So’nggi yangiliklar

21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан иродали ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  3 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 20:59"Хавадар" — "Истиқлол". Машарипов асосий таркибда  0 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  6 20:06"Рубин" — "Ахмат". Таркиблар маълум  0 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  39 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  230 18:35АПЛ. Бешта баҳснинг асосий таркиблари билан танишинг  0 18:27АПЛ. Жотанинг голи "Ливерпуль"га муҳим 3 очкони тақдим этди  4 17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  8 16:03"Навбаҳор" - "Андижон". Асосий таркиблар билан танишинг  12 15:25БАА Ўзбекистонга қарши баҳс учун терма жамоага чақирилган футболчилар рўйхатини эълон қилди  25 14:57Лукаку уни терма жамоага чақиришларини хоҳламаяпти  0 14:22Фаррух Турдалиев: “Андижон” мухлисларини "Боруссия" мухлисларига ўхшатдим"  2 14:16Абдумажид Тоиров: “Икки жамоа ўртасидаги кураш финал йўлланмаси ҳал қилинган кунданоқ бошланган”  0

"Orzular teatri"da super to'qnashuv Yangiliklar

"Orzular teatri"da super to'qnashuv

Bugun Angliya Premer-ligasida 28-turning markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Manchesterdagi "Orzular teatri"da "qizil iblislar" "aristokratlar"ni qabul qiladi.

Prevyu
"Manchester Yunayted" - "CHelsi"
"Old Trafford"
, Manchester.
Premer Liga, 28-tur.
25 fevral 2018 yil, 19:05


TARKIBLAR HOLATI

"Manchester Yunayted"
O'yindan oldingi matbuot anjumanida Joze Mourino "Sevilya"ga qarshi bahsda Ander Errera jarohat olib, bir necha haftaga safdan chiqqani haqida malumot berdi. Malumotlarga ko'ra, ispaniyalikdan tashqari yana bir necha futbolchi jarohat olgan. Asosiy tarkibga Pol Pogba qaytishi mumkin, shuningdek, Erik Bayi ham noyabrdan keyin ilk marta yana ilk daqiqalardan o'yinga tushishi kutilmoqda.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Blind (to'piq),  Ibragimovich, Fellaini (ikkisi ham tizzadan), Jons, Roxo (bel), Errera (oyoq).


"CHelsi"

Tarkibda jarohatlangan futbolchilar kam. Bakayoko va Luis Barkli ayni damda tiklanish jarayonida.
Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Barkli (tizza), Bakayoko (bel).


"Manchester Yunayted"
So'nggi 5 o'yin: M-G'-M-G'-D
2-o'rin, 56 ochko

"Qizil iblislar" APL doirasidagi ushbu mavsumda 13 uy uchrashuvida 5 gol o'tkazib yuborgan.

SHuningdek, mankunianliklar barcha turnirlardagi so'nggi 11 uchrashuvining 9tasida gol o'tkazmagan. Umuman olganda Joze Mourino jamoasi bu mavsumda 23 uchrashuvda gol o'tkazmadi. Bu natija esa APL jamoalaridagi eng yaxshi natijadir.

Joze Mourino MYU ustozi sifatida "Old Trafford"da Premer-liga doirasida ikki marta mag'lub bo'lgan (18 g'alaba, 12 durang, 2 mag'lubiyat). Ushbu mag'lubiyatlar "Manchester Siti" bilan uchrashuvga to'g'ri keladi.

Mourino "qizil iblislar" bilan "CHelsi"ga 3 marta mag'lub bo'ldi. Bunday natija borasida ham u birinchi o'rinda.
Jamoa o'tgan mavsumdan buyon top-6 jamoalari bilan uy uchrashuvlarda faqatgina "CHelsi"ga bittadan oshiq gol urgan - 2:0.


"CHelsi"
So'nggi 5 o'yin: M-M-G'-G'-D
4-o'rin, 53 ochko

"CHelsi" barcha turnirlarda so'nggi 9 safar uchrashuvining 2tasida g'alabaga erishgan (4 durang, 3 mag'lubiyat).

"CHelsi"da "Yunayted"ni bir mavsumda 2 marta yutish uchun imkoniyat bor. Oxirgi marta bu hodisa 2009/10 yilgi mavsumda (umumiy to'rtinchi marta 2009/10, 2004/05, 1993/94) bo'lgandi.
MYU ustidan qozonilgan "dubl-g'alabalar" "Liverpul"da ko'proq - 4 marta. "CHelsi", "Arsenal" va "Manchester Siti"da esa bu raqam 3ga teng.

"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte klubi Joze Mourino jamoasi bilan 5 marta to'qnash kelgan va unda 3 bora g'alaba qozongan.

O'tgan turda "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda "CHelsi" tarkibida APL tarixida 9-marta asosiy tarkibga birorta ingliz futbolchisi kiritilmadi.



FUTBOLCHILAR HAQIDA MA'LUMOTLAR VA POTENCIAL REKORDLAR

"Manchester Yunayted"
To'purar:
Lukaku - 21 gol (Ligada 12ta).

Romelu Lukaku hali kuchli oltilik jamoalari bilan uchrashuvlarda gol kirita olmadi. 6 o'yinda umumiy 4 marta zarba berdi.

Belgiyalik hujumchi "CHelsi" ishtirokidagi so'nggi 17 o'yinda gol ura olmagan.

Erik Bayi agarda maydonga tushsa, bu uning MYU libosidagi 50-bahsi sifatida tarixda qoladi.


"CHelsi"
To'purar:
Azar - 15 gol (Ligada 11ta).

Azar APLning so'nggi 6 uchrashuvida 6 gol urishga erishdi.
Pedro esa Joze Mourino boshqaruvidagi jamoalarga 7 marta gol urgan.


O'ZARO O'YINLAR


Raqiblar o'zaro 178 marta to'qnash kelishgan. "Yunayted"da g'alabalar soni 73ga teng, "CHelsi" esa 52 o'yinda g'alaba qozongan. 53 uchrashuv durang bilan yakunlangan.

MYU "CHelsi"ga qarshi o'tgan so'nggi 14 uchrashuvning faqatgina bittasida g'alabaga erishgan (5 durang, 8 mag'lubiyat). O'sha g'alaba o'tgan mavsumda qo'lga kiritilgan - 2:0.

"Yunayted" "CHelsi"ga qarshi APL doirasida 18 o'yinda mag'lub bo'lgan va 67 gol o'tkazib yuborgan. "Old Traffor"dagi so'nggi 4 uchrashuvda "CHelsi" faqatgina 1 marta gol urgan (Dide Drogba, 2013 yil).


UYDA VA SAFARDA

Liga: "Yunayted"da - 60 g'alaba, "CHelsi"da 45, durang 46.
APL: "Yunayted"da - 14 g'alaba, "CHelsi"da 18, durang 19.


"YUNAYTED" MAYDONIDA

Liga: "Yunayted"da - 30 g'alaba, "CHelsi"da 19, durang 26.
APL: "Yunayted"da - 9 g'alaba, "CHelsi" 6, durang 10.


O'tgan mavsumdagi o'yin:

"Manchester Yunayted" 2-0 "CHelsi"
16 aprel 2017 yil
Bosh hakam: Robert Medli.
Gollar: Reshford 7, Errera 49.


Birinchi davradagi o'yin
"CHelsi" 1-0 "Manchester Yunayted"
5 noyabr 2017 yil
Bosh hakam: Entoni Teylor.
Gol: Morata 55.


HAKAMLAR BRIGADASI:

Bosh hakam: Martin Atkinson.
Ushbu mavsumda barcha turnirlarda 23 o'yinda ishladi. 77 marta sariq, 4 marta qizil kartochka ko'rsatdi.
Qanot hakamlari: Li Betts, Saymon Bennett.
Zaxira hakami: Andre Marriner.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика