So’nggi yangiliklar

19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  0 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  0 19:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  5 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  5

Osiyo Kubogi-2015: Jamoalar qancha masofa bosib o'tadi? Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015: Jamoalar qancha masofa bosib o'tadi?

Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqaning ilk bor qitamizdan tashqaridan o'tishi, shuningdek, unda ishtirokchilarning guruh bahslarini turli shaharlarda o'tkazishi bilan alohida yodda qoladi.
Jahon chempionati tajribasini qo'llashni xohlagan OFK bu bilan OFK xodimlari va muxlislarni ancha tashvishga solib qo'ydi. SHunga qaramay, bu to'g'risida ancha ilgari malum qilingandi.

Avstraliya katta mamlakat bo'lgani sababli shaharlar orasidagi masofani juda yaqin deb bo'lmaydi. Ayniqsa, har 2-3 kunda shahar va turar joyni almashtirish jurnalistlarning ko'ngildagidek ishlashini qiyinlashtiradi.

Biz terma jamoalar guruh bosqichi davomida qancha masofa bosib o'tishlarini hisoblab chiqdik. Bunda dastlab biror mamlakat terma jamoasining o'z davlatidan Osiyo Kubogi 1-tur uchrashuvida o'zi maydonga tushadigan shahargacha bo'lgan masofa, keyin Avstraliya shaharlari orasidagi masofalarni inobatga oldik. Unga ko'ra, umumiy hisobda Iordaniya eng ko'p masofani bosib o'tadi. Avstraliyada O'zbekiston terma jamoasi qolganlardan ko'proq yo'l yuradi. Qatar esa guruh bosqichi mobaynida 248 kilometr masofaga yuradi xolos. Bunda terma jamoalarning o'zi yashaydigan bazaga joylashishi hisobga olinmagan. Mamlakatga etib kelgach, jamoalar o'zlari  istiqomat qiladigan bazagaetib borishadi. Avstraliyaga eng kech etib boradigan O'zbekiston terma jamoasi ham 1-o'yiniga bir hafta qolganda tashrif buyuradi. Demak, yo'l charchog'i hech kimga bahona sifatida o'tmaydi.

“A” guruhi
Avstraliya: 715+732=1447
Janubiy Koreya: 8426+944=9370
Ummon: 11559+248+118=11925
Quvayt: 12573+467+359=13399

“V” guruhi
O'zbekiston: 11833+733+1376=13942
KXDR: 8519+715+1376=10610
Saudiya Arabistoni: 12776+1376=14152
Xitoy: 8405+945=9350

“S” guruhi
Eron: 12625+715+733=14073
Bahrayn: 12130+467+248=12845
BAA: 11934+945=12879
Qatar: 12261+248=12509

“D” guruhi
Yaponiya: 7742+619+1376=9737
Iordaniya: 14019+1376=15395
Iroq: 13285+945=14230
Falastin: 12029+1019+647+=13695


Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика