So’nggi yangiliklar

16:18"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  2 16:02Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   22 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Qitamiz futboliga oid malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Tim Keyxill 2016-2017 yil qaysi klubda faoliyat olib borgan?

Javob: Futbolchilik faoliyatini Angliya, AQSH va Xitoyda o'tkazgan Tim Keyxill 2016 yil o'z vataniga qaytib, ikki mavsum "Melburn Siti" jamoasida to'p tepgan. 


Savol: Osiyo Kubogida eng ko'p g'oliblikni qo'lga kiritgan terma jamoa qaysi?

Javob: Yaponiya. Yaponiya terma jamoasi shu paytgacha to'rt bor (1992, 2000, 2004, 2011) qita birinchiligida zafar quchgan. Saudiya Arabistoni bilan Eron hisobida uchtadan oltin medallar bo'lsa, Janubiy Koreya ikki bor Osiyo Kubogi g'olibi deb topilgan.


Savol: Bu qaysi stadion?

Javob: Bu Tailand chempionati vakili "Muangtong Yunayted" stdaioni bo'lib, Bankok tashqarisida joylashgan. Stadion o'z bag'riga 15 ming muxlisni sig'diradi. Xabaringiz bor, Sardor Mirzaev hozirda ushbu klubda to'p tepyapti. 


Savol: OFK Kubogida eng yirik g'alaba qachon ro'y bergan?

Javob: Eng yirik g'alaba o'tgan yil Vetnamning "Xanoy" va Kambodjaning "Naga Uorld" klublari o'rtasida kechgan bahsda kuzatildi. Bunda "Xanoy" klubi 10:0 hisobida zafar quchdi. 


Savol: Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati eng ko'p qaerda o'tkazilgan?

Javob: Gonkongda. Bu davlat shu paytgacha to'rt marta (1975, 1981, 1986, 1989) mazkur musobaqaga mezbonlik qilgan. 


Savol: Sami Al Jaber nechta jahon chempionatida ishtirok etgan?

Javob: To'rtta. Saudiya Arabistoni afsonalaridan biri Sami Al Jaber 1994 - 2006 yillar oralig'ida o'tkazilgan barcha to'rt mundialda ishtirok etgan. SHuningdek u 1994, 1998, 2006 yilgi jahon chempionatlarida gol ham urgan. 


Savol: Nechta jamoa OCHL guruh bosqichidagi hamma o'yinlarda g'alaba qozongan?

Javob: To'rtta. Qatarning "Al Duhayl" klubi 2018 yil barcha oltita o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Bundan tashqari Xitoyning "SHandong Luneng" (2005), Janubiy Koreyaning "Pusan I-Park" (2005) va Yaponiyaning "Kashima Antlers" (2010) klublari ham o'z paytida guruhdagi hamma o'yinlarda g'olib bo'lishgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика