So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  12 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  28 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

“O'runov va Masharipov o'zbek futbolining kelajagi, Jaloliddinovni o'z jamoamda ko'rishni istayman, Usmon Toshev kabi futbol kishilaridan ko'p narsa o'rganish mumkin” – serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich bilan intervyu Yangiliklar

“O'runov va Masharipov o'zbek futbolining kelajagi, Jaloliddinovni o'z jamoamda ko'rishni istayman, Usmon Toshev kabi futbol kishilaridan ko'p narsa o'rganish mumkin” – serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich bilan intervyu

Bilsangiz futbolimizga chetdan beriladigan bahoning o'rni boshqacha bo'ladi. SHaxsan menga xorijlik murabbiylarning futbolimizga bo'lgan munosabati, qay darajada qiziqishi va etibori ko'proq qiziqtiradi.

Bugungi suhbatdoshim UEFA PRO licenziyasiga ega bo'lgan, bir necha yillardan beri Tojikiston futbolida faoliyat olib borayotgan serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich. Ushbu mutaxassis o'z vaqtida Dushanbening “Istiqlol” jamoasi bilan OFK kubogi finaliga qadar etib borganligi bilan tanilgan. Uning so'ngi jamoasi Tojikistonning “Xo'jand” klubi bo'ldi. Murabbiyning mazkur klubdagi faoliyati yomon ketmayotgan edi. Biroq pandemiya sabab o'sha vaqt aviaqatnovlar bekor qilingani sababli u klubga qayta olmadi. Yaqinda Nikola Lazarevichni suhbatga chorlab o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan yuzlandik.

- Tojikistonga kecha yoki bugun kelib qolganingiz yo'q. Bu mamlakatda  etti yil davomida turli jamoalarda faoliyat olib bordingiz. Oxirgi ishlagan jamoangiz “Xo'jand”dan qanday taassurotlar qoldi?

- Avvalambor "championat.asia" saytining barcha o'quvchilariga salomimni yo'llayman. Intervyuga taklif qilganingiz meni quvontirdi. Saytingizga intervyu berish meni ham qiziqtirib qo'ydi. Sizga shuni aytishim mumkinki, murabbiylik faoliyatimni katta qismi Tojikiston bilan bog'liq. Etti yillik faoliyatim davomida Tojikiston terma jamoasi va “Istiqlol” klubida faoliyat olib bordim. To'g'ri, orada Xitoy va CHernogoriyada ham ishlab qaytdim. 2015 yil “Istiqlol” bilan OFK kubogi finaligacha etib bordik. Joriy yil boshida esa “Xo'jand”dan taklif kelib tushdi. Men rozilik berdim boisi jamoa OFK kubogida ishtirok etardi. Boz ustiga Tojikiston chempionati menga begona emasdi. Ozmi ko'pmi malumot va ko'nikmaga ega edim. Asosiy maqsadimiz OFK kubogi guruh bosqichiga yo'llanma olish edi. Biz buni uddasidan chiqdik. Biroq, pandemiya sababli biz chempionatda o'z imkoniyatlarimizni to'liq ko'rsata olmadik.

- Murabbiylikdagi uslubingiz qanday? Jamoadagi futbolchilarga qarab taktika tuzasizmi yoki o'z taktikangizga mos futbolchilar bilan ishlaysizmi?

- Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Murabbiy shu uslubni amalda qo'llashga harakat qiladi va shunga intiladi. Jamoa malum bir uslubni o'zlashtira olsa va ko'niksa bu yaxshi. Ammo buning boshqa omillarga ham bog'liqlik joyi bor. Agarda klubning moliyaviy holati yuqori bo'lsa siz o'z uslubingizga mos bo'lgan futbolchilarni taklif qila olasiz. Agarda klub byudjeti kamtarona bo'lsa unda futbolchilarning sifatlaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Masalan, “Istiqlol” jamoasida byudjet hisobidan o'yin uslubimiz uchun kerakli futbolchilarni taklif qilish imkoni bo'lgandi. “Xo'jand”da esa biroz boshqacha. Bu jamoada futbolchilarning sifatlariga qarab uslubni shakllantirishimiz kerak edi.

- Boshqargan jamoalaringizda birinchi o'ringa nimani qo'ygansiz? Futbolchilarga nisbatan talablaringiz qanday bo'lgan? Masalan aksariyat murabbiylar tartib va intizomni asosiy o'ringa qo'yishadi...

- Ha, qo'shilaman. Jamoada tartib va intizom bo'lishi kerak. Ammo, men uchun jamoamning ijobiy kayfiyati muhimdir. Nafaqat mashg'ulot yoki o'yin paytida balki maydon tashqarisida ham pozitiv kayfiyatda bo'lish kerak. Bu narsa men uchun birinchi o'rinda turadi. Kayfiyat yaxshi bo'lsa qolgan ishlaringiz ham joyida bo'ladi. 

- Tojikistondagi faoliyatingiz mobaynida oldingizga qo'ygan maqsadingizga erisha oldingizmi?

- Menimcha ha. Bu mamlakatda faoliyatimni boshlaganimda men uchun birinchi galda rivojlanish va o'sish muhim edi. Tojikiston murabbiy sifatida o'sishimga yordam berdi. 2015 yilgi OFK kubogi finalini ko'p eslayman. Bu qanday darajadagi musobaqa ekanligini yaxshi bilasiz. Bu yil Moskvada PRO licenziyasiga o'qishga ham ulgurdim. O'ylagan rejalarimga va maqsadimga erishdim deb o'ylayman.

- Eshitishimizga qaraganda o'zbek futboliga befarq emas ekansiz. O'zbek futboli deganda birinchi navbatda ko'z oldingizga nima keladi? Umuman olganda fikringiz qanday?

- O'zbek futbolining darajasi, ish sifati, sharoitlar, infratuzilma umuman boshqacha. Yurtingizda istedodlar ko'p. Bilasizmi, menda O'zbekiston chempionatida ishlash imkoni bo'lgan edi. Masalan, O'zbekiston va Qozog'iston chempionati, klublari o'rtasida farq yo'q. Fakt shuki, Qozog'iston Evropani tanlagan. Menimcha, o'zbek klublari Evropada bo'ladigan musobaqalarda muammosiz o'ynay oladi. 

- Siz boshqargan “Xo'jand” jamoasida ham o'zbekistonlik bir necha nafar futbolchilar to'p tepadi. Andrey Sidorov, Sanjar Rihsiboev, Siroj Hamroev, Mamur Ikromov. Ular sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Yuqorida aytganimdek O'zbekistonda futbol boshqa darajada. Mavsum boshida kelgan o'zbekistonlik futbolchilar tojikistonlik futbolchilardan ustun bo'lishlari kerak edi. Muhimi ularning o'yinga bo'lgan munosabatidan va harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Sidorov, Rihsiboev, Hamroevlardan umid katta.

- O'zbekiston chempionatidan taklif bo'lsa o'zingizni sinab ko'rishga tayyormisiz?

- Agarda taklif bo'lsa, O'zbekiston chempionatida ishlash imkoniyati berilsa bundan faqat xursand bo'lardim.

- O'zbek futbolining bugungi kundagi yulduzi sizningcha kim? Masalan, so'nggi vaqtlarda Oston O'runov va Jasur Jaloliddinov mutaxassislar tomonidan ko'p tilga olinmoqda..

- Sizlarda iqtidorli va kuchli futbolchilar juda ko'p. Siz aytib o'tgan hozirda “Spartak”da o'ynayotgan O'runov va “Lokomotiv”ga o'tgan Jaloliddinov. SHuningdek Masharipovni ham aytgan bo'lardim. Bular o'zbek futbolining kelajagi. SHaxsan menga va o'z uslubimdan kelib chiqib Jaloliddinovni o'z jamoamda ko'rishni istardim. Bu uch futbolchi o'zbek futbolining yorqin yulduzi bo'la oladi.

- Tojikiston futbol bo'yicha bugungi kunda rivojlanishning qaysi bosqichida deb o'ylaysiz? Masalan, “Istiqlol” oldingi yillarda xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilib ko'rdi. Tojikiston milliy terma jamoasida Usmon Toshev ishlamoqda va yangi darajaga olib chiqishga intilmoqda...

- Tojik futboli hali rivojlanish jarayonida. U erda birinchi navbatda kuchli infratuzilma kerak. Bolalar futbolini ham rivojlantirish lozim. Men bu borada ko'p gapirganman. Lekin, hali hech narsa o'zgarmagan. Eshitishni o'zi etarli emas. Kim eng yaxshi byudjetga ega bo'lsa u eng yaxshi futbolchilarni sotib oladi. Ammo, chempionatning sifati yomon. “Xo'jand”da avvalo infratuzilmani yaxshilash zarur. Usmon Toshev o'z ishining ustasi va kuchli mutaxassis. Toshev bilan ko'p bor futbol haqida, dolzarb masalalar ustida suhbatlashganmiz. Men bu kabi futbol kishilari bilan gaplashishni yoqtiraman. Men unga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman. Menimcha u Tojikiston terma jamoasi uchun eng yaxshi tanlov bo'lgan.

- Biroz evrofutbol haqida suhbatlashsak. Sizningcha joriy yilda Evropaning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga kim munosib?

- So'nggi ikki yilda Germaniya futboli Evropa va Jahon miqyosida katta ustunlikka ega bo'ldi. Bunda nemis murabbiylarining hissasi katta. Yurgen Klopp o'tgan yili ECHL, bu yil esa APLda g'olib chiqdi. ECHL yarim finalida esa uchta nemis murabbiyi qatnashdi. Buni tasodif demagan bo'lardim. Eslatib o'taman, bu uch murabbiyning barchasi dunyodagi eng mashhur Kyolndagi mahsus murabbiylar akademiyasida o'qigan. Nagelsman yosh murabbiy, unga vaqt kerak. Lekin, u o'zini ko'rsatishga ulgurdi. Flik uzoq vaqt yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan, tizimdan xabardor. Yurgen esa o'z uslubini “Borussiya” va “Liverpul”da isbotladi. CHempionlar Ligasini “Bavariya” olganini hisobga olsak eng yaxshi murabbiy Flik bo'ladi. Ammo, kelajakda eng yaxshi murabbiy Nagelsman bo'lishiga yuz foiz aminman. 

- Luka Yovich “Real Madrid”ga o'tib xato qildimi? 

- Ha, sizning fikringizga qo'shilaman. Unga hali erta edi. Yovich “Real Madrid” istagan o'yinchi emas deb o'ylayman. 

- Hozirda nimalar bilan bandsiz? Jamoalardan takliflar bormi?

- Takliflar bor. Biroq, men vaqtdan foydalanib oilam davrasida dam olishga qaror qildim. Oldinda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика