So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Osiyo Kubogi - o'xshashi yo'q musobaqa Yangiliklar

Osiyo Kubogi - o'xshashi yo'q musobaqa

Teglar :  OFKOsiyo Kubogi
Roppa-rosa bir yildan keyin BAAda navbatdagi Osiyo Kubogi bahslariga start beriladi va musobaqa 1 fevralga qadar davom etadi.

Osiyo Kubogi shubhasiz, Osiyo qitasidagi eng katta musobaqa hisoblanadi. 1956 yil ilk bor o'tkazilgan musobaqa vaqt o'tib eng nufuzli tunir nomini oldi. Klublar o'rtasidagi eng obro'li musobaqa Osiyo chempionlar ligasi hisoblansa, terma jamoalar o'rtasida Osiyo Kubogiga etadigani yo'q.

Malumki, OFKga 1954 yil Manilada asos solingan. O'shanda 12ta davlat tashkilotga azo edi. OFK tuzilib oradan ikki yil o'tgach, birinchi Osiyo chempionati o'tkaziladi. Gonkongda bo'lib o'tgan musobaqada 8ta jamoa ishtirok etgan. Vaqt o'tib musobaqaga qiziqish ortib bordi, shu bilan birga ishtirokchilar safi ham kengaydi. 

Avvaliga Janubiy Koreya chempion bo'lish bo'yicha etakchilikni o'z qo'liga olgan bo'lsa, keyinchalik Eron terma jamoasi o'z hukmronligini o'rnata boshladi va 1968 yildan 1976 yilgacha ketma-ket uch marta bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 80-yillardan boshlab arab jamoalari etakchilikni yaqqol qo'lga olishdi. 

Darvoqe, Osiyo Kubogida g'olib chiqqan birinchi arab jamoasi Quvayt hisoblanadi. Quvayt 1980 yilgi musobaqada g'olib bo'lgan. SHundan so'ng keyingi to'rtta musobaqaning uchtasida Saudiya Arabistoni chempionlikni nishonladi. Qolaversa, qatorasiga besh marta finalda o'ynadi.

Orada Yaponiyaning davri keldi va "Kunchiqar yurt" vakillari 1992, 2000 va 2004 yillarda Osiyo Kubogi g'olibi bo'lishdi. 2007 yil birinchi marta musobaqa to'rt mamlakatda o'tkazildi: Malayziya, Tailand, Indoneziya va Vetnam. Bunda shov-shuvli tarzda Iroq g'oliblikni qo'lga kiritdi. O'sha musobaqada Yunis Mahmud porlagani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

Undan keyin yana Yaponiya peshqadamlikni qo'ldan boy bermagan bo'lsa, 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan qita birinchiligida esa mezbon jamoa Avstraliya Janubiy Koreyani engib o'z tarixida ilk bor chempion bo'lgan.

Osiyo Kubogining barcha g'oliblari

1956 y. Janubiy Koreya
1960 y. Janubiy Koreya
1964 y. Isroil
1968 y. Eron
1972 y. Eron
1976 y. Eron
1980 y. Quvayt
1984 y. Saudiya Arabistoni
1988 y. Saudiya Arabistoni
1992 y. Yaponiya
1996 y. Saudiya Arabistoni
2000 y. Yaponiya
2004 y. Yaponiya
2007 y. Iroq
2011 y. Yaponiya
2015 y. Avstraliya


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика