalga oshirmasligi lozim. Umid qilamizki, Oybek Qilichev xatosidan to'g'ri xulosa chiqardi va endilikda faqatgina chiroyli o'yinlari bilan muxlislar yodida qoladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика