So’nggi yangiliklar

20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  5 19:29"Рома"нинг 100 дан ортиқ қуролланган мухлислари Ниццада қўлга олинди  0 18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  17 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  2 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  13 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   15 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  21 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  10

Osiyo futboli: Eronda yangi "killer" etishyapti Yangiliklar

Osiyo futboli: Eronda yangi "killer" etishyapti

Qitamiz futboliga bag'ishlangan ruknning "Yangi yulduzlar" deb nomlangan sonida kelajakda Eron milliy terma jamoasining etakchisi bo'lishi kutalyotgan iqtidorli futbolchi haqida ham malumot bergan ekanmiz.

Sayyodmanesh Allahyor haqida shunday yozilgan: "2001 yilda Eronning Amol shahrida tavallud topgan futbolchi 17 yoshida (2018 yil) Tehronning "Istiqlol" jamoasi vakiliga aylandi. "Ozodi"da o'tgan mavsum davomida 15 o'yinda 2 gol urib, xuddi shuncha assist qayd etgan Sayyodmanesh xorij klublarining nazariga tushdi. Bu orada Eron milliy jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi. "Suriya"ga qarshi o'yinning 80-daqiqasida Karim Ansarifardni almashtirgan o'yinchi 89-daqiqada gol urdi va terma jamoa tarixida raqib darvozasiga yo'l topgan eng yosh futbolchiga aylandi.


Allahyor 2019 yilning yozida "Fenerbahche"ga transfer qilindi. Turklar 18 yoshli forvard uchun 850 ming dollardan voz kechishgan.

Eronlikning Enner Valensiya va Papi Sissega raqobatda yutqazishini bilgan "Fenerbahche" rahbariyati uni ijaraga berishni maqul ko'rdi. 2019 yilni "Istanbulspor"da o'tkazgan Sayyodmanesh ayni paytda Luganskning "Zarya" jamoasida tajriba orttirmoqda. 

Sayyodmanesh Allahyor Eron milliy termasiga jalb qilinayotgan futbolchilar orasida eng yoshi hisoblanadi. U yaqin kelajakda forslarning hujum chizig'ida Sardor Azmun yoki Karim Ansarifardning o'rnini egallasa kerak. Himoyachilarimizga oson bo'lmasligi aniq".

Darhaqiqat, Allahyor eronlik ishqibozlarning umidini oqlaydigandek ko'rinmoqda. Turk matbuotida tarqalgan so'nggi xabarlarda unga "SHaxtyor" rahbariyati shartnoma taklif qilayotgani aytilmoqda. U 28 fevral kuni o'tkazilgan "SHaxtyor" - "Zarya" o'yini taqdirini hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda hal qilganidan keyin doneckliklarning nazariga tushib qolgan. 


Biroq, "Fenerbahche" mutasaddilari forvardni sotish haqida o'ylashmayapti. Aksincha, 19 yoshli hujumchi Ukraina chempionatida tajriba orttirgach, kelasi mavsum istanbulliklarning asosiy tarkibida o'ynashi kutilmoqda. 

O'smirlar va yoshlar terma jamoasida markaziy hujumchi sifatida harkatlangan Sayyodmanesh ayni paytda qanot vingeri poziciyasida ham o'ynayapti. Maydondagi harakatlariga etibor qilsangiz, sira 19 yoshga o'xshamaydigan bu futbolchi haddan ortiq sovuqqon bo'lib, markaziy hujumda ham, uning orqasida ham o'ynay oladi. Uni bekorga "Eronlik Messi" deyishmayapti. Tez orada Osiyo maydonlarida to'qnash kelsak ajab emas. Nima ham deymiz, himoyachilarimizga kuch-quvvat...

“Bursaspor”: SHohsupadan quyi ligaga

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика