So’nggi yangiliklar

19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  0 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  2 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  5 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  13 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Qitamiz futboliga oid malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Bu qaysi stadion?

Javob: Bu Iroqdagi "Basra xalqaro stadioni" bo'lib, 65,227 tomoshabinga mo'ljallangan. 2013 yilning oktyabr oyida ochilgan. Iroq terma jamoasi ushbu o'yingohdagi ilk uchrashuvni 2017 yilda o'tkazib, Iordaniyani 1:0 hisobida mag'lub etgan. 


Savol: "Al Hilol" - "Al Ittihod", "Gamba Osaka" - "Urava Reds", "Suvon Samsung" - "CHonbuk Motors", "Istiqlol" - "Persepolis". Ushbu juftliklardan qaysi biri OCHLda o'zaro to'qnash kelmagan?

Javob: "Istiqlol" - "Persepolis". OCHL yo'lga qo'yilganidan beri bu ikki kuchli jamoa hali bir-biri bilan to'qnash kelmagan. Boshqa juftliklarga kelsak, "Al Ittihod" 2011 yil "Al Hilol"ni pley offda mag'lub etgandi. O'tgan yil esa "Al Hilol" ushbu mag'lubiyat alamini oldi. "Gamba Osaka" - "Urava Reds" to'qnashuvi 2008 yil kuzatilgan bo'lsa, "Suvon" va "CHonbuk" 2018 yilgi musobaqada o'zaro bahs olib borgandi. 


Savol: Mashhur ayol futbolchi Sem Kerr Angliyaning qaysi klubida o'ynaydi?

Javob: Ushbu futbolchi o'tgan yilning oxiridan beri "CHelsi" azosi hisoblanadi. Sem Kerr hozircha "arisktokratlar" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. 26 yoshli futbolchi Avstraliya ayollar terma jamoasining eng muhim figuralaridan biri. 


Savol: Janubiy koreyalik Park Ji Sung "Manchester Yunayted"dan keyin qaysi klubda faoliyat yuritgan?

Javob: MYU safida 7 yilni o'tkazgan Park Ji Sung 2012 yil klubni tark etib, "Kuinz Park Reynjers"ga yo'l olgandi. Sobiq futbolchining undan keyingi jamoasi PSV hisoblanadi. 


Savol: OFK Kubogida eng ko'p ishtirok etgan jamoa qaysi?

Javob: Bu Singapurning "Tampines Rovers" klubi. Bu jamoa shu paytgacha OFK Kubogida 12 bor qatnashgan. Keyingi o'rinda 11ta ishtirok bilan Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasi turadi.


Savol: Osiyo chempionlar ligasida jamoani boshqargan yagona ayol murabbiy kim?

Javob: Bu gongkonglik CHan Yeun Ting bo'lib, "Istern" klubiga murabbiylik qilgandi. 2017 yil uning jamoasi "Guangju Evergrand"ga qarshi bahs olib borgan.


Savol: Osiyo Kubogi-2019 finalida Qatar Yaponiyani 3:1 hisobida mag'lub etgan. Yaponlar tarkibida kim gol muallifi bo'lgan?

Javob: Bu futbolchi hozirda "Liverpul" sharafini himoya qilayotgan Takumi Minamino. Eslatib o'tamiz, 2019 yilgi Osiyo Kubogi finali Abu Dabidagi "Zayed Sports" stadionida o'tkazilgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика