So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  2 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  15 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

Osiyo Futbol Konfederaciyasi vakillari Superliga klublari marketologlari uchun seminar tashkil etishdi Yangiliklar

Osiyo Futbol Konfederaciyasi vakillari Superliga klublari marketologlari uchun seminar tashkil etishdi

Teglar :  PFL Superliga
O'zbekiston Professional futbol ligasi majlislar zalida Superliga klublari marketing bo'limi xodimlari uchun seminar bo'lib o'tdi.

Seminar Osiyo Futbol Konfederaciyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov hamda OFKning Ligalarni rivojlantirish qo'mitasi Markaziy va Janubiy Osiyo bo'yicha vakili Yogesh Desai tomonidan o'tkazildi.

Unda klublarda marketing bo'yicha olib boriladigan chora-tadbirlar, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, homiylar bilan ishlash, buning uchun ahamiyat qaratish kerak bo'lgan jihatlar haqida so'z yuritildi.

Professional futbol ligasi homiy tashkilotlar bilan ishlash borasida oxirgi 2 yil ichida katta o'sishga erishgani, natijada 2 yildan beri Superliga titul homiyga ega bo'layotgani, qolaversa, teletranslyaciyalar sifati oshib, futbol jamoatchiligining milliy chempionatimizga qiziqishi va etibori ortayotgani OFK vakillari tomonidan alohida takidlandi.

Seminarda ko'rilgan asosiy masalalar – Superliganing har bir klubi homiy tashkilotlar bilan yanada yaqin aloqalarni yo'lga qo'yishida etibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, shuningdek, klublar ishqibozlari sonini ko'paytirish, stadionga tashrif buyuradigan muxlislar sonini orttirishda klubning o'z brendiga ega bo'lishi muhim ekani muhokama etildi. Jumladan, klub o'z brendini rivojlantirishda birinchi galda chiroyli va etiborni tez tortadigan logotipga ega bo'lishi, o'z timsoli, maskot va madhiyasiga ega bo'lishi, maskot uchrashuvlar vaqtida ishqibozlarni yanada ruhlantirib, sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashga undashi, klub madhiyasi esa barcha tomonidan jo'r bo'lib kuylanishi va stadionda o'yin oldidan va tanaffus vaqtida jarang sochishi lozimligiga alohida urg'u berildi. Yana klublarning do'konlari faqatgina o'yin kuni emas, balki hafta davomida faoliyat ko'rsatishi klubning o'z ishqibozlari bilan yaqinlashishiga sabab bo'lishi takidlandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика