So’nggi yangiliklar

18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  7 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9

Orzusi ushalgan bolakay Yangiliklar

Orzusi ushalgan bolakay

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev yangiyo'llik yosh bolakayning orzusini amalga oshirdi.

Joriy yilning 5 yanvar kuni Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev Toshkent viloyati Yangiyo'l shahriga safar uyushtirdi. Unda SHavkat Miromonovich «Fayzli» mahallasida istiqomat qilayotgan axoli bilan uchrashib, turli xil masalalarda suhbatlashdi. Suhbatdoshlardan biri, yosh bolakay Komiljon Ismoilov Prezidentimiz bilan muloqotda  orzusi «Bunyodkor» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lish ekanligini aytdi. SHavkat Mirziyoevning  bolakayga «orzuing amalga oshdi deb hisoblayver», deya ishonch bilan takidlashi, o'smir futbolchiga olam-olam quvonch ulashdi.

SHundan so'ng, «Bunyodkor» futbol klubi rahbariyati Yangiyo'l shahri «Fayzli» mahallasida yashovchi Komiljon Ismoilov bilan bog'lanib, uni «Bunyodkor» futbol maktabiga taklif etdi. Buyuk futbolchi bo'lish orzusidagi Komiljon «Bunyodkor» futbol klubiga tashrif buyurdi.

- Prezidentimiz bilan uchrashuv hayotimni butkul o'zgartirib yubordi. Yangiyo'lda 3-4 yildan beri futbol bilan shug'ullanib kelaman. O'zimni yangi qirralarimni kashf etish va yanada kuchliroq bo'lish istagida «Bunyodkor» akademiyasida tahsil olish orzularimdan biri edi. Hurmatli SHavkat Miromonovich, menga shunday tuhfa ato qildiki, hozirda juda baxtiyorman. O'zim «Bunyodkor»ning ashaddiy ishqiboziman! Jamoa tarkibidagi Rustamjon Ashurmatov va Akramjon Komilovning hatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib boraman. O'ylaymanki, men ham xuddi shu akalarim singari yaxshi futbolchi bo'lib, Vatanim bayrog'ini ko'klarga ko'tarishga bor kuchim, istedodim bilan harakat qilaman. Menga «Bunyodkor» futbol klubi rahbarlari aloqaga chiqishdi va jamoaga taklif etishdi. Bugundan «Bunyodkor» futbol maktabiga qabul qilindim. Endi bor etiborimni futbol sir-asrorlarini o'rganishga qaratib, bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman, - deydi yangiyo'llik 12 yoshli Komiljon Ismoilov.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика