So’nggi yangiliklar

14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  0 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  15 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5

"O'sha kuni ichimda qandaydir ishonch sezdim" - Javohir Qahramonov Yangiliklar

"O'sha kuni ichimda qandaydir ishonch sezdim" - Javohir Qahramonov

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi 2021 yilgi Superliga yakunlariga ko'ra kumush medallarga ega chiqdi.

So'nggi turda Olmaliqda AGMK mehmoni bo'lgan "bo'rilar" hal qiluvchi pallada so'nggi daqiqalarda Javohir Qahramonovning penaltidan urgan goli amalda jamoaning ikkinchi o'rinni olishini taminladi. Yaqinda mahoratli yarim himoyachi bilan suhbatlashdik. 

- "So'g'diyona" 1992 yildan so'ng oradan ancha vaqt o'tgach kumush medallarga ega chiqdi. Jamoa bunga avvalgi mavsumlarda ham juda yaqin kelgan edi. Biroq bir nechta ochkolar etmay qolgandi. Dastlab mana shu kumush medalgacha bosib o'tilgan yo'l haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Avvalambor etibor uchun tashakkur. Joriy yilgi Superliga bahslari qiziqarli kechdi, deb o'ylayman. Ko'rgan bo'lsangiz medallar uchun kurash oxirgi turgacha davom etdi. CHempionlikdan tashqari qolgan o'rinlarga intriga yaxshigina kechdi. "So'g'diyona" uchun omadi keldi.  Buni baralla ayta olaman. Bu yo'lda barcha birdek harakat qildi. Xudoga shukur yakunda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdik. 

-  2019 yil "Bunyodkor" bilan bronza va OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritdingiz. "So'g'diyona" bilan esa ikkinchi o'rin. Lekin OCHL masalasi hali ochiq. Qaysi biri siz uchun afzal?

- Oldimizga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yilgandi. Biz buni uddaladik. Qo'lga kiritilgan har bir sovrinni o'ziga yarasha zavqi bor. SHu bois ikkisi ham men uchun muhim. 

- Bu yil "So'g'diyona" uchun juda muhim gollarni urdingiz. Ayniqsa so'nggi turda AGMK bilan bahsdagi penalti tepish masuliyatini olishda nima ishonch va kuch berdi?

- Jamoamga foydam tekkanidan xursandman. Superligada 26-turda urgan golimga kelsak, o'sha kuni qizimning tug'ilgan kuni edi. Ichimda qandaydir ishonch sezdim. Agarda AGMK darvozasiga yo'l topa olsam, qizimga bag'ishlayman, degan niyatim boridi. Niyatim amalga oshdi. 

-  "So'g'diyona"ning mavsum davomida ko'rsatgan o'yini ko'p bor tanqidga uchradi. Ulug'bek Baqoev shunday pallada qanday ish tutdi?

- Bizni gapirishyaptimi, demak to'g'ri yo'ldamiz. Ulug'bek Baqoev shunday gaplarni aytgandi. Ortiqcha narsalarga etibor qilganimiz yo'q. Maqsadimiz sovrinli o'rinlarni egallash ekanligi bois diqqatimiz bir joyga qaratilgandi. 

- Endilikda futbol ommasining jamoaga nisbatan qarashi o'zgaradi. Keyingi mavsumda ko'p narsa kutishadi. Bunga tayyormisizlar?

- Ushbu savolingiz javobini vaqt hukmiga topshirgan maqul. Keyingi yil jamoa oldiga qanday maqsadlar qo'yilishiga ham ko'p narsa bog'liq. SHu bois hozircha hech narsa, deya olmayman. 

- Klub o'z bazasiga ega bo'lganini hisobga olsak, qishki yig'inlarning ilk kunlari Jizzaxda o'tkazilsa kerak. CHunki avvalgi yillarda "So'g'diyona" chempionat boshlangunicha Toshkentda bo'lardi...

- Yo'q, menimcha Toshkentda tashkillashtirilsa kerak. Superliganing barcha jamoalari Toshkentda yig'iladi. O'rtoqlik uchrashuvlari uchun ham poytaxt bir tomondan qulay. Lekin Jizzaxda qolishim hali aniq emas. 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика