So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  2 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  13 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  11 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  8 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  1 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Osiyo o'yinlari-1998. O'zbekiston o'z tarixidagi eng yirik g'alabani qanday qo'lga kiritgan? Yangiliklar

Osiyo o'yinlari-1998. O'zbekiston o'z tarixidagi eng yirik g'alabani qanday qo'lga kiritgan?

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bir necha kundan so'ng Xanchjou shahrida Osiyo o'yinlaridagi yurishini boshlaydi.

O'zbekiston terma jamoasi o'zining bu musobaqadagi ilk ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan yodda qolgan va hamon biz uchun faxr tuyg'usini berib kelayotgani ham bor gap. Xirosima yashil maydonlaridagi chempionlikdan so'ng navbat Tailanddagi Osiyo o'yinlariga edi.

Franciyadagi mundialga yo'llanmani boy berib qo'ygan terma jamoamizni galdagi jiddiy va rasmiy musobaqa kutib turardi. Boshqaruvni o'z qo'liga olgan braziliyalik Vega Da Silva Tailanddagi Osiyo o'yinlariga futbolchilarni tayyorlaydi.

Mazkur turnirda futbolchilarimizning imkoniyatlari yuqori chamalandi. CHunki, vakillarmiz amaldagi chempion sifatida tashrif buyurishayotgandi. To'rt yil oldin ilk bor musobaqada qatnashgan jamoamiz barchani lol qoldirib oltin medallar bilan yurtimizga qaytishgani hali esadan chiqib ulugurmagandi. Ammo, 1998 yilgacha rahbariyat, murabbiylar shtabi, futbolchilar ko'p narsa o'zgarib ketganini unutmaslik joiz. Har holda avvalgi irodali jamoadan deyarli biron-bir narsa qolmagan edi.

Qura natijalariga ko'ra jamoamiz Kuvayt va Mo'g'uliston bilan “G” guruhida joy oldi. Ilk turda jamoamiz Kuvayt bilan 3:3 hisobida durangga imzo chekdi.

So'ngra Kuvayt Mo'g'ulistonni 11:0 hisobida taslim qildi. O'sha musobaqada guruh ikki bosqichdan iborat edi. Bizdan guruhdan ikkita jamoa keyingi guruh bosqichga chiqardi. Biroq birinchi o'rinni egallash juda ham muhim edi. SHu bois terma jamoamiz so'nggi turda Mo'g'ulistonni kamida 12 to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak edi. O'sha o'yinga qadar O'zbekistonning eng yirik g'alabasi Kambodja ustidan qo'lga kiritilgan 6:0 edi.


Mo'g'uliston bilan bellashuvga jangovar ruhda chiqib kelgan hamyurtlarimiz ilk daqiqalardanoq mo'g'ulistonliklar darvozasi tomon hujumlar yomg'irini yog'dirishni boshlashdi. Birinchi bo'limni o'zida raqib darvozasiga 10ta gol urdik. Ochig'i raqib deyarli qarshilik ko'rsatmagan edi.

Ko'pchilik o'sha uchrashuvda Mo'g'uliston o'zining saviyasidan ham pastroq darajada o'ynaganini aytadi. Sergey Lebedov to'rtta, Igor SHkvirin uchta, Nematulla Quttiboev ikkita, Andrey Akopyanc bitta gol urib hisobni yirik ko'rinishga keltirishadi. Ikkinchi bo'limda esa Mirjalol Qosimov uch bor, Quttiboev bitta, SHuhrat Rahmonqulov bitta gol urib raqib darvozasi to'rini titratadi. Hisob bundan ham yirik bo'lishi mumkinligi haqida keyinchalik ko'p o'yinchilar takidlashgan. Faqat, murabbiy raqibni hurmat qilishni buyurgan.

Mazkur bosqichdan so'ng terma jamoalar to'rttadan yana guruhlarga bo'linadi. Unda jamoamiz KXDR, Hindiston, Turkmaniston kabi termalarning to'sig'idan o'tib chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ammo, yarim final ostonasida Ali Dai etakchiligidagi Erondan tarsaki qabul qiladi va yirik 0:4 hisobidagi mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lgandi.

Osiyo o'yinlari–1998. Guruh bosqichi.
O'zbekiston – Mo'g'uliston 15:0
05.12.1998. CHiangmay. “700 yillik yubiley” stadioni. 1000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Allabergen Sapaev (Turkmaniston)
Gollar: Sergey Lebedev 7, 18, 38, 45, Igor SHkvirin 9, 15, 20, Andrey Akopyanc 23, Nematulla Quttiboev 29, 33, 47, Mirjalol Qosimov 53, 57, 77, SHuhrat Rahmonqulov 83.
O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Rezancev (Mirjalol Qosimov ,46), Andrey Fyodorov, Sergey Lushan, Nikolay SHirshov, Aleksandr Sayun (SHuhrat Rahmonqulov, 32), Sergey Lebedov, Rashid G'ofurov, Andrey Akopyanc, Igor SHkvirin (Aleksey Semyonov, 62), Nematulla Qutiboev.
Bosh murabbiy: Ubiraja Vega da Silva


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика