So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  2 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

"O'tirib qolganlar": allaqachon klubini o'zgartirishi kerak bo'lgan o'yinchilar Yangiliklar

"O'tirib qolganlar": allaqachon klubini o'zgartirishi kerak bo'lgan o'yinchilar

2022/23 yilgi mavsumning kichik qismi o'tdi, ammo hali ham muammolarga ega futbolchilar oz emas.

Ko'plarining muammolari bir xil – o'yin amaliyoti etishmasligi, bazida hatto shunday hodisa ro'y beradiki, futbolchi o'z jamoasi darajasidan ham yuqorilab ketadi.

O'yinchilar uchun og'ir vaqtlar bo'lishi ham mumkin. Ammo, bu holat cho'zilsa, ketish haqida o'ylash kerak. Bundan tashqari, Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng transfer oynasi ham ochiladi. Biz esa ketish payti kelgan o'yinchilar bilan tanishamiz.


Eden Azar


Azarni 2019 yilda Madridning "Real" klubiga o'tganidan beri muvaffaqiyatsizlik taqib qiladi. Mana necha yillardan beri belgiyalikda barchasi barqaror ravishda yomon, shu sabab uni endilikda deyarli hech kim muhokama ham qilmayapti. Eden doim eski darajasiga qaytishini aytadi, ammo hech narsa o'xshamayapti.



Azar 31 yoshda. U La Ligada so'nggi 2 yilda atigi 3ta gol urdi. Bu 115 million evrolik o'yinchidan kutilgan narsa emas. Belgiyalik hali ham "Real"da o'ynab ketishga umid qilmoqda, ammo vaqt uning tomonida emas. Eden faoliyatining yana bir necha yilini yo'qotishni xohlamasa, klubini o'zgartirish variantini ko'rib chiqishi kerak.


Mariano Dias


Jamoada o'rin yo'q bo'lgan "Real"ning yana bir o'yinchisi. Umuman olganda, Marianoning hali ham "Santyago Bernabeu"da qolib, hali ham juda kam o'yin amaliyoti olayotgani g'alati. Qolaversa, bu holat futbolchida 4 yildan beri davom etmoqda. Diasning "qirollik klubi"dagi kelajagi umidsiz ko'rinyapti.



Karim Benzemani tarkibdan siqib chiqarish uchun imkoniyat yo'q, francuz jarohat olganda esa murabbiy boshqalarni afzal ko'rmoqda. Mariano "Lion"da yaxshi hujumchi bo'lgandi, ammo u o'yin amaliyoti uchun boshqa klubga o'tmasa, buni butkul unutishadi.


Xarri Maguayr


Maguayr "Manchester Yunayted"ga "Lester"dan dunyoning eng qimmat himoyachilaridan biri maqomida o'tdi. Bu futbolchi uchun sardorlik bog'ichini taqdim etdi va Angliya terma jamoasida yuqori statusni bergan katta muvaffaqiyat bo'ldi. Ammo, qaysidir paytda futbolchining faoliyati pastga qarab sho'ng'iy boshladi.



Bir necha muvaffaqiyatsiz o'yinlar Maguayrni jiddiy tanqid qilishni boshlashga sabab bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan xatolar ko'paya boshladi, himoyachiga bosim esa kuchaydi. Agar o'z muxlislari hushtak chalsa, hamma futbolchi ham o'ziga ishongan holda o'ynamaydi. O'zgarishlar qilishning ayni payti. Balki, Maguayr mavqei jihatdan pastroq jamoada o'zini yaxshiroq his qilar va faoliyatini qaytadan jonlatar.


Keylor Navas


Kristof Galte PSJ bosh murabbiyiga aylangandan so'ng jamoada birinchi raqam Janluiji Donnarumma bo'lishini aytdi. Navas balki ushbu mavsumda kamroq o'ynashini tushungandir, ammo baribir Parijda qoldi. Bu qaror to'g'ri bo'ldi deyish qiyin.



Kosta-rikalik joriy mavsum hali biror marta ham maydonga chiqmadi. Uch karra CHL g'olibi uchun yoqimsiz holat, vaholanki o'tgan yozda unda boshqa klubga o'tish imkoniyatlari bo'lgandi. Navas balki qishda qarorini o'zgartirar, sababi unda yuqori darajada o'ynash uchun ko'p vaqt qolmadi.


Jeyms Meddison


Meddison turli Angliya divizionlarida o'ynab chiqqan. Xavbek Premer-ligada ham o'zini yomon his qilmayapti. U har bir mavsumda muntazam ravishda gol+pas tizimida 10 va undan ko'p ochko jamg'armoqda. Jeyms 2018 yildan beri "Lester"da o'ynaydi. Futbolchi "tulkilar" bilan Angliya Kubogi va Superkubogini yutdi.



Bunday o'yinchi har bir mavsum sovrinlar uchun kurashishi, kamida CHempionlar Ligasiga chiqishga urinishi kerakdek. Buni "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers ham tushunadi. Mutaxassis "tulkilar" xavbekni qishda olib qolishlari qiyinligini tushunishini malum qildi.


Joau Feliks


Feliks "Atletiko"ga 2019 yilning yozida "Benfika"dan "matraschilar" uchun juda katta hisoblangan 127 million evro evaziga o'tdi. Ammo, yuqori narx o'yinchiga foydaga ishlamagan ko'rinadi. Forvard Madriddagi 3 yilda hech bir mavsum La Ligada 10tadan oshiq gol urmadi. Buning ustiga, u borgan sari kam o'yin amaliyoti olmoqda. Futbolchining joriy mavsumdagi ishlari umuman yomon. Umuman olganda, boshidanoq portugaliyalik iqtidorning Diego Simeone o'yin uslubiga mos kelishi borasida shubhalar bor edi.



"Atletiko"da hali ham Feliksga katta umidlar qilishmoqda. Murabbiyni Alvaro Morata va Antuan Grizmann to'liq qanoatlantirayotganini hisobga olsa, futbolchi ketgani yaxshi. Portugaliyalik hali yosh va istiqbolli, shu sabab uni yaxshi pulga sotish mumkin.


Sergey Milinkovich-Savich


Milinkovich-Savich – A Seriyaning eng yaxshi assistentlaridan. Serb 7 yildan beri "Lacio"da o'ynaydi va jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biriga aylanib bo'ldi. Tomonlar JCHdan so'ng futbolchining kelajagini muhokama qilishadi, ammo qolishdan mano bormi? "Burgutlar" hech narsa uchun jiddiy tarzda kurashishmaydi. Maksimum – Italiya Kubogi va evrokuboklarga chiqish. Sergey 27 yoshda – sovrinlar haqida o'ylash kerak.



Milinkovich-Savichning Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Klaudio Lotito futbolchi uchun juda katta narx qo'ydi, sababi uni yo'qotishni xohlamaydi. "Lacio" prezidentining harakatlari tushunarli, ammo boshqaruvchi baribir o'yinchini sotishni ko'rib chiqishi kerak. Xavbek ham katta jamoalar qiziqishi fonida "byankochelesti" bilan yangi kelishuv tuzishni xohlamayotgandek. Agar serb Italiyada poytaxtida qolsa, bu syurpriz bo'ladi. Mauricio Sarri jamoasida o'ynash – qiziqarli, ammo "burgutlar"ning qachon sovrinlar uchun kurashishi – katta savol.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика