So’nggi yangiliklar

16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  17 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "So'g'diyona"dan ustun keldi. Ikki jamoada ham yangi nomlar bor Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "So'g'diyona"dan ustun keldi. Ikki jamoada ham yangi nomlar bor

Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" jamoalari bugun o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro kuch sinashishdi.

Mazkur uchrashuvda ikki jamoa murabbiylari ham yangi kelgan futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishdi. "Qo'qon-1912" jamoasidan Murod Xolmuhammedov hamda Oybek Rustamovlar milliy terma jamoa yig'inida bo'lishgani uchun mazkur o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishdi. SHuningdek jamoaga yangi qo'shilgan Asadbek Sobirjonov ham O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirildi. Klubga yangi kelganlardan Anvar Hojimirzaev, Ilhom Vahobovga murabbiylar imkoniyat taqdim qilishdi. "So'g'diyona" tarkibida bugun avval malum qilganimizdek serbiyalik himoyachi Luka CHermel ham koreyalik Po yon, hamda jizzaxlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Asiljon Begimqulovlar maydonga tushishdi. 

Uchrashuvning 23-daqiqasida Muxammadanas Xasanovning uzatmasidan so'ng Anvar Xojimirzaev kuchli zarbasi bilan "So'g'diyona" darvozasiga gol kiritib, o'yindagi xisobni ochishga erishdi. Bo'lim oxirlariga kelib esa hisob tenglashdi. Arslanmirat Amanovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng , to'p qo'qonliklar himoyachisi Bobur Akbarovga tegib darvoza to'ridan o'rin oldi. O'yinning 56-daqiqasida Iqbol Malikjonov "Qo'qon-1912"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Amalda bu gol bahsdagi so'nggisi bo'ldi. 

O'rtoqlik uchrashuvi.

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:1

Gollar: Anvar Xojimirzaev (23), Iqbol Malikjonov (54) - Bobur Akbarov(avt,45)

"Qo'qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich, Aleksandr Merzlyakov, Anvar Xojimirzaev, Farxod Bekmurodov, Iqbol Malikjonov, Muhammadanas Xasanov, SHohnazar Norbekov, Mo'min Meliev

Zaxira: Xurshid Xo'jaev, Eldor Adxamov, Avazxon Mamatxo'jaev, Ilxom Vahobov, Sardor Azimov, Sardor Etovqo'ziev, Jamshid Rahmatullaev, Andrey Sidorov.

"So'g'diyona": SHirinboy Abdullaev, Asil Begimqulov, Iskandar SHoyqulov, Jamshid Boltaboev, Elyor Oripov, SHahboz Jo'rabekov, Luka CHermel, Arslanmurot Amanov, Ayubxon No'monov, Po Yon, SHohruz Norxonov

Zaxira: Zafar Safoev, Jasur Hasanov, Javohir Qahramonov, Bahodir Nasimov, Marko Kolakovich, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Daniel Nasriddinov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика