So’nggi yangiliklar

16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

O'rtoqlik uchrashuvi. "Turon" AGMK bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Turon" AGMK bilan murosa ko'chasini tanladi

Yangi mavsumga Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan AGMK va "Turon" jamoalari bugun o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro to'qnash kelishdi.

Birinchi bo'limni faol tarzda boshlagan Islom Ismoilov shogirdlari bir qator qulay vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. 21-daqiqada olmaliqliklar uchrashuvda hisobni ochishga erishishdi. Burchak zarbasidan Mirjamol Qosimov oshirgan to'pni himoyachi Sardor Rahmonov boshi bilan darvozaga joyladi - 1:0. Ikkinchi bo'limni ko'tarinki ruhda boshlagan "Turon" 49-daqiqada serbiyalik legioner Sinisha Babichning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Ushbu vaziyatda AGMK himoyachilari xatoga yo'l qo'yishgandi. Qolgan daqiqalarda ham hujumkorlikni oshirgan yaypanliklar bir necha golli vaziyatlar yaratishdi. Ammo, to'pni darvozaga yo'llashda aniqlik etishmadi. SHu tariqa darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi, 1:1. 

O'rtoqli uchrashuvi.

AGMK - "Turon" 1:1

Gollar: Sardor Rahmonov (21) - Sinisha Babich (49)

AGMK: Suhrob Sultonov - Mirg'iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, SHeroz Jalolov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Sanjar SHoahmedov - Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan, Murod Toshmatov.

Zaxira: Valijon Rahimov, Zafar Polvonov, Jasur Umarov, Dilshod Jo'raev, Kamron Abdulhamidov, Ergash Ismoilov, Sardor Abdunabiev, Eldor Begimov, Sarvar Ablaev.

"Turon": Mirzohid Jalilov, Jahongir Mehmonov, G'iyos Komilov, Abduqahhor Hojiakbarov, Asliddin Toshtemirov, Dostonbek Meliqo'ziev, Muzaffar Muzaffarov, Javohir Sohibov, Sinisha Babich, Abdurahmon Abdulxaqov, Asilbek Qayumov.

Zaxira: Akmal Ortiqov, Islom Abdullaev, Ismoil Oxunjonov, G'olibbek Sariboev, Jasur Xakimov,  Orifxo'ja Abduxoliqov, Bilolxon Toshmirzaev, Sunnatillo Ermatov, Kadir SHarbekov, Umarjon SHaripov.

Uchrashuvdan fotogalereyani quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin. FOTOGALEREYA

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика