So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Qitamiz futboliga oid bazi malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: OCHL tarixida gol urgan eng yosh futbolchi kim?

Javob: Suphanat Mueanta. "Buriram Yunayted" futbolchisi "Beyjing FK" darvozasiga to'p kiritgan mahal 16 yosh, 8 oylik bo'lgan. Bu o'yinda "Buriram" 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. 


Savol: Bu qaysi stadion?

Javob: Bu Xitoydagi "Workers’ Stadium" (Ishchilar stadioni) bo'lib, "Beyjing FK" uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Stadion sig'imi 66 ming tomoshabinga mo'ljallangan. 


Savol: OCHLda ketma-ket ikki bor g'olib chiqqan klubni bilasizmi?

Javob: Bu Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bo'lib, 2004 yil "Seongnam Ilva CHunma", 2005 yil "Al Ayn" ustidan zafar quchib bosh sovrinni qo'lga kiritgan. 


Savol: JCH-2018da Alirizo Beyranvand kimning penaltisini qaytargan?

Javob: Eron - Portugaliya bahsida Krishtianu Ronaldu amalga oshirgan 11 metrlik jarima zarbasini Beyranvand mohirona qaytargandi.


Savol: Deyan Damyanovichning Osiyodagi faoliyatini ketma-ketlikda sanab bering.

Javob: CHernogoriyalik hujumchi Damyanovich Osiyodagi faoliyatini 2006 yil Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubida boshlagan. SHundan so'ng u "Inchon Yunayted" (Janubiy Koreya), "FK Seul" (Janubiy Koreya), "Jiangsu" (Xitoy), "Beyjing" (Xitoy), "Suvon Samsung" (Janubiy Koreya) klublarida o'ynagan. Hozir Janubiy Koreyaning boshqa bir jamoasi "Tegu" azosi hisoblanadi.


Savol: 2022 yil ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati qaerda o'tkaziladi?

Javob: Hindistonda. Nomzodlar orasida Xitoy Taypeyi bilan O'zbekiston ham bor edi, biroq OFK yakunda Hindiston variantini tanladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика