So’nggi yangiliklar

19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  0 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  0 19:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  5 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  5

Osiyo Kubogi: Umumiy jadval va g'oliblar Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Umumiy jadval va g'oliblar

Avstraliyada o'tkaziladigan Osiyo Kubogining start olishiga ham bir haftadan kam vaqt qoldi.
Ushbu vaqt mobaynida turnir ishtirokchilariga oid turli yangiliklar, musobaqa tarixi, jamoalar tayyorgarligi va umuman musobaqa bilan bog'liq bo'lgan malumotlar muxlislar uchun o'ziga xos tus oladi. CHunki qitamizning birinchi raqamli turniri yaqinlashgani sayin u haqida ko'proq axborotga ega bo'lishni barcha istaydi. Turnir haqida har xil malumotlarni etiboringizga taqdim etib boramiz. Dastlab final bosqichlarining umumiy jadvali, musobaqa sovrindorlari va boshqa axborotlarni havola etamiz.



Osiyo Kubogi konfederaciyalar o'tkaza boshlagan 2-tarixiy musobaqa sanaladi. Osiyo Kubogidan avval faqat “Kopa Amerika” o'tkazilib kelinmoqda. Ilk musobaqa 1956 yilda bo'lib o'tgan va har 4 yilda bir marta Osiyoning eng kuchli terma jamoasi nomi aniqlanadi. Yozgi Olimpiada o'yinlari va Evropa chempionati bilan bir yilda o'tkazilishi sababli keyinchalik OFK musobaqani toq yilda o'tkazishga qaror qildi.

1984 yildan beri Yaponiya va Saudiya Arabistoni 8 turnirning 7tasida g'olib chiqishdi. Yaponlar 4, arablar 3 bor bosh sovringa ega bo'lishdi. Orada birgina Iroq muvaffaqiyat qozongan. SHunda ham Saudiya Arabistoni finalda maydonga tushgandi. Demak, Osiyo Kubogida aynan ikki jamoa so'nggi paytlarda yaqqol peshqadamlik qildi deb aytsa bo'ladi. 2000 yildan buyon Yaponiya 4 turnirning 3tasida zafar quchdi, bir marta yarim finalda engildi. Umumiy g'oliblik borasida Yaponiya 4, Saudiya Arabistoni va Eron 3 martadan g'alaba qozonib, peshqadamlik qilishmoqda. Janubiy Koreya 2, Isroil, Quvayt va Iroq hisobida bittadan muvaffaqiyat mavjud.

Jamoalar soni turli yillarda bir-biridan farq qilgan. Dastlab jamoalar final bosqichida guruh bahslari tizimida maydonga tushib, g'olibni aniqlaganlar. Birinchi 3 musobaqada 4, keyingisida 5, navbatdagi ikkitasida 6, 1980-88 yillarda 10tadan, 1992 yil 8, 1996-2000 yillarda 12 jamoa g'oliblik uchun bahs yuritgan. So'nggi uch turnirda 16 jamoa ishtirokiga guvoh bo'ldik. Avstraliyadagi musobaqada yana 16 jamoa qatnashadi. 2019 yildan boshlab esa ishtirokchilar soni 24taga etadi. Bu deyarli 50 foiz jamoa Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etadi deganidir.



Albatta, nufuzli musobaqada qatnasha olmayotgan mamlakatlar, marketing, TV huquqlari va boshqa moliyaviy masalalar tarafdan bu OFK uchun juda foydali bo'ladi.
Hozirgacha qita chempionati Eron va Qatarda 2 martadan tashkil etilgan. Qolgan davlatlarda Osiyo Kubogi bir martadan o'tkazilgan. Avstraliyadagi musobaqa ilk bor Osiyo qitasidan tashqarida o'tayotgan turnirga aylanadi. OFK bu bilan Avstraliyani to'laqonli o'z azosi sifatida etirof etishidan darak beradi. CHunki OFKga azo bo'lgach, ushbu mamlakat darhol eng nufuzli musobaqani o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi. Albatta, ushbu mamlakatda yaratilgan sharoitlar ajoyib ekanligini inkor etib ham bo'lmaydi.

O'z yurtida bo'lib o'tgan musobaqalarda Janubiy Koreya, Isroil, Eron (2 bor), Quvayt va Yaponiya bosh sovrin sohibiga aylangan. BAA 1996 yil, Xitoy 2000 yil o'z davlatida o'tkazilgan turnirda hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib, alamli mag'lubiyatga yuz tutgan.
Avvallari Eron – Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni – Eron to'qnashuvlari eng asosiy uchrashuvlar deya etirof etilgan. Keyingi paytlarda Yaponiya – Saudiya Arabistoni, Yaponiya – Janubiy Koreya kabi o'yinlar qatoriga Avstraliyaning kuchli jamoalarga qarshi bellashuvlari ham kiritilmoqda. SHuningdek, arab jamoalarining o'zaro bahslari o'ta keskin va murosasiz kechishi bilan ajralib turadi.

Avstraliyadagi turnir yana shunisi bilan ahamiyatliki, u oxirgi bor Osiyo Kubogi uchun alohida saralash bosqichi o'tkazilgani bilan yodda qoladi. Bundan keyin qita chempionati saralash bosqichi jahon chempionati saralash bahslari bilan birlashtirib yuboriladi. Natijada saralash uchrashuvlarida barcha terma jamoalarda bir necha marta imkoniyat yuzaga keladi. Yani, faqat 4 terma jamoagina dastlabki bosqichdan keyin kurashdan chetga chiqadi. Qolgan jamoalarda guruh va undan keyin o'tish o'yinlarida Osiyo Kubogiga borish uchun imkoniyat tug'iladi.

Yil

Mezbon

CHempion

Finalchi

Uchinchi o'rin

To'rtinchi o'rin

1956 

Gonkong

Janubiy Koreya

Isroil

Gonkong

Janubiy Vetnam

1960 

Janubiy Koreya

Janubiy Koreya

Isroil

Xitoy

Janubiy Vetnam

1964 

Isroil

Isroil

Hindiston

Janubiy Koreya

Gonkong

1968 

Eron

Eron

Birma

Isroil

Xitoy

1972 

Tailand

Eron 2:1

Janubiy Koreya

Tailand 2:2 (5:3 pen.)

Kambodja

1976 

Eron

Eron (1:0)

Quvayt

Xitoy (1:0)

Iroq

1980 

Quvayt

Quvayt (3:0)

Janubiy Koreya

Eron (3:0)

KXDR

1984 

Singapur

Saudiya Arabistoni (2:0)

Xitoy

Quvayt 1:1 (5:3 pen.)

Eron

1988 

Qatar

Saudiya Arabistoni 0:0 (4:3 pen.)

Janubiy Koreya

Eron (3:0)

Xitoy

1992 

Yaponiya

Yaponiya (1:0)

Saudiya Arabistoni

Xitoy 1:1 (6:5 pen.)

BAA

1996

BAA

Saudiya Arabistoni 0:0 (4:2 pen.)

BAA

Eron 1:1 (3:2 pen.)

Quvayt

2000 

Livan

Yaponiya 1:0

Saudiya Arabistoni

Janubiy Koreya 1:0

Xitoy

2004 

Xitoy

Yaponiya 3:1

Xitoy

Eron 4:2

Bahrayn

2007     

Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vetnam

Iroq 1:0

Saudiya Arabistoni

Janubiy Koreya 0:0 (6:5 pen.)

Yaponiya

2011 

Qatar

Yaponiya 1:0

Avstraliya

Janubiy Koreya 3:2

O'zbekiston



Osiyo Kubogi final bosqichlarining umumiy turnir jadvaliga nazar tashlasak, unda Eronning yaqqol peshqadamlik qilayotganini ko'ramiz. Hech bir jamoa barcha musobaqa final bahslarida qatnashmagan. Eron jami 119 ochko to'plab, yaqin taqibchisi Koreyadan 22 ochkoga o'zib ketgan. Yaponiya esa 7 ishtirokda 74 ochko jamg'argan. O'rtacha natijasi bo'yicha Yaponiyaning ko'rsatkichi yaxshiroq. Yaponlar har chempionatda o'rtacha 10 ochkodan ko'proq to'plashgan. Keyingi pog'onalarda Saudiya Arabistoni, Xitoy, Quvayt, Iroq, BAA, O'zbekiston va Qatar joylashgan. Albatta, 5 ishtirokdan keyinoq kuchli o'nlikka kirishni yaxshi natija deb aytish mumkin. Terma jamoamiz 20 uchrashuvda 9 g'alaba, 3 durang va 8 mag'lubiyat bilan 30 ochko jamg'argan. Yaqin taqibchi Qatar bir ochko ortda.

Hozirgacha musobaqada 32 terma jamoa qatnashgan. Falastin esa unda ishtirok etgan 33-terma jamoaga aylanadi. Eron eng ko'p uchrashuv (58), eng ko'p g'alaba (34), eng ko'p gol (112), eng yaxshi to'plar farqi (+70) qayd etgan. Koreyslar esa ushbu chempionatda 100-gol va 100-ochkoga ega bo'lishlari mumkin. Eron va Janubiy Koreya 12tadan turnirda qatnashgan. Koreya 9 bor yarim finallarda o'ynagan. Eron esa 8 bor kuchli to'rtlikdan o'rin olgan. Saudiya Arabistoni 6 bor finalda maydonga tushib, ularning ikkitasida Yaponiyadan mag'lubiyatga uchragan. Janubiy Koreya 5, Yaponiya 4 va Eron 3 marta finalda to'p tepgan. Yaponiya va Eron finalda faqat g'alaba qozongani etiborga molik.



Bu safargi Osiyo Kubogida umumiy jadvalning yuqori o'nligida joylashgan barcha terma jamoaning ishtirok etishi etiborga molik holatdir. Isroil ayni paytda UEFA azosiga aylangan. Janubiy Vetnam va Janubiy Yaman esa musobaqalarda alohida ishtirok etmayapti. Ular Vetnam va Yaman terma jamoalari sifatida xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushib kelishmoqda.

Jamoa

1

2

3

4

5

6

7

Eron

12

58

34

17

7

112-42

119

Janubiy Koreya

12

56

27

16

13

92-60

97

Yaponiya

7

37

21

11

5

72-37

74

Saudiya Arabistoni

8

41

18

13

10

58-40

67

Xitoy

10

47

17

13

17

76-54

64

Quvayt

9

39

15

10

14

46-45

55

Iroq

7

29

11

6

12

30-33

39

BAA

8

32

9

8

15

23-43

35

O'zbekiston

5

20

9

3

8

30-39

30

Qatar

8

29

6

11

12

31-39

29

Isroil

4

13

9

0

4

28-15

27

Suriya

5

18

7

2

9

15-23

23

Avstraliya

2

10

5

3

2

20-7

18

Bahrayn

4

16

3

5

8

23-29

14

Iordaniya

2

8

3

4

1

8-5

13

KXDR

3

12

3

2

7

12-19

11

Tailand

6

20

1

8

11

15-45

11

Indoneziya

4

12

2

2

8

10-28

8

Myanma

1

4

2

1

1

5-4

7

Hindiston

3

10

2

1

7

8-23

7

Ummon

2

6

1

3

2

5-6

6

Malayziya

3

9

1

3

5

7-20

6

Xitoy Taypeyi

2

7

1

2

4

5-12

5

Singapur

1

4

1

1

2

3-4

4

Vetnam

1

4

1

1

2

4-7

4

Kambodja

1

5

1

1

3

8-10

4

Gonkong

3

10

0

3

7

9-23

3

Livan

1

3

0

2

1

3-7

2

Turkmaniston

1

3

0

1

2

4-6

1

Janubiy Vetnam

2

6

0

1

5

8-21

1

Janubiy Yaman

1

2

0

0

2

0-9

0

Bangladesh

1

4

0

0

4

2-17

0



Izoh: 1 – Osiyo kuboklaridagi ishtirok soni, 2 – o'yin soni, 3 – g'alaba soni,  4 – durang, 5 – mag'lubiyat, 6 – to'plar nisbati, 7 – ochko.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика