So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  1 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  10 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  5 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   21 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

Osiyoning o'zbekistonlik eng yaxshi murabbiyi hayot bo'lganida bugun 64 yoshni qarshi olardi Yangiliklar

Osiyoning o'zbekistonlik eng yaxshi murabbiyi hayot bo'lganida bugun 64 yoshni qarshi olardi

Bugun so'lim yoz faslining birinchi kuni va u o'zbek futboli solnomasida turlicha esga olinadi.

1955 yilning 1 iyun kuni jonkuyar murabbiy Mahmud Rahimov dunyoga kelgan. Agar Mahmud aka hayot bo'lganlarida bugun 64 yoshga to'lardilar. SHavqatsiz o'lim murabbiylikda mashhurlik cho'qqisiga chiqib kelayotgan Mahmud Rahimovni oramizdan erta olib ketdi. 1999 yilning 24 dekabr kuni milliy terma jamoamizning o'sha paytdagi bosh murabbiyi mudhish avtohalokat sabab bu dunyoni tark etdi.




Yodingizda bo'lsa, Mahmud Rahimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 1999 yili Osiyo Kubogi-2000 saralash bahslarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, yakunda final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Mamlakatimizning bosh jamoasi Rahimov qo'l ostida jami 7 ta o'yin o'tkazgan. Oltita uchrashuvda g'alaba va bir o'yinda mag'lubiyat qayd etilgan. Yagona mag'lubiyat Tailand (0:1) terma jamoasidan qabul qilingan. Abu-Dabida o'tgan saralashda ketma-ket 4 ta g'alaba qo'lga kiritilgan. Mag'lub etilgan orasida mezbonlar ham bor edi. Mirjalol Qosimovning ajoyib uzatmasidan so'ng Maksim SHackixning BAA darvozasini qanday ishg'ol qilgani kechagidek yodimizda. Ushbu g'alaba terma jamoamizni Osiyo Kubogi-2000 final bosqichiga olib chiqqandi. Mahmud Rahimov muvaffaqiyatli kechgan BAAdagi o'yinlardan bir oycha o'tib, avtohalokatga uchraydi. Osiyo Futbol konfederaciyasi vafotidan so'ng Mahmud Rahimovni 1999 yilning "Eng yaxshi murabbiyi" deb elon qiladi.

Ulug' kunlarda Mahmud Rahimovni esga oldik. Oxiratingiz obod bo'lsin, Mahmud aka.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика